Божхона экспертизаси ва товарларни таснифлаш кафедраси фанлари бўйича якуний давлат аттестацияси саволлари (2023 й)
БҚнинг Жаҳон божхона ташкилотининг Уйғунлаштирилган Тизим
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
EKSPERTIZA 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 37. Ўзбекистон Республикаси ТИФ ТН (2022 йил версияси) нинг тузилиши. Амалиётга жорий этишнинг ҳуқуқий асослари. UT (1996) UT
- (2002) UT (2007) UT (2012) UT (2017) UT (2022) Nomi
36. БҚнинг Жаҳон божхона ташкилотининг Уйғунлаштирилган Тизим
қўмитаси билан ҳамкорлиги. 1947 йилда 13 та Европа иқтисодий ҳамкорлик Кенгашига аъзо мамлакатлар томонидан Бош тариф ва савдо келишуви (ГАТТ) асосида божхона иттифоқи ташкил этиш бўйича Ишчи гуруҳи ташкил этилди. 1950 йил 15 декабрда Ишчи гуруҳ томонидан Брюссель Конвенцияси имзоланди, унга кура Божхона Иттифоқи Кенгаши ташкил этилди ва 1994 йилдан бўён бў ташкилот ББТ деб номланди. Бўгунги кунда ББТ га 179 та мамлакатлар аъзо бўлди ва халқаро савдонинг 98% назорат килади. ЎзР ТИФ ТНга мувофиқ товар кодини аниқлаш бўйича зиддиятли ҳолатлар ҳамда уларни ҳал этишда қийинчиликлар пайдо бўлганда, божхона органи товар намуналарини ва керакли ҳужжатларни Бўтунжахон божхона ташкилотининг УТ қўмитасига юбориши мумкин. УТ қўмитаси экспертлари мазкур товарларни таснифлаш юзасидан ўзларини тавсиялари ва фикрларини билдиради. Амалиётда божхона идоралари кўплаб ҳолатларда УТ қўмитасига (гербалайф, жевательная резинка, тиббиёт совуни, махсус автомобиль, дори воситалари ва бошқа ҳолатларда) мурожаат этилган ва УТ қўмитаси билан ўзаро ҳамкорлик яхши йўлга қўйилган. 37. Ўзбекистон Республикаси ТИФ ТН (2022 йил версияси) нинг тузилиши. Амалиётга жорий этишнинг ҳуқуқий асослари. UT (1996) UT (2002) UT (2007) UT (2012) UT (2017) UT (2022) Nomi 21 21 21 21 21 21 Bo‘lim 97 97 97 97 97 97 guruh, 3 ta guruh – 77, 98,99 zahirada) 1241 1244 1220 1265 1222 1228 tovar pozitsiyasi 5113 5224 5052 5205 5387 5612 subpozitsiya Uyg‘unlashtirilgan Tizimning 2022 variantida 351 ta tovar pozitsiyasiga o‘zgarishlar kiritilgan, bular: Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va tamaki sanoati – 77 ta; Kimyo sanoati sohasida - 58 ta; Yog‘och sanoati – 31 ta; To‘qimachilik sanoatida - 21 ta; Metallurgiya sanoatida - 27 ta; Mashinasozlik sanoatida – 63 ta; Transportda – 22 ta; Boshqa sohalarda – 52 ta tovar pozitsiyalariga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritilgan. Agar 2022 yilgi Nomenklaturani 1988 yilda qabul qilingan va foydalanilgan dastlabki Nomenklatura bilan solishtiradigan bo‘lsak, aytishimiz mumkinki, ushbu tuzatishlar bilan bog‘liq o‘zgarishlarning umumiy soni 10% dan ortdi. Ya’ni, agar 1988 yilgi nomenklaturada 5019 ta UT kodlari ishlatilgan bo‘lsa, 2022 yilgi Nomenklaturada 5612 kod bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2022 yilgi tahririni joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-460–son qarori bilan Uyg‘unlashtirilgan tizimning 2022 yilgi variantiga asoslangan, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining TIF TN (2022 yil tahriri) amaliyotga joriy etildi (DBQ ning 2022 yil 30 dekabrdagi 317-son buyrug‘i). Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 733-son qarori bilan tasniflash kodlari o‘zgargan mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi. U bilan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasiga zarur hollarda, TIF TN 2022 yilgi tahririga muvofiq mahsulotlarni tasniflash yuzasidan birgalikda xulosalar berish hamda tasniflash kodlari o‘zgargan mahsulotlar ro‘yxatiga tegishli bayonnoma rasmiylashtirish yo‘li bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berildi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling