Biokimyo pmd


Toqimalararo aminokislotalarning almashinuvi


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

Toqimalararo aminokislotalarning almashinuvi
Ovqat iste’mol qilmagan paytda qon zardobida aminokislotalar
miqdorini muvozanatda ushlab turish ularni to‘qimalardan chiqishiga
bog‘liq. Bunda asosan mushak to‘qimalari muhim rol o‘ynaydi, ular
aminikislotalarning 50% ziyodini yetkazib beradi, jigarda esa siydikchil
sintezi fermentlari mavjud. Shuning uchun jigar va buyrak qonda
aminokislotalar muvozanatini saqlashda va ularni yangilanishida muhim
rol o‘ynaydi (70-rasm).
70-rasm. Postrezorbsion fazada aminokislotalarni to‘qimalararo
almashinuvi
Mushaklardan ajralib chiqayotgan aminokislotalarning 50% dan
ziyodini alanin va glutaminga to‘g‘ri keladi, qondan mushaklar asosan
serin, sistein va glutaminni oladi.
Jigar va ichaklar qon zardobidan asosan alanin va glutaminni sorib
oladi, bunda agar jigar faqat alaninni yutsa, ichaklar glutaminni qabul
qiladi. Ichaklarda esa alanin va ammiak ajraladi. Ichki a‘zolar serinni
ham qabul qiladi.
Buyraklar asosan serin va ozroq alaninni qonga ajratadi, ozlari esa
glutamin, prolin va glitsinni qabul qiladi.
Miya to‘qimasi qon zardobidan asosan valin, leytsin va
izoleytsinlarni sorib oladi (mushak va jigarga nisbatan 4 marotaba ko‘p).
Alanin asosiy glikogen aminokislota hisoblanadi, jigarda esa alanin
va serindan glyukozani hosil qilish xususiyati ota yuqoridir. Shuning
uchun, mushak va jigar orasida glyukozo-alanin sikli aminokislotalar
va uglevodlar almashinuvida muhim rol o‘ynaydi


272
71-rasm.  Glyukoza-alanin sikli
72-rasm.  Rezorbsion fazada aminokislitalarni to‘qimalararo almashinuvi


273
Oqsillarga boy ovqat iste’mol qilgandan so‘ng mushaklar asosan
60% tarqoq zanjirli aminokislotalarni qabul qiladi
Shunday qilib, tarqoq zanjirli aminokislotalar azot metabolizmida
muhim rol o‘ynaydi: ovqat iste’mol qilmagan paytda ular miya
to‘qimasida energetik manba hisoblanadi, ovqatlangandan so‘ng
mushaklarda esa energiya va azot manbai hisoblanadi.

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling