Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
Yuridik shaxslarning filiallari va vakolatxonalari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-Mavzu: DAVLAT – FUQAROLIK HUQUQIY MUNOSABATLAR SUBEKTI SIFATIDA 1. Umumiy qoidalar.
- 2. O’zbekiston Respublikasi – mamlakatning ichki oborotida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning subekti
- 3. O’zbekiston Respublikasi - mamlakatning tashqi oborotida fuqarolik huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi
5. Yuridik shaxslarning filiallari va vakolatxonalari Yuridik va jismoniy shaxslar o’z vazifalarini amalga oshi-rish va aholiga yaqindan xizmat ko’rsatish maqsadlarida o’z filiallari (bo’limlari, idoralari, agentliklari)ni tashkil etishlari mumkin. Filial yuridik shaxsning u turgan erdan tashqarida joy-lashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxona vazifalarini bajaradigan alohida bo’linmasidir (FKning 47-moddasi, 2-bandi). Filial yuridik shaxsning tarkibiy qismi bo’lib, mustaqil yuridik shaxs hisoblanmaydi va muayyan bir joyda yuridik shaxsning vazifalarni boshqarishga xizmat ko’rsatish maqsadida tuziladi. Filiallar o’zlariga berilgan vakolatlar doirasida bazi yuridik harakatlarni qilishlari mumkin. Ammo bunday harakatlar natijasida olingan majburiyatlar yuzasidan yuridik shaxs mulkiy javobgar bo’ladi. Vakolatxona yuridik shaxsning u turgan erdan tashqarida joylashgan, yuridik shaxs manfaatlarini ifodalaydigan va ularni himoya qiladigan alohida bo’linmasdir. Qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa, vakolatxona va filiallar yuridik shaxs hi-soblanmaydi. Ular o’zlarini tashkil etgan yuridik shaxs tomonidan mol-mulk bilan taminlanadilar hamda u tasdiqlagan nizomlar asosida ish olib boradilar. Vakolatxona va filiallarning rah-barlari yuridik shaxs tomonidan taynilanadi hamda uning ishonch-nomasi asosida ish olib boradi (FKning 47-moddasi). Vakolatxona va filiallar ularni tashkil etgan yuridik shaxs-ning tasis hujjatlarida ko’rsatilgan bo’lishi kerak. 40 6-Mavzu: DAVLAT – FUQAROLIK HUQUQIY MUNOSABATLAR SUBEKTI SIFATIDA 1. Umumiy qoidalar. 2. O’zbekiston Respublikasi – mamlakatning ichki oborotida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning subekti. 3. O’zbekiston Respublikasi - mamlakatning tashqi oborotida fuqarolik huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi 1. Umumiy qoidalar O’zbekiston Respublikasining mustaqil davlat deb elon qilinishi, uning xalqaro huquq subekti, mustaqil suveren davlat sifatida tan olinishi O’zbekistonning o’z boyligini o’zi mustaqil tasarruf qilish imkoniyatini berdi. Endilikda bozor iqtisodiyoti sharoitiga o’tgan O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy aloqalarning turlari va shakllarini mustaqil belgilash imkoniyatiga ega bo’ldi. Darvoqe, O’zbekiston mustaqilligining moddiy asosi ham uning mol-mulkidir. Umumiy qoidaga ko’ra, fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchilari – fuqarolik-huquqiy munosabat subektlari deb yuritiladi va bir vaqtning o’zida “fuqarolik-huquqiy munosabat subektlari” – “fuqarolik huquqining subektlari” tarzida ham qo’llaniladi. Fikrimizcha, bu ikkala ibora huquqiy va mantiqiy jihatdan bir xil manoga ega. O’zbekiston Respublikasi FKning 2-moddasi 2-qismiga muvofiq, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarning ishtirokchilari bo’ladilar. Bu uchchala subekt ham fuqarolik huquqida bir-biri bilan teng huquqli ishtirokchi sifatida ko’riladi va biridan ikkinchisi ustun hisoblanmaydi. N.D.Egorovning fikricha, fuqarolik-huquqiy munosabat subektlarini “shaxs” tushunchasi qamrab oladi. Bu tushuncha FKda va boshqa fuqarolik qonun hujjatlarida ko’p qo’llaniladi. Fuqarolik-huquqiy munosabat subektlari sifatida shaxslar subektiv huquq va majburiyatlarning egalari hisoblanadi 1 . Nazarimizda, N.D.Egorovning ushbu fikrlari ancha bahsli. Zero, “shaxs” atamasini fuqarolik huquqining barcha subektlariga bir xilda qo’llab bo’lmaydi. Garchi “shaxs” atamasi fuqarolar (jismoniy shaxslar) va turli tashkilot, korxona, muassasa (yuridik shaxs) larga tadbiq etilishi mumkin bo’lsa-da, biroq uni fuqarolik-huquqiy munosabatning o’ziga xos subekti hisoblangan davlatga nisbatan qo’llash noto’g’ri bo’lur edi. Davlat fuqarolik-huquqiy munosabatlarning subekti sifatida boshqa subektlar bilan o’zaro huquqiy aloqalarga kirishar ekan, bunda u o’ziga tegishli bo’lgan imtiyozlar: hokimiyat vakolati, hukmronlik va boshqarish faoliyati, ustunlik maqomidan voz kechishiga to’g’ri keladi. Fuqarolik- huquqiy munosabatlarda davlat suverenitet sohibi sifatida yagona va bo’linmas subekt hisoblanadi. Binobarin, bitta alohida olingan hududda ikkita suverenitet sohibi bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. Shu bilan birga, davlat o’zi tomonidan tashkil etilgan korporatsiyalar, ijtimoiy kompaniyalar, moliyaviy korporatsiyalar, davlat kompaniyalari va maxsus banklar orqali iqtisodiyotga tasir ko’rsatadi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda huquq va majburiyatlar sohibi sifatida suveren davlatning ishtirok etishi, davlatning fuqarolik huquqi subektliligi maqomini belgilashning eng muhim jihatidir. Davlat suverenitet sohibi sifatida har qanday huquqiy munosabatda bo’lgani kabi fuqarolik-huquqiy munosabatda ham o’ziga xos manfaatlar asosida ishtirok etadi. Birinchi navbatda davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Malumki, davlat ko’p qirrali tuzilmadir. Shuning uchun ham davlatning jamiyat hayotida tutgan o’rni va u bajaradigan funktsiya (vazifa)lar o’ta muhimdir. Mana shu jihatlarni hisobga olmasdan, davlatning fuqarolik huquqi subektliligi masalasini ifodalash mumkin emas. Fuqarolik-huquqiy munosabatning “yagona va bo’linmas subekti” iborasi fuqarolik-huquqiy munosabat subektlari orasida faqatgina davlatga nisbatan qo’llaniladi. Vaholanki, fuqarolik-huquqiy munosabatda boshqa subektlar – fuqarolar va yuridik shaxslar ham alohida subekt hamda shaxs sifatida ishtirok etadi. Davlat muayyan hududdagina yagona, suveren, hukmron va bo’linmas tuzilma bo’lganligi munosabati bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning boshqa subektlaridan yaqqol ajralib turadi. 1 Гражданское право. /Под ред. А.П.Сергеева, Ю.К.Толстого. –М.: Проспект. 1998. -84-85 с. 41 Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlarning alohida subektliligini davlatning quyidagi jihatlari asosida talqin etish mumkin: -davlat hokimiyat egasi; -davlat shaxs sifatida; -davlatning fuqarolik huquqiy layoqati 1 . Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi o’ziga xos, alohida va yagona subektligini aniqlashda davlatning asosiy belgilarini tahlil etish katta ahamiyat kasb etadi. Huquqshunos olim Z.M.Islomovning takidlashicha, hozirgi vaqtda davlatning umumetirof etilgan quyidagi asosiy belgilarini ko’rsatish mumkin: 1. Davlat o’z davlati chegaralari doirasida fuqarolik tushunchasi bo’yicha butun jamiyatning, butun aholining yagona vakili sifatida maydonga chiqadi. 2. Davlat suveren hokimiyatning yagona sohibidir. 3. Davlat yuridik kuchga ega bo’lgan va huquq normalarini aks ettirgan qonunlar va ularga asoslanib chiqariladigan hujjatlarni qabul qiladi 2 va h.k. Darhaqiqat, davlat fuqarolik-huquqiy munosabatlarda butun jamiyatning, butun aholining yagona vakili sifatida qatnashadi. Zero, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasiga muvofiq, xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. Xalq davlat hokimiyatining yagona manbai bo’lganligi uchun ham fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlat xalq irodasini ifoda etadi va uning manfaatlariga xizmat qiladi (O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasi). Fuqarolik-huquqiy munosabatlardan o’zga huquqiy munosabatlarda davlat o’zining hokimiyat vakolatlaridan va suverenitetiga tegishli boshqa huquqlaridan foydalanishi, huquqiy munosabatlardagi o’zining ustunlik mavqeini to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatishi mumkin. Masalan, mamuriy-huquqiy munosabatlarda davlat boshqaruvi eng asosiy va birlamchi o’rinda turadi. Yu.A.Tixomirovning takidlashicha, davlat va uning organlari fuqarolik-huquqiy munosabatlarda o’zlarining hokimiyat vakolatlaridan foydalanmaydilar. Ular bu munosabatlarda o’z kontragentlari bilan teng asoslarda ishtirok etadilar. Bunday ishtirok quyidagi holatlar bilan belgilanadi: a) davlat va uning organlari tomonidan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilariga hokimiyat tasiri o’tkazil-masligi; b) o’z faoliyatlarini yuritish va boshqa kontragentlar faoliyatini tartibga soluvchi meyorlar asosida amalga oshirishi; v) shartnoma munosabatlarida kontragentlar bilan teng huquqliligi 3 . Ushbu fikrlarga qo’shimcha ravishda shuni takidlash joizki, davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlarda teng asoslarda ishtirok etishi bu nafaqat davlatning huquqiy munosabat boshlanishi va tamom bo’lishi paytidagi tenglik, balki muayyan huquqiy munosabatda ishtirok etishga fuqarolik huquqining boshqa subektlarini majburlashni cheklash ham hisoblanadi. Davlat fuqarolik huquqining teng huquqli subekti sifatida boshqa subektlar kabi o’ziga majburiyatlar oladi va ularni bajara olmasligi natijasida qonun hujjatlari asosida javob beradi. I.B.Zokirovning fikricha, davlat oliy hokimiyat, suverenitet sohibi bo’lganligi tufayli fuqarolik- huquqiy munosabat subekti sifatida o’ziga xos xususiyatlarga ega. Chunonchi: 1) davlat fuqarolik-huquqiy munosabatlar subekti sifatida fuqarolik huquqi subektlari amal qiladigan qonunlarni o’zi belgilaydi; 2) ...fuqarolik huquq va burchlari davlat organlarining... hujjatlaridan vujudga keladi (FKning 8- moddasi, 2-bandi); 3) davlat immunitetdan foydalanadi; 4) huquq va muomala layoqatini cheklash bo’yicha boshqa subektlarga taalluqli bo’lgan qoidalar davlatga tatbiq etilmaydi 4 . Huquqshunos olim A.A.Ivanov fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlat ishtirokining yuqoridagi uchta xususiyatini sanab ko’rsatgan holda davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi 1 Гражданское право. /Под ред. А.П.Сергеева, Ю.К.Толстого. –М.: Проспект. 1998. -178-183с. 2 Бобоев Ҳ.Б. ва бошқалар. Давлат ва ҳуқуқ назарияси. –Т.: Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси. 2000. -76-бет. 3 Комментарий к Гражданскому кодексу РФ. Под ред. О.Н.Садикова. –М.: Юринформцентр. -168 с. 4 Зокиров И. Ўзбекистон Республикасининг Фукаролик хукуки.-Т.: Адолат.1996.-75 б. 42 ishtirokining yana bir xususiyati sifatida, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlat teng huquqli asoslarda ishtirok etsa-da, o’zining hokimiyat funktsiyalarini saqlab qolishini ko’rsatadi 1 . A.A.Ivanovning fikricha, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlat ishtirokining o’ziga xos xususiyatlari yuqorida sanab o’tilgan holatlar bilan cheklanib qolmaydi. Biroq ushbu xususiyatlarning o’zi ham davlatning fuqarolik huquqida alohida maqomga ega ekanligini bildiradi. Bu o’ziga xos huquqiy maqom ikki qarama-qarshi holatni vujudga keltiradi. Birinchidan, davlatning hokimiyat vakolatlariga ega bo’lmagan xususiy huquq subektlari bilan bo’lgan munosabatlarda tengligini taminlash zarurati, ikkinchidan, davlat hokimiyat vakolatlari muayyan sohaning xo’jalik rivojlanishiga qaratish holati 2 . Ushbu fikrlar to’g’riligini takidlagan holda, davlatni fuqarolik huquqidagi o’ziga xos maqomining uchinchi holatini ko’rsatib o’tish zarur. Fikrimizcha, bu holat davlatning fuqarolik- huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi subektlar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik va uning oqibatlarini zaruriy vositalar bilan muvofiqlashtirib turishidir. Yani, davlat o’z organlari (sudlar, xo’jalik sudlari) orqali huquqiy munosabatning ishtirokchilari o’rtasidagi holatlarni oydinlashtiradi va zarur paytda subektlar huquqini amalga oshirishda ko’maklashadi. Sh.Sh.Shorahmetovning fikricha, birorta davlat idorasi sud kabi nizoli fuqarolik masalalarini to’g’ri, odilona hal eta olmasligi sud hokimiyatining muhim jihatlaridandir 3 . Umumiy qoidaga ko’ra, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda har bir subekt o’zining nomidan harakat qilishi lozim. Bu qoida fuqarolarga (fuqarolik muomala layoqati) ham, yuridik shaxslarga (yuridik shaxslarning huquqiy belgilaridan biri – bu fuqarolik-huquqiy munosabatlarda o’z nomidan ishtirok etishi) ham taalluqlidir. Davlat ham fuqarolik muomalasida o’z nomidan qatnashadi. “Davlat” tushunchasi mavhum hisoblanganligi uchun ham fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlat nomidan uning organlari ishtirok etishi zarur. Chunki keyinchalik yuzaga keladigan majburiyatlarga nisbatan javobgarlikni belgilashda bu holat muhim hisoblanadi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlat nomidan ishtirok etishi mumkin bo’lgan subektlar doirasi FKning 79-moddasi 2-qismida belgilangan. Unga ko’ra, fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarda davlat nomidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ular maxsus vakil qilgan boshqa maxsus organlar ishtirok etadilar. Aynan qaysi fuqarolik-huquqiy munosabatlarda, qaysi davlat organining ishtirok etishi shu organning funktsiyasi, tuzilish maqsadi va faoliyat doirasidan kelib chiqib belgilanadi. Bu normada fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlat nomidan kimlar ishtirok etishi aniq belgilanmagan. Shu bilan birga, bu to’g’risida aniq qoidalar mustahkamlanmagan. Fikrimizcha, FKning 79-moddasi 2-qismini ham yangi tahrirda quyidagicha bayon etish lozim: -fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarda davlat nomidan tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, bu organlarning huquqiy maqomini belgilovchi hujjatlarda o’rnatilgan vakolatlari doirasida ishtirok etadilar, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlarni amalga oshiradilar, sudda va xo’jalik sudlarida ishtirok etadilar. FKning 79-moddasi 2-qismini bu tahlidda bayon etilishi, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlat nomidan ishtirok etuvchi organni aniq belgilash bilan birga, davlat funktsiyalarini belgilash va amalga oshirishda ham muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Davlat – oliy hokimiyat, suverenitet sohibi bo’lganligi tufayli fuqarolik huquqiy munosabat subekti sifatida o’ziga xos xusu-siyatlarga ega. Chunki: 1. Davlat fuqarolik huquqiy munosabatlari subekti sifatida fuqarolik huquqi subektlari amal qiladigan qonunlarni o’zi belgilaydi. 2. Davlat organlari fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi bo’ladigan hujjatlar chiqarishi mumkin (FKning 8-moddasi, 2-bandi). 3. Davlat immunitetdan foydalanadi, yani davlat mol-mulkidan haq undirishga davlat organlari rozi bo’lgandagina yo’l qo’yiladi. 4. Huquq va muomala layoqatini cheklash bo’yicha boshqa subektlarga taalluqli bo’lgan qoidalar davlatga nisbatan tadbiq etilmaydi. Biroq ayni paytda, davlatning huquqlari mutlaq cheksiz ham emas. 1 Гражданское право. /Под ред. А.П.Сергеева, Ю.К.Толстого. –М.: Проспект. 1998. -179с. 2 Гражданское право. /Под ред. А.П.Сергеева, Ю.К.Толстого. –М.: Проспект. 1998. -180с. 3 Шораҳметов Ш. Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик процессуал ҳуқуқи.-Т.:Адолат.2001.-5 б. 43 Masalan, davlat shaxsiy huquqlarga ega bo’lmaydi. Binobarin, davlat alohida xususiyatlarga ega bo’lgan subektdir. 2. O’zbekiston Respublikasi – mamlakatning ichki oborotida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning subekti O’zbekiston Respublikasi FKning 79-moddasiga asosan davlat fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarda ularning boshqa ishtirokchilari bilan bab-baravar asoslarda ishtirok etadi. Davlatning mamlakat ichki oborotidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlarida ishtiroki quyidagilarda namoyon bo’ladi: a) davlat o’ziga qarashli mol-mulkka nisbatan mulkdor sifatida harakat qilganida; b) egasi bo’lmagan yoki egasi nomalum bo’lgan ashyo egasiz hisoblanib, u sud qarori bilan davlat egaligiga o’tkazilganida (FKning 191-moddasi); v) Fuqarolik kodeksining 193-moddasiga, 2-bandiga binoan ashyoni topib olgan shaxs topilgan ashyoni mulk qilib olishdan bosh tortsa, ashyo davlat mulkiga o’tganda; g) har bir fuqaro vasiyat bo’yicha o’zining butun mulkini yoki uning bir qismini davlatga vasiyat qilib meros tariqasida qoldi-rishida (FKning 1120-moddasi); d) O’zbekiston Respublikasi davlati huquq subekti sifatida bazi fuqarolik huquqiy xarakterda bo’lgan kredit munosabatlarida, masalan, davlat zayomi obligatsiyalarini sotishida, qarz shartnomasida ishtirok etganida; e) tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizotiyalar yuz bergan taqdirda va favqulodda tusdagi boshqa vazifalarda mol-mulk jamiyat manfaatlarini ko’zlab, davlat hokimiyati organi qa-roriga muvofiq mulkdordan unga mol-mulkning qiymatini to’lagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar aso-sida olib qo’yilishida (rekvizitsiya). Bunda rekvizitsiya o’tkazilishiga sabab bo’lgan saziftlarning amal qilishi to’xtaganidan keyin rekvizitsiya qilingan mol-mulkning sobiq egasi saqlanib qolgan mol-mulkni o’ziga qaytarib berishni talab qilishga haqli ekanligida (FKning 203- moddasi); yo) mol-mulk musodara qilinganida, yani qonunda nazarda tutilgan hollarda mol-mulk sudning hukmi (qarori)ga muvofiq jinoyat yoki o’zga huquqbuzarlik qilganlik uchun haq to’lamasdan mulkdordan olib qo’yilishida (FKning 204-moddasi); j) davlat bazi hollarda mualliflikka oid huquqiy munosabatlarda, masalan, asarni nashr etish huquqini sotib olganida, ixtirochilik munosabatlarida ixtiroga bo’lgan patentni sotib olganida huquq subekti sifatida ishtirok etishida. Bunday huquqiy munosabatlarda davlatning ishtirok etishi natijasida olin-gan daromadlar ham davlat byudjetiga o’tkaziladi. Shu bilan birga, davlat mablag’lari hisobiga yaratilgan intellektual mulk obektiga nisbatan ham davlat mulk huquqini qo’lga kiritadi. z) davlat, shuningdek kontsessiya munosabatlarida ham qatnashishida; Unga ko’ra, davlat chet el firmasi xususiy shaxs bilan keli-shib olingan shartlar asosida muayyan xo’jalik faoliyatini amalga oshirish; er osti boyliklarini ishlab chiqish va foydali qazilma-larni kavlab olish, korxonalar qurish va ekspulatatsiya qilish ham-da boshqa huquqlarni beradi 1 . i) davlat chet mamlakatlarda ko’chmas mulkni sotib olishida va h.k. Davlat o’zining fuqarolik-huquqiy majburiyatlari bo’yicha o’z mulki bo’lgan mablag’lari bilan javob beradi. Fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarda davlat nomidan yuqorida aytganimizdek, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda ular maxsus vakil qilgan boshqa organlar ishtirok etadilar. Mamlakat ichidagi fuqarolik huquqiy munosabatlarda, yani uning ichki oborotida davlat nomidan aksariyat hollarda O’zbekis-ton Respublikasining tegishli vazirliklari va davlat qo’mitalari qatnashadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi davlati nomidan harakat qiluvchi organlar tizimida O’zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish qo’mitasi va Moliya vazirligi, Markaziy bank alohida mavqega ega. Masalan, davlat nomidan davlat mulkni idora etadigan va boshqaradigan organ O’zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash qo’mitasidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risidagi 1991 yil 19 noyabr qonuniga binoan bu organ: 1 Баратов М. Концессия шартномаси нима?//Хўжалик ва ҳуқуқ. 1997. № 7. -24 б. 44 -mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlarni davlat nomidan amalga oshi-radi; -xususiylashtirish to’g’risidagi bitimlarni tuzadi; -xususiylashtirish va ijaraga berish bilan bog’liq bo’lgan boshqa huquqiy munosabatlarni amalga oshiradi. Davlat idoralarini fuqarolik huquqiy munosabatlardagi ishtiroki ikki xil ko’rinishda bo’ladi: 1. Davlat nomidan ishtirok etish. Bunda-muayyan organ davlat nomidan harakat qiladi va davlat uchun huquq va majburiyatlar vujudga keltiradi (Tashqi Iqtisodiy Aloqalar vazirligining chet el kompaniyasi bilan tuzgan shartnomasi bunga misol bo’la oladi). 2. Davlat organi fuqarolik muomalasida o’z nomidan harakat qiladi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Ishlar boshqarmasining do’konlardan idora jihozlarini sotib olishi. Bunda faqat Oliy Majlisga biriktirilgan mol-mulkka nisbatan huquq va majburiyatlar yuzaga keladi. Davlat bazi hollarda subekt sifatida o’zining mansabdor shaxslari yoki organlari tomonidan etkazilgan mulkiy zararni to’-lashda javobgar bo’ladi (masalan, dastlabki tergov, tergov, pro-kuratura, sud organlarining mansabdor shaxslari fuqarolarga nisbatan qilgan g’ayriqonuniy harakatlari natijasida ular etkazilgan zarar uchun javobgar bo’ladilar). O’zbekiston Respublikasi FKning 15-moddasida aytilganidek, davlat organi yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarning g’ayriqo-nuniy harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan davlat organi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq bo’lmagan hujjat chiqa-rilishi natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga etkazilgan zarar davlat tomonidan to’lanishi kerak. 3. O’zbekiston Respublikasi - mamlakatning tashqi oborotida fuqarolik huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi O’zbekiston davlat tashqi oborotda ham mustaqil huquq subekti sifatida ishtirok etadi. O’zbekiston Respublikasi o’ziga mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan obektlardan xorijiy davlatlar, ularning yuridik va jis-moniy shaxslari, xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro foydali ham-korlik o’rnatishda, bunday hamkorlikni rivojlantirishda barcha amaliy harakatlarni ro’yobga chiqarish uchun foydalanadi. O’zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Aloqalar agentligi davlat organi bo’lib, respublikaning barcha tashqi iqtisodiy aloqalarni koordinatsiya qiladi, tartibga soladi, nazorat qiladi va boshqaradi. O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqari va xorijda Respublika nomidan barcha tashqi iqtisodiy masalalar bo’yicha uning manfaatlarini ko’zlab harakat qilish birga O’zbekis-ton Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni ham o’z zimmasiga oladi. Agentlik o’zining faoliyatini bevosita O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbarligida amalga oshiradi. Agentlik yagona tashqi iqtisodiy siyosat yuritish va uni rejalashtirish strategiyasini shakllantirish uchun umumdavlat manfaatlarini ham tashqi bozorda taminlash, xorijiy mamlakatlar bilan bo’ladigan iqtisodiy, ilmiy, texnikaviy, savdo, sport, sayyohlik va boshqa munosabatlarni rivojlantirish, bu sohada boshqaruvni takomillashtirish va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining samarali ishlashi uchun zarur bo’lgan sharoitlarni taminlash maqsadida tuzilgan. O’zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Aloqalar agentli-gi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida agentlikning vakolatlarini olgan mintaqaviy boshqarmalar, ular qoshida tuzilgan xo’jalik hisobidagi tijorat tuzilmalari, fi-liallari, respublika hududidami yoki xorijiy mamlakatlar hudu-dida bo’lishidan qati nazar, xorijiy mamlakatlarda joylashgan vakolatxonalari, respublikaning xo’jalik hisobidan tashqi iqtisodiy va tashqi savdo birlashmalari, firmalari, tijorat- reklama markazi, transport vakolatxonasi va boshqa yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan tashkilotlar vazirlik tizimini tashkil qiladi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Aloqalar agentligi o’zining butun faoliyatini O’zbekiston Respublikasining yagona iqtisodiy siyosatiga muvofiq va O’zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Aloqalar agentligi rahbarligida amalga oshira-di. Mintaqaviy boshqarmalar mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida mushtarak ish olib boradilar. Agentlik o’z tarmog’idagi xo’jalik hisobida ish olib borayotgan va boshqa tashqi iqtisodiy tashkilotlarning majburiyatlari bo’yicha bu tashqi iqtisodiy tashkilotlar esa agentlikning majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lmaydilar. 45 Tashqi Iqtisodiy aloqalar agentligi O’zbekiston Respublika-sining xorijiy mamlakatlar bilan bo’ladigan barcha iqtisodiy munosabatlarida asosiy rol o’ynaydi va Respublika nomidan ish olib boradi. Tashqi iqtisodiy aloqalarda deyarli tarmoq vazirliklari, kontsern va boshqa har xil korxonalar ishtirok etsada, ular bevo-sita shu agentlikning ro’yxatidan o’tadilar yoki uning topshirig’i bilan munosabatga kirishadilar. Tashqi Iqtisodiy aloqalar agentligi o’zining ish faoliyatida Tashqi Ishlar vazirligi, Markaziy bank bilan uzviy hamkorlik qiladi. Tashqi Ishlar vazirligi tizimida xalqaro shartnomalar bo’limi bo’lib, u respublika hukumatining barcha shartnomalarini ishlab chiqishda Tashqi Iqtisodiy aloqalar agentligi bilan ham-korlik qiladi. Shuningdek, iqtisodiy aloqalarga tegishli shartno-malarni amalga oshirish uchun uning nusxalarini Tashqi Iqtisodiy aloqalar agentligiga yuboradi. Tashqi Iqtisodiy aloqalar agentligi Raisi respublika huku-matining vakolatiga muvofiq xorijiy mamlakatlar bilan, ular-ning yuridik va jismoniy shaxslari bilan tuziladigan xalqaro shartnomalarini imzolashi, xalqaro anjumanlarda uning nomidan vakil bo’lib ishtirok etishi mumkin. FKning 80-moddasiga binoan Davlat o’zi tuzgan yuridik shaxs majburiyatlari yuzasidan javobgar bo’lmaydi (qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari). Davlat majburiyati yuzasidan yuri- dik shaxs ham javobgar bo’lmaydi. Ushbu moddaning qoidalari dav-lat tuzgan shartnoma asosida yuridik shaxsning majburiyatlari bo’yicha o’z zimmasiga kafillik olgan (kafolat bergan) yoki mazkur yuridik shaxs davlatning majburiyatlari bo’yicha o’z zimmasiga kafillik olgan (kafolat bergan) hollarga taalluqli emas. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling