18. Иммуноглобулинлар ва рецепторлар молекулалари синтезини генетик назорат қилиш, антигенларни рецепторлар орқали аниқловчи лимфоцитлар. Структуравий
генлар иммуноглобулинлар.
19. Антиген- антитаналарнинг ўзаро таъсир қилиш ҳодисалари: агглютинация,
преципитация ва бошқалар. Антитаналарнинг комплемент билан ўзаро таъсири.
Антигенлар – бу ёт молекула уларни организмга кириши билан улар спецефик ўзаро таъсирланадиган янги оқсилларни вужудга келтиради. Янгитдан синтезланадиган антитело билан антигеннинг боғланадиган қисми антигенли детерминант деб аталади. Иммун системасини таъсирини вужудга келтирувчи антигенни ҳам иммуноген деб аталади. Кўпинча антигенлар оқсил табиатига эга моддалар аммо антиген хоссалари бошқа турдаги макромолекулаларга хос полисахорид ва нуклеин кислоталар.
Agglyutinatsiya (lotincha: agglutina-tio -yopishish) — tibbiyotda zarrachalar, bakteriyalar, qizil va oq qon tanachalari (eritrotsitlar va leykotsitlar) va boshqa hujayralarning agglyutininlar (qon zardobi) taʼsirida bir-biriga yopishib, gʻuj-gʻuj boʻlib choʻkib tushishi. Ular organizmning har xil kasalliklarida va immunitet hosil qilganda toʻplanadi. Mas, tajriba hayvonlarini ich terlamaga qarshi emlab, unda olingan zardob (im-mun zardob) ich terlama mikroblari bor muhitga taʼsir ettirilsa, mikroblar harakat qilishdan toʻxtaydi va gʻuj-gʻuj boʻlib choʻkib tushadi. Qon gruppasini aniqlash, baʼzi yuqumli kasalliklarni tekshirish uchun qilinadigan serologik reaksiyalar A. ga asoslangan.
Pretsipitatsiya (lot.— pastga tez tushish), choʻkish — serologik reaksiya; antigenlar komleksining antitelolar bilan choʻkma hosil qilishi. Bemor yoki vaksina yuborilgan kishilar, shuningdek, immunlangan hayvon qon zardobidagi antitelo miqdorini aniqlashga imkon beradi. Pretsipitatsiya immunodiagnostikada bir qator infeksion kasalliklarga (kuydirgi, difteriya va boshqalar) diagnoz qoʻyishda, shuningdek, sud tibbiyotida qon, aʼzo yoki toʻqimaning kimga taalluqli ekanligini aniqlashda va boshqa hollarda qoʻllaniladi[
Do'stlaringiz bilan baham: |