Bob. Tovar va tovar siyosati tovar yoki xizmat ehtiyojni qondirish qurolidir


Download 357.77 Kb.
bet8/46
Sana23.04.2023
Hajmi357.77 Kb.
#1384713
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46
Bog'liq
5 maruza mar

Narx bu raqobat, resurslami qayta taqsimlash, kapital harakatining vositasidir. Narx tovar, buyum va xizmatlar qiymatining puldagi ifodasi. Narx bu tovar nafliligi tan olinganda uning qiymatining pulda ifodalanishi, qiymatning bozorda namoyon bo lish shakli.
Qiymat bu xaridoming mahsulotdan ко rgan foydasi, foydalanish darajasi. Xaridoming mahsulotni xarid qilishi uning xohishi, didi va to lov qobiliyatiga bog liq, bundan tashqari agar xaridorga bitta birlik mahsulot kerak bo Isa, unda bitta turdagi to lash qobiliyati bo ladi. Agarda unga bir nechta mahsulot kerak bo Isa, unda har bir mahsulot uchun boshqa to lash qobiliyati bo ladi. Chunki mahsulotning keyingi donasi kamroq qadrli bo ladi. Bu haqiqat bizni agregatlashgan bozor talab chizig iga olib keladi.
Mahsulotning narxiga xaridor uni olishga tayyorligi va mahsulot­ning nafligi ta sir ко rsatadi. Agar xaridorda altemativ mahsulotni tanlash imkoniyati bo Isa, unda xaridor tomonidan mahsulotni sotib olish yoki olmaslik qaroriga nisbiy narx ta sir qiladi. Bu vaziyatda xaridor о zi uchun eng ma qul va ко proq foydali bo lgan mahsulotni sotib oladi.
Narx marketing-miks kompleksining vositalaridan biri hisobla­nadi. U hech qachon marketing miksning boshqa vositalaridan ayrilgan holda ко rilmasligi kerak. Korxona biron bir narx muammosini tahlil qilganda ко p hollarda uning sababi narx emas, balki narx bilan bog liq bo lmagan raqobat ко rsatkichlarining zaifligi hisoblanadi.
Bozor xo jaligi faqatgina erkin raqobatli narxlar sharoitida samarali faoliyat yuritishi mumkin. Bunday narxlar raqobatli tanlov, talab va taklif nisbati, bozor muvozanatining tiklanishini hisobga olgan holda sotuvchi va xaridor о rtasidagi savdo va oldi-sotdi shartnomasi natijasida hosil bo ladi. Narx-navo, ya ni baho bozoming unsurlari ichida eng murakkab elementidir. U har doim о zgarib turadigan, harakatchan mexanizm bo lib bozordagi vaziyat о zgarishlariga tez va chaqqonlik bilan moslashib boradi.
Narx va narx belgilash siyosati marketingning bosh tarkibiy qism- laridan biridir. Oxirgi yillarda narx bo yicha olib borilgan keng ко lamli ishlar natijasida mikroiqtisodiyot va marketing orasidagi masofa kamaymoqda. Mahsulotning narxi va nafliligi о rtasidagi nisbat har bir iqtisodiy kelishuvning asosidir.
Narx marketing va firma faoliyatining boshqa о zgaruvchilari bilan uzviy aloqada bo ladi. U tovarning hayotiylik sikli davomida о zgarib turadi. Marketingda baho siyosatining mohiyati, bozorda aniq ulushga erishish, ко zda tutilgan foydani olish va boshqa strategik va tezkor masalalami yechish uchun firma tovarlariga narx belgilash va narxlami о zgartirib turishdan iborat.
Bozor narxlarining asosiy xususiyati - ulaming doimo о zgarib turish qobiliyatidir. Bu tabiiydir, chunki narxlar talab va taklifhi о zaro bog lovchi vositadir. Bizga ma lumki, ulaming har ikkalasi ham harakatchandir. Shuning uchun marketing strategiyasida shunchalik harakatchan narxlar siyosatidan foydalaniladi. Bu siyosat tovaming bozordagi harakatini tovar hayotiylik davrining turli bosqichlarini tartibga solish va boshqarishni, bozorga yangi iste mol tovarlari va ishlab chiqarish vositalarini kiritishni, eskirgan modellami bozordan siqib chiqarishni ta minlaydi. Narxlar hech qachon sababsiz о zgar- maydi. Masalan, biror kamchiligi bo lgan va ma naviy eskirgan tovarlar pasaytirilgan baholarda, hattoki, tushirilgan baholar, deb ataluvchi narxlarda sotiladi. Yuqori narxlar esa yuqori sifatli, yangi iste mol qobiliyatiga ega bo lgan tovarlarga о matiladi. Rivojlangan iqtisodiyot- ga ega bo lgan mamlakatlarda marketingdagi narxni tashkil qilish muammolarini faqatgina asosiy strategik yondashishlarigina ishlab chiqilishi bejiz emas, chunki narxlaming о zi faqat bozor subyektlari: sanoat va savdo firmalari, korxonalari tomonidan о matiladi va davlat tomonidan tartibga solinadi. Tovaming raqobatbardoshligi va bozordagi о mi narx darajasiga bog liq. Buning natijasi sotiladigan tovarlar massasida korxona ulushining oshishidir.
Narx mahsulot sifatining indikatori sifatida.
Bozor sharoitida narx siyosati о ziga xos bo lib, turli narxlaming mavjudligi bozor qonuniyatidir. Narx shakllanishida tovar bahosi uning sifatini bildimvchi muhim indikator sifatida namoyon bo ladi. Tovar narxi qancha yuqori bo Isa, talab tushadi va aksincha, past narxda tovarga bo lgan talab oshadi. Xarid qilish haqida qaror qabul qilishga tovar narxi miqdoriy ко rsatkich sifatida xizmat qilib, xarid budjetiga qarab u yoki bu narxdagi tovarni sotib oladi. Har doim ham narx tovar sifatini obyektiv baholaydi, deb bo lmaydi. Savdo do konlarining turiga qarab ishlab chiqaruvchidan olingan tovarlarga turli narxlar belgilanadi.
Supermarket, Gipermarketlardagi tovar narxining oddiy kichik chakana savdo do konidagi narxlardan yuqoriligi yirik savdo markaz- laridagi servisning yuqoriligi bilan izohlanadi.
Nima uchun tovar narxi uning sifatini о lchaydigan ко rsatkich sifatida namoyon bo ladi?
Bu quyidagilar bilan izohlanadi:

  1. Tajribalardan ma lumki, yuqori narx tovar sifatini past narxga qaraganda ко proq kafolatlaydi.

  2. Narx xarid jarayonida iste molchi uchun bir о lchovli ma lum ко rsatkich bo lib xizmat qiladi. Mahsulot narx bilan solishtiriladi. Bir iste mol ehtiyojini qondiruvchi bir necha firmaning mahsuloti xaridor tomonidan solishtiriladi, so ngra xarid haqida qarorlar qabul qilinadi.

  3. Tovar narxi sotuvchi orqali xaridorga yetib boradigan signal bo lib hisoblanadi. Reklamada tovar narxi ко rsatilmaydi.

Uzoq vaqt davomida bizning iqtisodiyotimizda barqaror narxlar holatini haqiqatda tovar va xizmatlar bilan ijtimoiy ta minlash belgilaydi, degan fikr hukmron edi. О zgarmas narxlar barqaror ishlab chiqarish rivojiga va talabni qondirishga to sqinlik qiladi. Bugungi kunda narxlar tizimi ancha chalkashki, uni tushunib yetish birmuncha murakkab, eng asosiysi u xo jalik yuritishning yangi bozorlar sharoitiga moslashmog i lozim.
Bozor iqtisodiyotiga о tish davrida narxlar ahamiyatining ortib borishi kuzatilmoqda, chunki mana shu davrda umumiy ishlab chiqarish hajmi, xarajatlar oshishi iqtisodiy qiyinchiliklar bilan uyg unlashib ketmoqda. Moliyaviy va bank boshqarish tizimlarining susayishi, transport va milliy iqtisodiyot tarmoqlarining kuchsizlanishi narx raqobatini oshirib yubordi. Narxlar darajasi ко p hollarda xaridor tomonidan belgilanadi. Savdogar uchun marketing tizimida narx siyosatini olib borish birmuncha cheklangan. Ma lumki, yuqori daromadli rivojlangan ba zi bir mamlakatlarda narxning pasayishi sifatning yomonligidan dalolat beradi. Shuning uchun narx pasayishi shu davlatlarda korxona mavqeyini bozorda mustahkamlamaydi, balki uni raqobatdoshlilik darajasini pasaytiradi. Xaridorlar ana shu davlatlarda yuqori sifatli mahsulotlami yuqori narxda sotib olishga intiladilar. Hozirda narx raqobati asta-sekin narxsiz raqobatlarga о z о mini bo shatib bermoqda. Marketingda narx siyosatini boshqarish masalasi u amal qilib turgan narx strukturasiga bog liq. Albatta, marketing - miks vositalari о rtasida juda katta farq mavjud. Kommunikativ va distribyutorlik siyosati kabi vositalar mahsulotning bozordagi yutug i uchun kerak bo lgan shartlardir.
Marketing miks ichida mahsulot narxiga katta vazifa yuklanadi. Faqat narxgina xaridoming iqtisodiy qurbonligi (aniq bir mahsulot sotib olish bilan bog liq bo lgan va boshqa mahsulotlardan voz kechish) ni belgilaydi. Xaridor uchun narx bu qurbonlik hisoblanadi. Uni xaridor biron bir foyda yoki nafliligiga ega bo lish uchun to laydi. Biron bir mahsulot uchun yuqori narx to lash xaridor uchun boshqa biron bir mahsulotdan voz kechishni bildiradi. Shuning uchun u sotuvchi taklif qilgan narxni mahsulot nafliligi bilan va boshqa altemativ mahsulotlar narxi bilan solishtiradi. Shunday qilib, har xil xaridorlar uchun mahsulot nafliligi bo lishi bizni bozor segmentatsiyasiga va har xil narxlarga olib keladi. Xaridorlaming talablari, raqobatchilar tomonidan mahsulotlar doimo о zgarib turishini inobatga olgan holda muntazam ravishda narxlami qayta ко rib chiqib turish lozim.
Narx marketing kompleksining boshqa uchta unsuri (tovar, savdo, harakatlantirish) bilan daromad keltirish borasida farqlanadi. Narx (baho) sotuvchi uchun о z mehnati taqdirlanishini ко rsatadi.


  1. Download 357.77 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling