Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi
Download 150.76 Kb.
|
OTM imtixon javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hozirgi o‘zbek yozuvi.
Antonimiya.
Antonimiya leksemalar orasidagi zidlik munosabatidir: [katta]-[kichik], [yosh]-[qari], [mitti]-[ulkan], [oq]-[qora] va hokazo. Antonim leksemalarning umumiy, birlashtiruvchi semasi bilan bir qatorda, qarama-qarshi semasi ham bo‘lishi lozim. Antonim leksemalar asosida borliqdagi qarama-qarshi hodisaning in`ikosi bo‘lgan qarama-qarshi tushuncha yotadi. Antonim leksemalar bir turga kiruvchi giponim leksemalar: [issiq]-[sovuq] (harakat), [katta]-[kichik] (hajm), [erkak]-[ayol] (jins) va hokazolar. Antonimlarning mantiqiy asosini ikki tur qarama-qarshilik tashkil etadi: a) kontrar qarama-qarshilik; b) komplementar qarama-qarshilik. Kontrar qarama-qarshilik – darajalanuvchi leksema qatoridagi tafovutning farqlarga, farqning ziddiyat, ya’ni qarama-qarshilikka o‘sib borishi natijasida birinchi a’zo bilan oxirgi a’zoning antonimlashuvi. Komplementar antonimiyada qarama-qarshilik uchinchi, oraliq bo‘g‘insiz bo‘ladi: [rost]-[yolg‘on], [arzon]-[qimmat], [oson]-[qiyin]. Bu leksemalar orasida oraliq uchinchi leksema yo‘q. Antonimlar strukturasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: har xil o‘zakli antonim: [katta]-[kichik], [kirmoq]-[chiqmoq], [muhabbat]-[nafrat]; bir xil o‘zakli antonim: [madaniyatli]-[madaniyatsiz], [aqlli]- [aqlsiz], [ongli]-[ongsiz]. Fanda antonimlar asosan sifat va ravish turkumiga xos degan hamda har xil o‘zaklilarini tan olishdek tor tushunish ham mavjud. Hozirgi o‘zbek yozuvi. 1996-yildan boshlab lotin alifbosi asosidagi o‘zbek yozuvi joriy etildi. Bu alifboda 29 ta shakl bo‘lib, ular 30 ta tovushni ifodalash uchun xizmat qiladi. Hozirgi o‘zbek yozuvidagi undosh harflar bir tovushni ifoda etadi. (Jj harfi bundan mustasno). Ikkita tovushni ifodalash uchun Jj ishlatiladi: 1) qorishiq, portlovchi j (d+j) tovushini (jo‘ja, jayron, avj kabi) va 2) sirg‘aluvchi j tovushini (jurnal, jirafa) bildiradi. Mazkur yozuvda uchta harf birikmasi mavjud: ng, sh, ch. Ular so‘z tarkibida ajratilmaydi va bo‘linmas bir tovushni ifoda etadi: ng sayoz til orqa, portlovchi-sirg‘aluvchi, sonor undosh tovushini (tong, ohang, chang. manglay), ch til oldi, qorishiq portlovchi, jarangsiz undosh tovushni (charos, tinch, sinch, choynak), sh til oldi, sirg‘aluvchi, jarangsiz undoshni (shabada, shar, shahar,toshqin, bosh) ifodalaydi. Tovushlar ikki turga bo‘linadi: 1) unli tovushlar, 2) undosh tovushlar. Ular unli va undosh harflar bilan belgilanadi. Hozirgi o‘zbek alifbosida 6 unli tovush va 6 ta unli harf bor (a, o, u, i, o‘, e). 24 ta undosh tovush 23 ta undosh harf bilan belgilab ko‘rsatiladi (b, d, f, g, h, j, k, l, m, n, p, r, s, t, v, x, y, z, sh, ch, ng). Har bir harfning bosh va kichik, bosma va yozma shakllari bor. Harflarning alfavit taritibini bilish muhim amaliy ahamiyatga ega. Chunki turli lug‘atlar, davlat idora organlarida, arxivlarda saqlanadigan hujjatlar, ro‘yxatlar alfavit tartibida tuziladi. Download 150.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling