Boqiy darbadar
Download 211.72 Kb. Pdf ko'rish
|
Boqiy darbadar (roman)
TIMSOLLAR CHARXPALAGI
Professor Ziyo kompyuterni o‘chirib, uzoq o‘yga toldi. Yuragi unga o‘g‘lining haq ekanini, butun olam ilgarilab borayotgan turli-tuman yo‘llar orasida o‘g‘lining tutgan yo‘li aniqroq va haqiqatga yaqinroq ekanini sezdirib turardi.
Kimlardir «inson bolasiga butun yer yuzi vatan qilib berilgan, istagan joyida yashasin, istagan joyiga borsin», deb ayyuhannos solayotgan bo‘lsa, o‘g‘il, inson bolasi vatansiz ahamiyat kasb etolmasligini bildirmoqda edi.
Boshqa kimlardir: «qaerda yashash qulay bo‘lsa o‘sha yerga borib yashash kerak», deb da’vo qilsa, o‘g‘il, tushunchalarning va ruhning o‘sha yer odamlari ichiga singib yo‘q bo‘lib ketishi xavfini ham anglagan edi.
Biroq, ne ajabki, muqaddas tushunchalar ham turli-tuman bo‘laklarga bo‘lib tashlangan edi! Butun olam muvozanat ichida bo‘lgandagina hamma narsa qadr-qimmat kasb etar, muvozanat buzilganida qadr-qimmatlar ham o‘zgarib ketmoqdaydi.
Darhaqiqat, odam bolasi dunyoga kelib o‘sib-unadi, yeydi-ichadi, ayyuhannos soladi, kibru havoga, g‘ururga ketadi, lekin bir kuni qarabsizki, butun dunyoni alg‘ov-dalg‘ov qilaman degan odam hayot sahnasidan sekingina, mute’gina bo‘lib chetga chiqadi, supuriladi. Bir kuni qarasangiz, to‘plagan butun sarvatlariyu mulklari uning vujudida o‘sa boshlagan bittagina begona hujayra qarshisida ojiz, o‘zi ham o‘sha xastalik changalida mo‘ltirab yotgan bo‘ladi. Tuzalishga hech qanday umid yo‘q, dunyoning to‘rt burchida millionlab sog‘lom kishilar hayot zavqini surayotgan bir mahalda bu odam qo‘rquv va dahshat ichra joni halak: mabodo... umr tugagan bo‘lsa-ya? |
ma'muriyatiga murojaat qiling