Bob. Tovar va tovar siyosati tovar yoki xizmat ehtiyojni qondirish qurolidir


Narxni raqobatga yo naltirish metodi


Download 357.77 Kb.
bet15/46
Sana23.04.2023
Hajmi357.77 Kb.
#1384713
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46
Bog'liq
5 maruza mar

Narxni raqobatga yo naltirish metodi raqobatchilar narxlarini kuzatib borishni talab etadi, о z xarajatlari va talabning hisobi bo ysunuvchi rolini о ynaydi. Narxning yetakchisi sifatida raqobatchi yetakchining narxi yoki о rtacha tarmoqli so raladigan narxning yuzaga kelgan darajasi ко rib chiqiladi. Narx yuqori, past yoki firma xaridorga uning takliflarini boshqa raqobatbardoshlikni tashkil etuvchilar sifati, foydali xossasi, servisi, kafolati va boshqalarga ко ra ustuvorligi sifatida raqobatchi tovar narxi darajasida bo lishi mumkin.
Yuqorida aytilganlardan ко rinadiki, narx belgilash metodining har biri alohida bozoming, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy yo nalishlardan ajralgan holda yuz beradi. Optimal narx odatda, sotuvchi, xaridor va raqobatchilar manfaatlarini tenglashtirmog i zarur. Tovami sotish narxi­ni narx siyosatining sehrli uchburchagi doirasida belgilash marketing­ga oid yondashuv hisoblanadi.
Xalqaro savdoda narxni belgilash murakkab, chunki narx noturg un kattalikdir. Unga jahon iqtisodiyoti egallab turgan sikli, bozor konyunkturasi, raqobatchilar, vositachilar va xaridorlar, valutalar kursining о zgarishi ta sir qilib turadi. Xalqaro savdoda bahoning turli ко rinishlaridan foydalaniladi. Bu baholami ifodalashda maxsus so zlar- dan foydalaniladi, ulami qo shib aytish zamr.
Firma ichida tovar siyosati о tkazilganda firmaning umumiy natijalarini muvofiqlashtirish nuqtayi nazaridan baho belgilanishi kerak.
Ikkita maqsadga intilish zarur:

  • baho yetarlicha yuqori bo lishi kerak, ya ni ishlab chiqarish bo limini quwatlash, bunda tovar ichki bozorda ham yaxshi sotilishi ко zdatutiladi;

  • baho yetarlicha past bo lishi kerak, ya ni tashqi savdo tarmog i chet el bozorlarida raqobatdosh bo lishi uchun.

Chet eldagi filiallar uchun transfert baho ancha murakkab, chunki soliq qonunlari, valuta kurslari, mahalliy qoidalar, bojxona tariflari va firmaning filial faoliyatida ishtirok etish darajasini hisobga olishni talab qiladi.
Agar soliq solish miqdori ikkala mamlakatda har xil bo Isa, qaysi mamlakatda sotish foydali ekanligi masalasi ко ndalang turadi.
Umumiy holda firma soliq miqdori past bo lgan mamlakatda past transfert bahosi belgilashdan manfaatdor, lekin bu о z mamlakatining soliq xizmati tomonidan qarshilikka sabab bo ladi. Ikkinchi tomondan esa eksportyor mamlakat bojxona xizmati past baholami asos sifatida qabul qila olmaydi, chunki u kam foyda berish bilan birga, mamlakatdagi mahalliy ishlab chiqaruvchilami himoya qilish sifatiga ham ta sir qiladi.
Firmaning filial faoliyatida qatnashishi shu tomondan muhimki, qo shma korxona yoki litsenziya haqida gap ketsa, eksport qiluvchi uni yuqori transfert bahoda sotadi, foydani esa hamkori bilan bo lishmaydi.
Agar firma filialiga to liq egalik qilsa, past narx belgilashga harakat qiladi.
Turli davlatlarda huquq formalari va soliq qonunchiligining har xilligi hisobga olinsa, xalqaro saviyada standart strategiya ishlab chiqish qiyinligini baholash qiyin emas.
Eksport xarajatlari tashqi bozorda belgilanadigan bahoning ancha qismini о z ichiga oladi. Shuning uchun ham tashqi bozorda belgilana­digan baho bilan xalqaro transfert baho eksport xarajatlarini hisobga olgan holda solishtirilishi kerak.
Eksport xarajatlari, ya ni tovami qumqlik, dengiz yoki havo yo llari transportida tashish, yuklash-tushirish, bojxona, port kabilar yig imlari, sug urta, eksport-import bojlari eksport qilinayotgan tovar narxini sezilarli ко tarib, uning raqobatbardoshligini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun bu xarajatlami aniq baholashni, javobgar shaxs kim bo lishini aniq tasawur qilishni talab qiladi.
Narx belgilashda chet eldagi narx ichki narxdan kam bo lmasligiga e tibor berish kerak, chunki importer mamlakat firmani dempingda ayblashi mumkin.
Endi tovaming jahon bahosiga kelsak, u mana shu tovami jahon bozorida sotiladigan о rta bahosidir.
Jahon bahosi quyidagi asosiy alomatlari bilan ifodalanadi: katta tovar bozorlari talablariga mos keladigan yirik eksport va import kelishuvlarida qo llaniladigan baho, muhim bozorlardagi muntazam amalga oshiriladigan bitimlarda qo llaniladigan baho, to lov erkin konvertirlangan valutada olib boriladigan kelishuvlarda qo llaniladigan baho.
Ommaviy tovarlar uchun jahon bahosi sifatida xalqaro savdoning asosiy markazlari birjasi hamda auksiondagi baho qabul qilinishi mumkin. Sotuvchilar uchun ham, xaridorlar uchun ham jahon baholari haqida ma lumotga ega bo lish muhim ahamiyatga ega.
Jahon bozoridan baholar haqida ma lumot saqlanadigan manbalami quyidagicha guruhlash mumkin.

  1. Hisob-kitob erkin konvertirlangan valutada olib boriladigan oddiy bitimlardagi baholar haqida olinadigan ma lumotlar, xalqaro tovar birja- larida e Ion qilinadigan xomashyolar uchun kotirovkalar.

  2. Jumallarda muntazam chop etiladigan baholar haqida ma lu­motlar, xalqaro uyushmalar, biznesmenlar, yirik agentliklar, maxsus tashkilotlaming davriy nashrlarida e Ion qilinadigan ma lumotlar.

  3. Importyorlaming chet ellik mahsulot yetkazib beruvchilari bilan import shartnomalari haqida ma lumotlar.

  4. Eksportyorlaming tashqi bozorda ma lum tovami sotishidagi baholar haqida ma lumotlar.

  5. Preyskurantlar, firma kataloglari va shunga о xshash manbalardagi ma lumotlar.

Ко pincha bojxona statistikasi orqali ham baholar haqida ma lumotlar olish mumkin. Har bir tashqi faoliyat bilan shug ullanuvchi firma doimiy ravishda jahon bahosi haqida ma lumotlami о rganishi zarur. Bu ishlar bilan narx bo yicha xizmatchilargina emas, balki bevosita eksport-import operatsiyalari bilan shug ullanadigan tezkor guruh ham shug ullanishi mumkin.
Xalqaro bozorda baho siyosati strategiyasini tanlashda quyida- gilarga e tibor berish kerak: eksport xarajatlari, xalqaro talab, raqiblar narxi, narx belgilashdan ко zlangan maqsadlar, narxlami boshqarish bo yicha davlat tadbirlari va boshqalar.
Korxonaning narx siyosati
Narx siyosati korxonaning bozordagi umumiy siyosatining ajralmas qismi hisoblanadi. Siyosat so zining ma nosi mumkin bo lgan san at, deyiladi. Bu tarif narx siyosatining tarifiga ham to g ri keladi. Narxni shakllantirish, bu san at chunki u yuqori aniqsizlik davrida amalga oshiriladi. Korxonaning narx siyosati bu maksimal darajada narx shakllanishi sohasidagi imkoniyatlardan foydalanishga, salohiyatni xaridor uchun bo lgan raqobatda yutishga va о z maqsadlariga erishish uchun narxni ко tarishga qaratiladi. Narx siyosati narx strategiyasi orqali amalga oshiriladi. Narx siyosati taktik-operativ aksiyalami, ma lumot tizimini (yig ish, tahlil qilish vositalari), tashkiliy qarorlar (tartib va jarayon jihatlar) ni о z ichiga oladi.
Taktik operativ aksiyalar о z ichiga quyidagilami oladi: qisqa muddatli pog onalami shakllantirish, narxlar tarkibi, narxlar differen- siatsiyasi, narxlar variatsiyasi, narx chizig i siyosati, narxlami yo naltirish. Taktik operativ aksiyalaming qo llanilishi korxonaning strategik maqsadlari bilan mos kelishi lozim, u bozorda о z mavqeyini egallash uchun qilinadi. Shuning uchun narx siyosati strategik baza (narx strategiyasi) ga muhtojlik sezadi.
Hozirgi kunda narx menejmenti narx siyosatiga sinonim bo lib hisoblanadi. Bunday о zgarishlaming asosiy sababi bo lib quyidagilar hisoblanadi: narxlar differensiatsiyasi kuchaydi, buni narx diskrimi- natsiyasi yoki mahsulot differensiatsiyasi bilan izohlash mumkin.
Narxlar differensiatsiyasi mahsulot parametrlari va xaridorlar guruhining to lay olish qobiliyatlariga katta ahamiyat beradi. Tovar differensiatsiyasi raqobat ко rinishida asosiy vosita bo lganligi sababli korxonalar xaridorlaming tovarga bo lgan ichki talablarini aniqlash va tovami ularga yetkazib berishga katta ahamiyat beradi. Tovar defferensiatsiyasi segmentatsiya va baho bo yicha olib boriladigan ishlami murakkablashtirdi va yanada chuqurlashtirdi. Baho tizimida narxlar differensiatsiyasi bilan bog liq bo lgan korxonaning barcha imkoniyatlari birgalikda rivojlantirilmoqda.
Yangi bozor raqobat sharoitlariga moslashish sifatida yoki qisqa muddatli narx aksiyalari sifatida narxlar variatsiyasi doimo kuzatilmoqda. Bulaming barchasi narx siyosatini har xil masalalami yechishga majbur qildi.
Globalizatsiya va savdoning kengayishi oqibatida sotish kanallarida narx qarshiligi kuchaydi. Buning oqibatida narx kelishuvlari va sotish siyosatining roli oshdi. Boshqarish kerak bo lgan yuqori muammoli narxlar о zgarishi yuzaga keldi. Narx siyosatining malakalilik darajasi, bozomi о rganishning zamonaviy usullari, narxni rejalashtirish narx nazorati yordamida oshdi, oqibatda ma lum vaziyatlarda korxonalar raqobat ustunlinligiga ega bo ldilar.
Bozoming javob harakatiga qaratilgan tavakkalchilik. Ко plab narx siyosati bo yicha qabul qilingan qarorlar doimo о zgarib turuvchi va kompleks sharoitlarda qabul qilinadi. Shuning uchun korxonaning narx

  • naflilik birligiga bozoming javobini oldindan bilish qiyin. Shu munosabat oqibatida bozoming javobiga qaratilgan tavakkalchilik, ya ni narx belgilanganda ко zda tutilmagan xarajatlar vujudga keladi. Bu tavakkalchiliklar yuqori va past narxlar sharoitida bo lishi mumkin va yo qotilgan narx imkoniyatlariga kiradi (opportunistik xarajatlar).

Yetkazib berish va to lash shartlaridagi tavakkalchilik. Ishlab chiqamvchi sotib oluvchilar (xaridorlar) bilan yetkazib berish va to lash shartlarini shaxsan kelishib oladi. Raqobat ко p hollarda sotuvchilami xaridorlarga chegirmalar qilishga majbur qiladi, oqibatda ulaming foydasi kamayadi. Alohida xavf nazorat qilinmagan chegirmalar, bonus- lar to lash sharoitlari joriy qilinganda bo ladi.
To lov tavakkalchiligi. Ular xaridorlar о z shartnoma majbu- riyatlarini bajarmaganlarida yuzaga keladi (shartnomani bajarmaslik tavakkalchiligi). Agar xaridorlar to lash imkoniyatlari yo qligini sabab qilib, mahsulotlar narxining bir qismini to lasa, qolgan pulini kelishilgan muddatda to lashni kelishib olsa, to lov tavakkalchiligi vujudga keladi.
Dispozitsion tavakkalchilik. Ayrim mamlakatlarda chet el ishlab chiqamvchilaming (sotuvchilar) narx suvereniteti mamlakatning siyosiy iqtisodiy manfaatlari tufayli qisqartiriladi.
Narx tavakkalchiligi albatta nafaqat sotuvchilarda, balki xaridor- larda ham kuzatiladi.
Narx siyosatida maqsadlarsiz qabul qilinadigan strategiya vositalari- dan katta foyda olish qiyin. Maqsadlar tizimini loyihalash narx menejmentining asosiy vazifalaridandir. Rejali narx qarorlari maqsadlar tizimini keltirib chiqaradi. Har bir tashkilot individual ustuvor maqsadlardan kelib chiqqan holda о z maqsadlar tizimini ishlab chiqadi. Shu sababli ilmiy asoslangan maqsadlar tizimi mavjud emas. Narx siyosatida maqsadlar tizimi ishni amalga oshirish nuqtasidir. Agar potensial narxlar maqsadlar piramidasida iyerarxiya ко rinishida ifodalangan bo Isa, bu juda yaxshi. Bu о z ichiga hamma maqsadlami olmaydi, ammo ifodalangan maqsadlar munosabati narx siyosatini tushunishga yordam beradi. Umuman olganda narx siyosatini korxona­ning faqat marketing yo nalishida emas, balki boshqa yo nalishda ham qo Hash lozim. Korxona narx siyosati oldiga qo yadigan maqsadlariga: daromadlami maksimallashtirish, tizimlami maksimallashtirish, ma lum foyda normalarini olish, kelayotgan daromadlami saqlash, xarajatlar kompensatsiyasi, ishlab chiqarish ко lamini oshirish, bozorga kirish, raqobatchilarni kamaytirish, potensial raqobatchilarni bozorga kiritmaslik, bozorda mavqeyini saqlash va kengaytirish, о z faoliyati uchun turg un va ijobiy muhitni, korxona faoliyatini saqlash kabilar kiradi. U yoki bu maqsadni amalga oshirish uchun marketing vositalaridan foydalaniladi. Biz о z diqqatimizni marketing maqsad­lar iga qaratamiz. Narx siyosatida maqsadlar tizimi rivojlanishi yuqori- dan pastga qarab sodir bo ladi. Bunda maqsadlaming agregatlangan variantlari vositasida kirim yoki о rtacha narx xaridorlaming narxdan qoniqishi yoki narxga ishonch maqsadi yaqinlashadi. Bu juda muhim, chunki oxir oqibatda xaridorlaming harakati narx siyosati muvaffaqiyatiga bog liq. Xaridorlar xaridlariga qarab tuzilgan maqsad­lar tizimi xaridorlarga yo naltirilgan va ulami tashkilot mahsulotlariga ко niktirishga asoslangan narx siyosatining zamonaviy talabidir.

Download 357.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling