Ma'ruzaga ajratilgan vaqt — 2s.
|
Talabalar soni - 60
|
O’quv mashg’ulotining shakli
|
Ma'lumotli kirish ma'ruza
|
O’quv mashg’ulotining tuzilishi:
|
1.O’quv kursi va mashg’ulot mavzusiga kirish.
2. Avval egallangan bilimlarni mustahkamlash.
3 . Talabalar e'tiborini ma'ruza matniga qaratish.
4. Tadqiqot texnologiyasi asosida ma'ruzani taqdim etish.
5. Mavzuni asosiy tushunchalarini aniqlashtirish.
6. Mavzuni yakunlash
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Defektologiya yo’nalishi ikkinchi kurs talabalarida alohida yordamga muhtoj bolalarni o’qitish va tarbiyalash fanining o’ziga xosliklari, ko’rishishida nuqsoni bor bolalarni o’qitish va tarbiyalash
haqidagi tasavvurlarini shakllantirish.
|
Pedagogik vazifalar:
1) Fanning tuzilishini sharhlash;
2) Fan miqyosidagi metodik va tashkiliy ishlarning xususiyatlari, muddati va baholash mezonlari bilan tanishtirish;
3) Ko’rish a’zolari buzilishlarining umumiy tavsifini yoritish;
4) Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar ta’lim – tarbiyasidagi o’ziga xosliklarni tushuntirish;
5) Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion-rivojlantiruvchi ishlar turlari bilan tanishtirish.
|
O’quv faoliyati natijalari:
1) Fanga ajratilgan umumiy soatlar, ularning auditoriya va auditoriyadan tashqari vaqtda taqsimlanishini bilib oladilar;
2) Fan bo’yicha mashg’ulotlarning borishi, nazorat qilish turlari, shakl, metod va vositalari, nazoratlarni o’tkazish vaqti va baholash mezonlari haqida aniq tasavvurlar shakllanadi;
3) Ko’rish a’zolari buzilishlarini bilib oladilar;
4) Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar ta’lim – tarbiyasidagi o’ziga xosliklarni umumiy tavsifini o’zlashtiradilar;
5) Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion-rivojlantiruvchi ishlar turlari haqida aniq ma'lumotlarga ega bo’ladilar.
|
Ta'lim metodi
|
Og’zaki metod, ko’rgazmali metod, amaliy metod, "Moychechak", "Yelkan" strategiyasi
|
Ta'lim shakli
|
Ma'ruza, ommaviy
|
|