Biofizika kitob yangisi 2013. doc


Download 2.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/116
Sana14.09.2023
Hajmi2.18 Mb.
#1678267
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   116
Bog'liq
BIOFIZIKA (1)

 
Sinov savollari 
1. Biofizika nimani o’rganadi? 
2. Qattiq jismlar nima? 
3. Qanday deformasiya turlarini bilasiz? 
4. Elastik deformasiyalangan jismning potensial energiyasi nimaga teng? 
5. Muskul qisqarishida bajarilgan quvvat qanday aniqlanadi? 
6. Tirik organizmda elastin va kollagenlarning roli nimadan iborat? 
7. Ba’zi biologik organlar uchun elastiklik modulining qiymati 
qanchaga teng

PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


40
 II bob. BIOAKUSTIKA 
§ 2.1. Tovush. Tovushning veterinariyadagi ahamiyati va 
fiziologik xossalari 
Barcha tirik jonzot uchun tovushning ahamiyati katta. Ba’zi jonzotlar uchun 
bu aloqa vositasi bo’lsa, boshqa jonzotlarning rivojlanishiga axamiyati kattadir. 
Tovush deganda chastotasi 16 Gs dan 20 kGs gacha bo’lgan elastik to’lqinlar 
tushuniladi. Tovush xossalari fizikaning akustika bo’limida o’rganiladi. 
Akustika – eng past chastotali tebranishlardan boshlab, o’ta yuqori (10
12
-
10
13
Gs) chastotali elastik to’lqinlarni o’rganuvchi fizikaning bir bo’limidir. 
Umuman olganda akustika tovush haqidagi ta’limot bo’lib, odam qulog’i qabul 
qila oladigan gazlar, suyuqliklar va qattiq jismlardagi elastik tebranishlar va 
to’lqinlarni o’rganadi. Gaz va suyuqliklarda bo’ylama, qattiq jismlarda esa ham 
bo’ylama, ham ko’ndalang to’lqinlar tarqaladi. 
Tovush intensivligi deb, tarqalish yo’nalishiga perpendikulyar birlik yuzadan 
birlik vaqt ichida olib o’tilgan energiyaga aytiladi
)
(
2
м
Вт
t
S
W

=
Ι
(2.1) 
Har bir inson qulog’ining eshitish qobiliyati har xildir. Har bir tovush 
tebranish chastotasi uchun eng kichik intensivlik (eshitish chegarasi) va og’riq 
sezish chegarasi mavjud(2.1-rasm). Tovushlarni quyidagicha ajratish qabul 
qilingan. Tonlar va musiqiy tovushlar, shovqinlar, tovushiy zarbalar. Ton deb - 
davriy jarayondan iborat tovushga aytiladi. Shovqin deb - vaqt davomida 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


41
takrorlanmaydigan murakkab munosabatlar bilan ajraluvchi tovushga aytiladi. 
Tovushiy zarba deb, tovushning qisqa vaqtdagi ta’siriga aytiladi.
10
10
10
-1
-5
-9
10
10
2
10
10
10
3
4
5
I, Bm/M
2
Гц
Эшитиш сохаси
Огрик сезиш
Эшитиш
бусагаси
2.1 - rasm. Odam qulog’i eshitish sohasi. 
Normal odam qulog’i ancha keng diapazondagi tovush intensivligini qabul 
qiladi. M: 1 kGs chastotada I
o
= 10
-12
Vt/m
2
dan I
m
= 10 Vt/m
2
gacha. Bunda I
o
– 
eshitish chegarasidagi intensivlik, I
m
– og’rik sezish chegarasidagi tovush 
intensivligi. Bu intensivliklar nisbati 10
13
ga teng. Har qanday tovush oddiy 
garmonik tebranishlar to’plami emas, balki ma’lum chastotalar to’plamiga ega 
bo’lgan garmonik tebranishlarning yig’indisidan iboratdir. 
Berilgan tovushda ishtirok etuvchi tebranishlar chastotalari to’plami 
tovushning akustik spektri deyiladi. 
Tembr-tovushning 
boshlanishi 
va 
oxiridagi 
amplituda 
o’zgarishini 
xarakterlaydi.

Download 2.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling