Биринчи боб


" Pretsedent" atamasi va uning fanga olib kirilish tarixi


Download 0.83 Mb.
bet16/26
Sana16.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1501242
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
O\'quv qullanma Karimova M. final

4. " Pretsedent" atamasi va uning fanga olib kirilish tarixi

Badiiy-majoziy til adabiy standartlashtirilgan ham, adabiy-nostandart ham, qadimgi va yozma ham bo‘lishi mumkin, ammo u og‘zaki an’anada mujassamlangan. Darhaqiqat, bunday urf-odatlarsiz hech bir inson qabilasi mavjud bo‘lolmas edi. Bizning zamonaviy sharoitimizda sivilizatsiya yer yuzidagi tarixning hozirgi bosqichida o‘tib ketgan hamda tabiiy va ijtimoiy bilimlarni, shu jumladan, ularning o‘zini tanitishni aks ettiruvchi bilimlarni o‘z ichiga olgan dunyoviy va diniy rivoyatlar, ertaklar, afsonalar qo‘shiqlariga ega ayrim mayda xalqlar hanuzgacha saqlanib qolgan71.


Matnda tilning madaniyat bilan o‘zaro aloqasi namoyon bo‘lish sohalaridan biri bu pretsedent hodisalardir. “Bir kishi yangi yaratilgan har bir matnga nisbatan pretsendent bo‘lgan oldingi matnlarning cheksiz davomiyligida yashaydi”72.
Abdulla Qahhorning “Bemor” hikoyasida o‘zbek milliy mentalitetini aks ettiruvchi paremiyalar faol qo‘llangan: Sotiboldining xotini og‘rib qoldi. Sotiboldi kasalni o‘qitdi – bo‘lmadi, tabibga ko‘rsatdi. Tabib qon oldi. Betobning ko‘zi tinib, boshi aylanadigan bo‘lib qoldi. Baxshi o‘qidi. Allaqanday bir xotin kelib tolning xipchini bilan savaladi, tovuq so‘yib qonladi… Bularning hammasi, albatta, pul bilan bo‘ladi. Bunday vaqtlarda yo‘g‘on cho‘ziladi, ingichka uziladi.73Bu o‘rinda “kozi tinib, boshi aylanadigan” jumlasi ko‘chma ma’no ifodalab kelmoqda.
Abdug‘aniboy uning so‘zini eshitib ko‘p afsuslandi, qo‘lidan kelsa hozir uning xotinini oyoqqa bostirib berishga tayyor ekanini bildirdi, keyin so‘radi:
— Devonai Bahovaddinga hech narsa ko‘tardingmi? Gʻavsul-a’zamga-chi?
Sotiboldi ketdi. Bemorning oldidan jilmaslik va shu bilan birga tirikchilik uchun xonaki bir kasb qilishga majbur bo‘ldi – har xil savatchalar to‘qishni o‘rgandi. U ertadan-kechgacha oftobshuvoqda gavronlar ichiga ko‘milib savat to‘qiydi. (A.Qahhor).
Ajratib ko‘rsatilgan frazeologik birliklar faqat o‘zbek xalqiga xos urf-odatlarni anglatgani uchun ham lingvokulturologik jihatdan muhim ahamiyatga egadir.
Ingliz tilidagi matnlar tarkibida ham paremiyalar lingvomadaniy jihatdan muhim o‘rin tutadi, jumladan quyidagi matnga e’tibor bersak: “Now the English have ever been hospitable, but an Englishman's house is his castle. He will give freely, but he does not like to be bullied and robbed. So one brave man refused to allow the Normans to enter his house. Angry at that, a Norman soldier struck him in the face. The man returned the blow. It was enough. In a few minutes a fierce fight had begun, the Normans against the men of Dover. The Englishmen fought well. They were glad to have a chance of showing their dislike of the Normans, they beat them thoroughly, and drove them out of the town”74.
Matnda “An Englishman's house is his castle” maqoli ingliz o‘z uyida o‘zini xotirjam his qiladi, degan ma’noni beradi, bunday maqol o‘zbek tilida ham mavjud, ya’ni “O‘z uying – o‘lan to‘shaging”.
Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” asarida qahramonlar bir-birini yupatish uchun maqoldan foydalanganiga guvoh bo‘lish mumkin: “In short, the banquet was such a failure that I should have been quite unhappy - about the failure, I mean, for I was always unhappy about Dora - if I had not been relieved by the great good-humour of my company, and a bright suggestion from Mr. Micawber.” “My dear friend Copperfield,” said Mr. Micawber, “accidents will occur in the best regulated families”75. Matnda qo‘llanganAccidents will happen in the best regulated families” maqoli inglizlar uchun xos bo‘lib, yaxshi oilalarda ko‘ngilsizliklar bo‘lib turadi, degan ma’noni anglatmoqda. Bunday paremiyalar o‘zbek tilida mavjud bo‘lmasa-da, xalq orasida hadislarga tayanilgan “Yaratgan suygan bandasiga musibat beradi” mazmunidagi hikmatlar uchrab turadi.
Ingliz tilidagi ayrim kontekstlarda taqdirning muqarrarligi, hech nima o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmasligiga ishora qiluvchi paremiyalar ham ko‘zga tashlanadi. Tilning ayrim ifoda vositalari borki, uning qanday muhim vazifa bajarishi shu tilning tashuvchilariga ma’lum bo‘ladi. Boshqa til vakillari uning yorqin ma’nosini anglashi qiyin.
Lingvokulturologik tahlil orqali turgʻun soʻz birikmalarida saqlanib qolgan noodatiy yashirin holatdagi madaniy unsurlar ochilishi, kuzatilishi, yoritilishi mumkin. Darvoqe, frazemalar semantikasi ham boshqa bir qator etnomadaniy tekstlar qatorida faqat maxsus tahlil orqali ulardagi madaniy ma’nolar aniqlanishi mumkin, chunki frazemalarning ichki ma’nosini yuzaga kelishida, shakllanishida madaniy, milliy obrazlarni asos boʻlishi isbot talab etilmaydigan hodisa76.
O‘zbek va ingliz tillarida qo‘llanilayotgan paremiyalar har doim ham ifodada bir biriga mos kelavermaydi. Chunki mentalitet, madaniyat, qolaversa, lisoniy vositalarda muayyan farqlar mavjud. Buni quyidagi jadvalda ham ko‘rish mumkin:

4-jadval







Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling