Biofizika kitob yangisi 2013. doc


§ 2.3. Tibbiyot va veterinariyada tovush usullaridan foydalanish


Download 2.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/116
Sana14.09.2023
Hajmi2.18 Mb.
#1678267
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   116
Bog'liq
BIOFIZIKA (1)

§ 2.3. Tibbiyot va veterinariyada tovush usullaridan foydalanish
Chastotalari 20 kGs dan yuqori bo’lgan elastik to’lqinlarga ultra-tovushlar 
deyiladi (10
9
-10
13
Gs tovushlar gipertovushlar). Ultratovushlar asosan ikki yo’l 
bilan hosil qilinadi – teskari pyezoeffekt hodisasi, magnitostriksiya hodisasi. 
Ultratovushdan lokasiya, ya’ni kemalarda dengiz chuqurligini, baliqlar to’dasini 
(suvda ultratovush kam yutiladi) aniqlashda foydalaniladi. Ultratovush 
defektoskopiyasi, ya’ni metallarda nuqsonlarni topishda qo’llaniladi. Detal 
qalinligi va tovush tezligi ma’lum bo’lsa, u holda o’tish vaqtini o’lchab nuqsonni 
aniqlash mumkin. Tabiatda ko’rshapalaklar va delfinlar ham ultratovush chiqarib 
o’zining yo’lini topib oladi, ya’ni chiqargan to’lqinlarning to’siqlardan qaytishiga 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


44
qarab yo’lni topadi. Ultratovush yordamida bir-biri bilan aralashmaydigan ikki 
suyuqlikni aralashtirish mumkin. Ultratovushning Dopler effekti yordamida yurak 
klapanlari harakatining xarakterini o’rganadilar. Bu usulda qon oqimi tezligini 
o’lchash mumkin. Terapiya maqsadlarida 800 kGs chastotali ultratovushlar 
ishlatiladi. Ularning o’rtacha intensivligi 1 Vt/sm
2
. nurlovchi qism va teri orasiga 
biror suyuqlik (masalan: yog’) qo’yiladi, chunki hatto yupqa havo qatlami 
ultratovushning organizmga o’tishiga to’sqinlik qiladi. To’qimaga qilinadigan 
mexanikaviy va issiqlik ta’siri ultratovush terapiyasi asosida yotgan birlamchi 
mexanizmdir. Ultratovush jarroxlikda “skalpel” vazifasini bajaradi. Oddiy 
skalpeldan farqli o’laroq ultratovush skalpeli juda ingichka qirqsa, ikkinchidan 
ma’lum energiyali tovush qonsiz kesadi. Bir vaqtning o’zida ultratovush tikib 
(payvandlab) ketadi. Farmasevtikada dorilar tayyorlashda ishlatiladi, ya’ni 
suyuqliklar ichidagi jismlarni parchalab emulsiya hosil qiladi. Ultratovush ishtiro-
kida tayyorlangan turli xil dorivorlar emulsiyalari o’pka kasali, yuqori nafas 
yo’llari katari, bronxial astma kabi kasalliklarni davolashda qo’llaniladi. Hozirgi 
vaqtda 
shikastlangan 
yoki 
transplantasiyalangan 
suyak 
to’qimalarini 
“payvandlash” ning yangi usuli (ultratovush ostiosintezi) yaratildi. Ultratovushning 
mikroorganizmlarga halokatli ta’siridan moddalarni sterilizasiya qilishda 
foydalanilmoqda. Ko’rlar uchun “Oriyentir” asbobi yaratilgan bo’lib u 10 
metrgacha uzoqlikdagi jismlarni bilib olish va ularni qanday xarakterda ekanini 
aniqlash mumkin. Ultratovushning issiqlik ta’siridan o’simtalarni yemirishda 
ishlatiladi. Kichik intensivli ultratovushlar (1,5-3 Vt/sm
2
) o’simliklarning o’sishiga 
yordam beradi, bronxial astma, radikulitni davolashda qo’llaniladi, katta 
intensivlikli ultratovush (30 Vt/sm
2
) organizmga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Veterinariya tibbiyotida ultratovush fonoforez usuli qo’llaniladi, ya’ni 
ultratovush yordamida qoramollarga terisi orqali ba’zi dorilarni kiritish (m: 
gidrokartizon, tetrosiklin va boshqalar) mumkin. Bu elektro-forrezga o’xshash, 
lekin elektr maydoni ta’sirida zaryadlangan zarrachalar harakatlansa, ultratovush 
yordamida zaryadsiz zarrachalar ham harakatla-nadi. Ultratovush nurlantirishi 
fonoforez bilan birgalikda qoramol, echki, qo’ylardagi mastitni davolashda 
ishlatiladi. 
Tashxisda qoramol va otlarning homiladorligini aniqlash mumkin. Hattoki 25 
kunligini aniqlash mumkin, 65 – 70 kunligini 100 foiz aniqlikda aytish mumkin. 1 
soatda 200 qo’yning homiladorligini aniqlasa bo’ladi. 
Infratovush – bu chastotasi 16 Gs dan kichik bo’lgan elastik to’lqinlar-dan 
iborat. Lotinchadan infro- kichik ma’noni anglatadi. Infratovush atmosfera va 
dengiz shovqinlari tarkibida bo’ladi. Chaqmoq vaqtida, portlashda, to’plar 
otilganda, Yer qimirlashda paydo bo’ladi. Infratovush juda kam yutiladi, shu 
sababli u ancha uzoq masofalarga tarqalishi mumkin. Atmosferaning yuqori 
qatlamlarini o’rganish mumkin. Infratovush organizmning bir qator tizimlari 
funksional holatlariga yomon ta’sir ko’rsatadi. Masalan: charchash, bosh og’rig’i, 
uyquchanlik, jahl chiqishi va boshqalar paydo bo’ladi. Infratovushning organizmga 
birlamchi ta’sir ko’rsatish mexanizmi rezonans xarakterga ega. Xususiy 
tebranishlar chastotasi bilan tebranishga majbur etuvchi kuchlarning chastotasi bir-
biriga yaqin bo’lganda rezonans hodisasi yuz beradi. Odam gavdasining xususiy 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


45
tebranishlar chastotasi, gavdaning yotgan holatida 3 Gs, qorin bo’shlig’i uchun 3 – 
4 Gs, turgan holda 5 -12 Gs, ko’krak qafasiniki 5 – 8 Gs bo’lib, bu infratovush 
chastotalariga mos keladi. Normal faoliyat ko’rsatish uchun shovqin ma’lum 
darajagacha bo’lishi kerak. Masalan: normal uxlash va aqliy mehnat uchun shovqin 
30 dB dan past, ko’pchilik korxonalarda 55 dB dan yuqori bo’lmasligi kerak. 
Qishloq xo’jaligida mexanizasiya darajasining oshishi bilan shovqin ham ko’paydi. 
Masalan: MTZ – 50 traktori 5 m masofada 80 – 90 dB, KTU – 10 bilan birga 100 
dB dan oshadi. Chorva binolarida ventilyatorlar ham kuchli shovqin chiqaradi. 
Masalan: SCh – 70 ventilyator 5 m masofada 85 dB shovqin hosil qiladi. 
Shovqinlar ko’plab jonivorlarning to’planishida ham yuzaga keladi. Masalan: 
parrandachilik fermalarida 95 dB gacha normadagi shovqin foydali hamdir, chunki 
juda sukunatda odam hatto o’zining yurak urishini ham eshitishi mumkin 
(kosmonavtlar). 110 dB shovqin vaqtincha eshitishni 10 – 15 % ga pasaytiradi. 
Infratovush, ultratovush va tovush intensivligi darajasini yashash joylarida, 
ishlab chiqarish va transportda kamaytirish gigiyenaning asosiy vazifasidir. 
Ba’zi moddalarda tovush tezligi quyidagicha; havoda 331m/s, suvda 1497 
m/s, silliq to’qimada 1550 m/s, yog’ to’qimasida 1460 m/s, miyada 1520 m/s, 
suyagida 3660 m/s, jigar 1570 m/s, shishasimon jism 1530 m/s. Chastota qancha 
katta bo’lsa, tovush shuncha yuqori tonlarda qabul qilinadi. Masalan, ho’kizning 
marashi 50 Gs bo’lsa, pashshaning tovushi 10 kGs chastotaga mos keladi.
Tovush to’lqinlari ikki muhit chegarasiga tushganda uning bir qismi qaytadi, 
ikkinchi qismi esa sinib, ikkinchi muhitga o’tadi. Masalan, suvga tushgan tovush 
to’lqinning atiga 0,12 foiz intensivligi suvga o’tadi, qolgan 99,88% esa qaytadi. 
Ilgarilari dengiz hayvonlari akustik signalizasiyaga ega emas deb qaralar edi. 
Keyingi tadqiqotlar dengiz hayvonlari o’zidan tovush to’lqinlari chiqarishi 
aniqlandi. Masalan, ular ov payti, xavf to’g’ilganda, urchish paytlarida akustik 
signallar chiqarishadi. Hozirgi davrda dengiz hayvonlari tovushlarning fonetikasi 
tuzilgan. Bu fonetika yordamida dengiz hayvonlari biologiyasini o’rganishda, 
baliqlar to’plamini topishda foydalaniladi. Demak, dengiz ham hayvonlarning 
tovush to’lqinlari bilan to’lgan, lekin odam uning tubiga tushib ham bu tovushlarni 
eshita olmaydi. Chunki odam qulog’i havoda eshitishga muljallangan. Suvning 
zichligi havonikidan 750 marta katta. Shunga qaramasdan baliqlar tovushlarni 
yaxshi eshitishadi. Bunga sabab suv zichligining va unda tovush tezligining 
kattaligidir.
To’lqin moddada tarqalishida uning energiyasi modda zarralarini tebratishga 
sarf bo’ladi. Shu sababli to’lqin energiyasi masofa o’tishi bilan kamayadi, ya’ni 
so’nadi. Bu esa 

Download 2.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling