Bob. Tovar va tovar siyosati tovar yoki xizmat ehtiyojni qondirish qurolidir


► Texnik-iqtisodiy ко rsatkichlar


Download 357.77 Kb.
bet4/46
Sana23.04.2023
Hajmi357.77 Kb.
#1384713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
5 maruza mar



Texnik-iqtisodiy ко rsatkichlar



Tayyorlash texnologiyasi



Ishonchlilik va uzoq vaqt davomida ishlatilishi



Mo ljallangan maqsadga mos kelishi



Tashishga va saqlashga yaroqliligi



Ekologik xususiyatlari



Ergonomik xususiyatlari



Estetik xususiyatlari



Xavfsizlik ко rsatkichlari

9.3 -rasm. Tovarning sifati

Bozor tizimi iste molchilar xohishini korxonalar va resurs yetkazib beruvchilarga topshiradi va ulardan qoniqarli javob olishni kutadi.


Oddiy bozorda tovar ishlab chiqaruvchi korxonaning bozor va butun xo jalik siyosati bo yicha taqdirini belgilaydi. Shu sababli ham tovami yaratish, ishlab chiqarish, takomillashtirish, sotish, sotilgandan keyingi xizmat ко rsatish, reklama tadbirlarini ishlab chiqish shubhasiz, tovar ishlab chiqaruvchining butun faoliyatida markaziy о rinni egallaydi. Mana shu kompleks tadbirlar tovar siyosati, deb ataladi. Aynan shu sababli ishlab chiqaruvchida iste molga qaratilgan sifatli tovar bo lmasa, unda hech narsa yo q! bu marketingning qat iy qoidasi hisoblanadi.


9.4. -rasm. Tovar siyosati




  1. Tovarlaming hayotiylik davri va ularning asosiy bo ginlari

Tovaming hayotiylik davri tovaming bozorda paydo bo lgan davridan boshlab, to uning sotilmay qolishigacha bo lgan vaqt oralig idir. Tovaming hayotiylik davri konsepsiyasi har qanday tovar qanchalik darajada mukammal bo lmasin, bu tovar bozordan ertami- kechmi undan ham mukammalroq tovar tomonidan siqib chiqarilishiga asoslanadi. Amaliy faoliyatda tovaming hayotiylik davri diapazoni ancha keng bo lib, u bir kunlik tovardan bozorda о z о mini uzoq vaqt davomida saqlab qoluvchi tovargacha bo lishi mumkin.
Tovaming hayotiylik davrini tariflashda 2 xil nuqtayi nazar mavjud:

  1. Menejmentda tovami ishlab chiqarishdan to uning iste moli- gacha bo lgan davr tushuniladi. Tasawur (g oya-idea), dizayn (sinov), ishlab chiqarish, xizmat ко rsatish.

  2. Marketingda tovar о z xaridorini topa olishi mumkin bo lgan о zining ma lum hayotiylik davri tushuniladi.

Tovaming hayotilik davrini boshqarish tizimi korxonalar uchun hozirgi global bozorlardagi kuchli raqobat ichida tirik qolish uchun yangi mahsulotlami ishlab chiqarishga intilishga undaydi. Har bir korxona о z mijozlari va mol yetkazib beruvchi hamkorlariga oid ma lumotlami, ular bilan aloqa va munosabatlami boshqara olishi kerak. Menejment tovaming hayotiylik davrini boshqaradi, bozorga kirish vaqtini kamaytiradi, mahsulot sifatini oshiradi, boshlang ich mahsulot chiqarish tannarxini kamaytiradi, oldindan о z xaridorini topadi, mahsulot shaklini yaxshilashga yordam beradi, isrofgarchilikni kamaytiradi.
Tovaming hayotiylik davri konsepsiyasi ilk bor amerikalik marketolog T.Levitt tomonidan 1965 yilda tariflangan edi. Ushbu nazariyaning mohiyati shundan iboratki, tovar о ziga xos tirik organizm kabi hayotiylik davrini о taydi. Ma lumki, tirik organizm rivojlanish, keyin tug ilish, so ngra yetuklik, qarilik bosqichlarini о tib, о z yashash davrini о lim bilan tugatadi. Shunga о xshash tovar hayotiylik davri jarayonida ishlab chiqarish, bozorga chiqish, о sish, yetuklik va chiqish kabi bosqichlami о taydi.Tovaming tipik hayotiylik davrini 9.5 - rasmda ко rsatilgan egri chiziqlar bilan tasvirlash mumkin.
Tovaming hayotiylik davri bosqichlari quyidagicha:

  1. Kirish. 2.0 sish. 3.Voyaga yetish. 4.Pasayish.


1-bosqich 2-bosqich 3-bosqich 4-bosqich

9.5.-rasm. Tovaming hayotiylik davri mobaynida uning sotilishi va foydaning tavsifi

Tovaming hayotiylik davri bosqichlarini to laroq tushuntirishga harakat qilamiz.


Tadqiqotlar va tovaming yaratilishi bosqichi. Tovaming hayoti uning mahsulot sifatida shakllanishidan ancha oldin g oyalar, ishlanmalar ко rinishida boshlanadi. Yuqorida keltirilgan rasmda bu bosqichga tartib raqami qo yilmagan, chunki hali tovaming о zi mavjud emas. Bu bosqichda tadqiqotchilar marketing yordamida iste molchining mazkur mahsulotga muhtojligini, potensial iste molchilar kimlar bo lishini va g oyani amalga oshirishda qanday bozomi mo ljallash mumkinligini atroflicha о rganadilar. Korxona uchun tovami yaratish- ning mazkur bosqichi bu faqat xarajat va kelajakda kutiladigan daromadlardir. Bu yerda marketingning vazifasi potensial iste mol- chilarga yangi g oya asosida yaratilajak tovar ular uchun qanday foyda keltirishini tushuntirib berishdan iborat.


  1. Download 357.77 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling