Божхона экспертизаси ва товарларни таснифлаш кафедраси фанлари бўйича якуний давлат аттестацияси саволлари (2023 й)


ТИФ ТН код рақамини БЮДнинг тегишли графаларига боғлиқлигини


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/83
Sana18.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1571644
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Bog'liq
EKSPERTIZA 2023

 
42. ТИФ ТН код рақамини БЮДнинг тегишли графаларига боғлиқлигини 
изохлаб беринг.
Божхона инспекторлари товарларни тўғри ТИФ ТН код рақамларини аниқлашлари 
жуда муҳим ҳисобланади. Сабаби, товарларнинг ТИФ ТН код рақамлари асосида 
божхона тўловлари тўлиқ ундирилади. 
БЮДнинг 33-графасида товарларнинг ТИФ ТН код рақами, 
31 –графасида товарларни тўлиқ тавсифи;
35-графа. Товарнинг брутто оғирлиги; 
38-графа. Товарнинг нетто оғирлиги; 
44-графасида товарга тегишли ҳужжатлар; 
47-графасида ундириладиган божхона тўловлари (йиғим, бож, акциз ва ҚҚС 
ставкалари) ҳақидаги маълумотлар бир-бирига мос келиши назорат қилинади.
Товарга тегишли маълумотлар – товар кузатув ҳужжатларида (масалан: авиа 
ёки ж/д накладной, инвойс ёки счет фактура, сертификатлар (мувофиқлик, келиб 
чиқиш, ўз эхтиёжи учун ва бошқалар, сифат гувохномаси ва бошқалар) товарларни (код 
по ТНВЭД 2208) ёки Уйғунлашган Тизим (масалан ҲС - 2208) код рақамлари берилади. 
Ушбў ҳужжатлардаги маълумотлар БЮДнинг 31, 33, 44 - графаларидаги маълумотларга 
солиштирилади ва бў маълумотлар бир-бирига мос келиши назорат қилинади. 
ДБҚнинг 2010 йил 24 мартдаги «БЮДнинг 31-графасида маълумотларни тўлиқ 
киритилиши устидан назоратни кучайтириш тўғрисидаги 73-хфу-сонли бўйруғи 
талабларига биноан, товарлар ҳақидаги маълумотларни, яъни товар номи, техник 
тавсифи, модель рақами, тури, ўлчамлари, ГОСТи, параметрлари ва бошқалар БЮДнинг 
31-графасида тўлиқ кўрсатилганлиги назорат қилинади. Сабаби товарларни ТИФ ТН 
код рақами товарлар ҳақидаги тўлиқ маълумотларга боғлиқ. Товар ҳақида батафсил 
маълумотлар берилганда товарларнинг ТИФ ТН код рақамини тўғри аниқлаш имкони 
бўлади. 
 
 
43. УТ-2022 йилги вариантида қандай қўшимчалар киритилган ва булар 
қайси гуруҳларда жойлашган. 


Uyg‘unlashtirilgan Tizimning 2022 variantida 351 ta tovar pozitsiyasiga o‘zgarishlar 
kiritilgan, bular: 
Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va tamaki sanoati – 77 ta; 
Kimyo sanoati sohasida - 58 ta; 
Yog‘och sanoati – 31 ta;
To‘qimachilik sanoatida - 21 ta; 
Metallurgiya sanoatida - 27 ta; 
Mashinasozlik sanoatida – 63 ta;
Transportda – 22 ta; 
Boshqa sohalarda – 52 ta tovar pozitsiyalariga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritilgan. 
O‘rtacha har 5 yilda 220 dan 400 tagacha tuzatishlar ko‘rib chiqiladi va qabul qilinadi. 
Amaldagi nomenklatura, ya’ni 2017 yil nomenklaturasi bilan solishtirganda, 8 ta yangi tovar 
pozitsiyasi paydo bo‘ldi. Bular: 
0309 - Baliqdan qilingan mayda va yirik un va granula (Мука тонкого и грубого помола 
и гранулы из рыбы); 
2404 - Yangi tamaki mahsulotlari (Новые табачные изделия); 
3827 - GFU aralashmalari (Смеси ГФУ); 
8485 - 3D-printerlar (3D-принтеры); 
8524 - Yassi displey panelli modullar (Модули с плоской дисплейной панелю); 
8549 - Elektrotexnika va elektron mahsulotlarning chiqindilari va parchalari (Отходы и 
лом электротехнических и электронных изделий); 
8806 - Dronlar (Дроны); 
8807 - Uchish apparatlarining qismlari (Части летателных аппаратов); 
Chiqarilgan tovar pozitsiyalari: 
8107 - Кадмий; 
8803 - Uchish apparatlarining qismlari (Части летателных аппаратов); 
I bo‘lim: «Tirik hayvonlar, tirik hayvonlardan olinadigan mahsulotlar»; 
Tirik hayvonlar: go‘sht va go‘sht mahsulotlari, baliq va baliq mahsulotlari, sut 
mahsulotlari, tuxum, tabiiy asal va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari. 
II bo‘lim: «O‘simliklardan olinadigan mahsulotlar»;
Meva va sabzavotlar, sitrusli mevalar, kofe, choy, un mahsulotlari va ularning turlari.
III bo‘lim: «Yog‘lar, o‘simlik yoki hayvonlardan olingan yog‘lar, tayyor oziq-ovqat 
yog‘lari, ularning mahsulotlari»; 
IY bo‘lim: «Tayyor oziq-ovqat mahsulotlari, spirtli va spirtsiz ichimliklar, sirka, tamaki 
va tamaki mahsulotlari»; 
Tayyor go‘sht va baliq mahsulotlari, shakar va qandolat mahsulotlari, kakao va undan 
tayyorlangan mahsulotlar, boshoqli don va don mahsulotlari va ularning turlari, meva-
sabzavotlarni qayta ishlashdan hosil bo‘lgan mahsulotlar. Spirtli va spirtsiz ichimliklar va 
ularning turlari, sirka. 
Y bo‘lim: «Mineral mahsulotlar», organik va noorganik, farmasevtik moddalar; 
YI bo‘lim: «Kimyo sanoati va u bilan bog‘liq sanoat tarmoqlari mahsulotlari»;
Organik va noorganik moddalar, dori-darmonlar, mineral o‘g‘itlar, efir yog‘lari, bo‘yoq 
mahsulotlari, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari, portlovchi moddalar, foto va kino 
mahsulotlari va boshqa kimyoviy mahsulotlar.


YII bo‘lim: «Plastmassa va undan tayyorlangan buyumlar, kauchuk va rezinadan 
tayyorlangan mahsulotlar». 
YIII bo‘lim: «Charm xomashyosi, charm, tabiiy mo‘ynadan tayyorlangan mahsulotlar,
yo‘l anjomlari, ayollar sumkasi va boshqalar»;
IX bo‘lim: «Yog‘och-taxta va undan yasalgan buyumlar, poxoldan yasalgan buyumlar, 
savatlar va chiviqdan yasalgan boshqa buyumlar»;
X bo‘lim: «Taxta va sellyuloza tolasidan tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar» - 
qog‘oz, karton, kitob, gazeta va boshqa nashriyot mahsulotlari, 
XI bo‘lim: «Gazmol va to‘qimachilik buyumlari», ipak, jun, paxta va sun’iy tola 
gazlamalari; Sintetik tola, vata, gilamlar, trikotaj, qo‘lda to‘qilgan gazlamalar, kiyim-
kechaklar va boshqa tayyor kiyimlar. 
XII bo‘lim: «Poyabzal, bosh kiyim, zontlar, sun’iy gullar va inson sochidan tayyorlangan 
mahsulotlar va boshqalar»;
XIII bo‘lim: «Toshdan, gipsdan yasalgan buyumlar, gips, sement, keramika mahsulotlari,
oyna va uning mahsulotlari»;
XIY bo‘lim: Tabiiy, qimmatbaho yoki yarim qimmatbaho toshlar, qora va rangli metallar 
hamda ulardan tayyorlangan buyumlar; 
XY bo‘lim: Noqimmatbaho metallar va ularning mahsulotlari: Mis, nikel, aluminiy
qo‘rg‘oshin, ruh va ularning mahsulotlari. 
XYI bo‘lim: Mashinalar va ularning qismlari, elektrotexnika vositalari va ularning 
detallari, televizor va yozuv uskunalari; 
XYII bo‘lim: Transport vositalari va ularga yordamchi asbob-uskunalar, uchish 
apparatlari, kosmik apparatlar va ularning qismlari;
XYIII bo‘lim: Optik apparatlar, o‘lchov apparatlari, musiqa, tibbiyot asboblari va 
ularning qismlari, soatlar va ularning qismlari;
XIX bo‘lim: Qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar, ularning qismlari; 
XX bo‘lim: Har xil sanoat tayyor mahsulotlari; 
Mebellar va ularning qismlari, bolalar o‘yinchoqlari, sport inventarlari va ularning 
qismlari, boshqa tayyor mahsulotlar. 
XXI bo‘lim: San’at asarlari, antikvariat predmetlari. 
Shuni ham qayd etish joizki, UTN da turli bo‘limlar mavjud bo‘lib, tovarlar tabiiy yoki 
qayta ishlanish darajasi, kimyoviy tarkibi, tuzilishi va vazifalari bo‘yicha tasniflanadi hamda 
UT da quyidagi bo‘limlar tashkil etilgan: 
- tovar tayyorlanadigan tabiiy manba bo‘yicha (I, II, V bo‘limlar); 
I bo‘lim – «Tirik hayvonlar va ularning mahsulotlari»; 
II bo‘lim – «O‘simlik mahsulotlari»;
Y bo‘lim – «Mineral mahsulotlar»; 
- tovar tayyorlash uchun ishlatiladigan mahsulot va material turiga ko‘ra (VIII, IX, X, 
XIII, XIV, XV, XYI bo‘limlar): 
YIII bo‘lim – «Charm xom ashyosi, charm, mo‘yna, egar–jabduqlar, yo‘l anjomlari va 
boshqalar»;
IX bo‘lim – «Yog‘och-taxta va ulardan yasalgan buyumlar, poxoldan yasalgan buyumlar, 
savatlar va chiviqdan yasalgan boshqa buyumlar»;


X bo‘lim – «Taxta va sellyuloza tolasidan yarim tayyor mahsulotlar, qog‘oz va 
boshqalar»; 
XIII bo‘lim – «Toshdan, gipsdan yasalgan buyumlar, keramika mahsulotlari»;
XIY bo‘lim – «Qora va rangli metallar hamda ulardan tayyorlangan buyumlar»; 
XY bo‘lim – «Noqimmatbaho metallar va ularning mahsulotlari»: mis, nikel, aluminiy, 
qo‘rg‘oshin, ruh va uning mahsulotlari; 
XYI bo‘lim – «Mashinalar va ularning qismlari, elektrotexnika vositalari va ularning 
detallari, televizor va yozuv uskunalari»; 
- tovarlar ishlatiladigan soha va vazifasiga qarab (IV, XI, XII, XVII, XVIII, XIX, XX, 
XXI bo‘limlar); 
IY bo‘lim - «Tayyor oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar, tamaki»;
XI bo‘lim - «Gazmol va to‘qimachilik buyumlari»; 
XII bo‘lim - «Poyabzal, bosh kiyimlari va boshqalar»;
XYII bo‘lim - «Transport vositalari va ularga yordamchi asbob-uskunalar»;
XYIII bo‘lim - «Asboblar va apparatlar»;
XIX bo‘lim - «Qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar»; 
XX bo‘lim - «Har xil tayyor buyumlar»; 
XXI bo‘lim - «San’at asarlari»; 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling