Boqiy darbadar
Download 211.72 Kb. Pdf ko'rish
|
Boqiy darbadar (roman)
www.ziyouz.com kutubxonasi
27 Butun shu tarixning ruhimda jo‘sh urishini, tomirimda qon bo‘lib oqishini, yuragimni, hujayralarimni ana shu qon to‘ldirishini xohlayman.
Otajon, bu bilimlarni egallab, o‘sha bilimlar sari chuqur ketmoqchi emasman, balki shularning hammasini o‘rganib, yana millatimga va vatanimga xizmat qilmoqchiman. Zero, o‘zingiz bolaligimdan kulog‘imga quyganingizday, to yorug‘ dunyoda ekanman, quvonchimu armonlarimni, baxtu saodatimni shu aziz xalqimu millatim bilan, ko‘zimni ochganimdan beri amal qilib kelayotganim tutumlariyu urf odatlari, odobiyu tarbiyasi bilan bitta menga emas, butun olamga minglab darslar bergan mana shu oddiy va samimiy kishilar bilan baham ko‘rib, ularga xokisorlik bilan bosh egmoqchiman, duolarini olmoqchiman. Muborak zotlar erishgan hikmat qopqalari xalqimning duosiyu Tangrimning mustajobi tufayli ochilishiga aminman.
Chuqur o‘ylab ko‘rsam, ildizlar degan gapning ma’nisiga aqlim yetayotganday. Nazarimda dilimning ildizlari shu yer osti buloqlariga bog‘lab qo‘yilganday, uzilsa quriydigandek.
Siz imkoningiz bo‘lsa yoz oylarida kelishingizni aytgan edingiz. Hozircha yozni intiqlik bilan kutyapman. Kelganingizda fursat topsangiz, dilimda o‘ylab yurgan gaplarimni sizga to‘kib solsam... agar xato qilayotgan bo‘lsam, otalik va murabbiylik marhamatingiz bilan to‘g‘ri yo‘llarni ko‘rsatsangiz, mabodo o‘ylarim ma’qul bo‘lsa, menga oq fotiha bersangizu duoingizni olsam, deb intizorman...
Download 211.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling