Boqiy darbadar


Download 211.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/60
Sana26.11.2021
Hajmi211.72 Kb.
#177663
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   60
Bog'liq
Boqiy darbadar (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

25

Ulug‘ Tangri dunyoda hech narsani qoldirmaydi. Hatto qiyomat kelmasidan turib ham vodiyu 



tog‘larni, sahroyu qumlarni, shaharu qishloqlarni, madaniyatlaru tamaddunlarni, sayyoralaru 

yulduzlarni supurib tashlaydi. Eng qattiq va mustahkam ma’danlardan eng go‘zal va ko‘rkam 

chechaklargacha – hammasini tuproqqa qorishtiradi. Xalqlaru millatlarni, davlatlaru elatlarni ham 

to‘zonga aylantiradi.  

 

Bir kuni hamma narsa tub-tubidan o‘zgaradi. Yer yer bo‘lmay qoladi, osmon ham, tog‘u ummonlar 



ham, nabototu hayvonot ham, quyosh ham bo‘lmaydi. Barcha madaniyatlar, tamaddunlar, inson bolasi 

erishgan barcha yutuqlar xas-xashakka aylanib yo‘q bo‘lib ketadi. Haqiqatlar va sirlar pardalari 

ochiladi, ko‘klardan farishtalar tushib keladilar. U kunda biz boshqacha ko‘rinishda, boshqacha bir 

shaklda bo‘lamiz.  

 

Ana shu kunda men o‘z jonajon tuprog‘imda, o‘z jonajon millatim bilan birga bo‘lishni orzu 



qilaman. 

 

Menga yurt shu imonimni himoya qilishim, uni yot ta’sirlardan saqlay olishim, shoyadki Tangrim 



farzand ato etsa, uni aynan shu ruhda, aynan shu haqiqatlar bilan tarbiyalashim uchun kerak. Shu joyda 

Imon bilan Vatan degan narsalarning birlashganini ko‘raman. Zotan, ruh tanasiz bu dunyoda mavjud 

bo‘la olmaganiday, imon ham Vatansiz mavjud bo‘la olmasligini ko‘raman. 

 

Vatanim deya jon taslim qilganlar, «Ey Vatan» deya dengizday to‘lqinlangan xalqlar, dushman 



tajovuzi ostida «Vatan» deya qirilib ketgan minglab insonlar taqdirida shularni ko‘raman: ular bir 

parcha tuproq uchun emas, bu tuproqlarda ungan dov-daraxtlaru bag‘ridagi ma’danlar uchun emas – 

aynan shu – imonining va millat ruhining qo‘rg‘oni bo‘lgani uchun ham jon taslim qilganlar, deb 

o‘ylayman... 

 

 

* * * 



Mening nazarimda, bu tuproqlar o‘zining sirlarini hammaga ham ochavermaydigandek tuyuladi. 

 

Johillarning ko‘ziga kichkina pastak hujralaru qum bosgan sho‘rxok hovlidan boshqa narsa 



ko‘rinmaydi. Shu kichkina hujrada shu xalqning bitta bolasi o‘z tafakkuri bilan fazoni qamraganini 

tasavvur qilishi mahol. 

 

Butun dunyo mahdudlik qorong‘iligida ekan, cho‘lu biyobondagi kishilarning aql kuchi nima 



sababdan bunchalar kuchli ekaniga hayratlanaman. 

 

Avvallari jangu jadallar va shaharlar tarixiga qiziqqan bo‘lsam, endilikda ulardan ham yuksakdagi 



tafakkur tarixi meni o‘ziga tortmoqda. Dunyoviy ilmu fan tadqiqotlaridan boshlanib samoviy 

ilmlargacha qamrab olgan o‘sha so‘qmoqlarda davom etmoqchiman.  

 

Menimcha, bu aytganim ham ma’naviy bir mamlakatdir. Shunday bir mamlakatki, hech kim u 



yerga hech qanday qo‘shin bilan kirib kelolmaydi. Kirib kelsa ham, saraton haroratida cho‘g‘da 

bozillab turgan qumg‘onu pastak loysuvoq uydan boshqa narsani ko‘rmaydi. Chunki, hamma yerda 

ko‘zga ko‘rinmas Iskandar devori bor. Uning ortidagi fozillar shahri, undagi nafis majlislar faqat shu 

yerda o‘sib-ungan, shu madaniyat bulog‘idan qongan odamgagina namoyon bo‘ladi. 

 



Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

 

 




Download 211.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling