Божхона экспертизаси ва товарларни таснифлаш кафедраси фанлари бўйича якуний давлат аттестацияси саволлари (2023 й)


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/83
Sana18.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1571644
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83
Bog'liq
EKSPERTIZA 2023

Kompleks bojxona ekspertizasini o‘tkazishda ekspertlarning har biri o‘z vakolatlari 
doirasida tekshiruvlar o‘tkazadi. Kompleks bojxona ekspertizasining xulosasida har bir ekspert 
qanday tekshiruvlarni qanday hajmda o‘tkazganligi, shaxsan u qanday faktlarni aniqlaganligi 
hamda qanday xulosalarga kelganligi ko‘rsatiladi. Ekspertlarning har biri kompleks bojxona 
ekspertizasi xulosasining o‘zi tomonidan olib borilgan tekshiruvlar aks etgan qismini 
imzolaydi va ular uchun javobgar bo‘ladi. 
Olingan natijalarga baho berish va ushbu xulosani (xulosalarni) shakllantirish uchun 
vakolatli bo‘lgan ekspertlar umumiy xulosa (xulosalar) beradilar. Agar ekspertlar 
komissiyasining yakuniy xulosasi yoki uning bir qismi uchun ekspertlardan biri (ayrim 
ekspertlar) tomonidan aniqlangan faktlar asos bo‘lsa, bu haqda kompleks bojxona 
ekspertizasining xulosasida ko‘rsatib o‘tilishi kerak. 
Ekspertlar orasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda ularning har biri 
kelishmovchiliklarga sabab bo‘lgan barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida-alohida 
kompleks bojxona ekspertizasi xulosasini beradi. 


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI SUD EKSPERTIZASI 
TO‘G‘RISIDA 
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 18-noyabrda qabul qilingan 
Senat tomonidan 2010-yil 7-mayda ma’qullangan 
19-20 moddalar Toshkent sh., 2010-yil 1-iyun, № O‘RQ-249 
19-modda. Sud ekspertizasining sud ekspertlari komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi 
Sud ekspertizasi bir xil (komissiyaviy sud ekspertizasi) yoki turli xil (kompleks sud 
ekspertizasi) sud-ekspert ixtisosligidagi bir necha sud eksperti tomonidan o‘tkazilishi mumkin. 
Sud ekspertizasining sud ekspertlari komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi sud 
ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) yoki mazkur ekspertizaning o‘tkazilishini tashkil 
etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi yoxud boshqa tashkilot rahbari tomonidan 
belgilanadi. 
Sud ekspertizasini o‘tkazish topshirilgan sud ekspertlari komissiyasi o‘z oldiga qo‘yilgan 
masalalarni hal etish zarurligidan kelib chiqib, o‘tkaziladigan tekshirishlarning maqsadi
ketma-ketligi va hajmini kelishib oladi. 
Sud ekspertizasini o‘tkazish topshirilgan sud ekspertlari komissiyasi tarkibidagi har bir 
sud eksperti tekshirishlarni mustaqil va alohida olib boradi, shaxsan o‘zi va komissiyaning 
boshqa a’zolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda qo‘yilgan savollar yuzasidan 
o‘z maxsus bilimlari doirasida fikrlarini shakllantiradi. 
Tekshirishlarning sud ekspertlari komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan 
to‘liq yoki qisman o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling