Бошқарув қобилиятини шакллантириш
Бошқарувдаги муаммоларни бартараф этиш йўллари
Download 0.49 Mb.
|
BKSH javoblar hammasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nizolarni hal qilishning shaxslararo usullariga
32.Бошқарувдаги муаммоларни бартараф этиш йўллари.
Nizolarni hal qilishning tarkibiy usullari quyidagilardan iborat: ishga bo’lgan talablarni tushuntirib berish. Har bir xodim va guruhga ularni qanday natijalar kutilayotganligini, axborotlarni kimlar taqdim etishi va kimlar qabul qilishi, vakolatlar va ma’suliyatlar tizimi qanday bo’lishi kerakligini tushuntirish; vakolatlar (vazifalar)ni nizolashuvchi bo’linmalar orasida tegishli qoidalarga muvofiq to’la, asoslangan va mustahkamlangan holda taqsimlanishi; nizolashuvchi bo’linmalar uchun maxsus muvofiqlashtiruvchi va integratsiyalovchi mexanizmlardan foydalanish. Vakolatlar iyerarxiyasini o’rnatish odamlarning o’zaro hamkorligini tartibga solishga imkon beradi. Nizolarni boshqarishda xizmat guruhlari (maqsadiy guruhlar, kengashlar), bilimlari, xodimlar o’rtasida aloqani amalga oshiruvchi xizmatlar muhim rol o’ynaydilar; tashkilotning majmuaviy maqsadlarni belgilash. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun ikki yoki ko’proq xodimlar yoki bo’limlarning birgalikda harakat qilishi talab qilinadi. Masalan, agar savdo bo’limining uchta sektori bir birlari bilan nizolashsalar, unda bo’lim uchun umumiy maqsadlarni shakllantirish kerak. Umuman korxona uchun aniq shakllangan maqsadlarni shunday tartibda belgilanishi bo’limlar rahbarlari faqat o’zlarining bo’limlarini emas, balki korxonaning maqsadlariga erishish uchun zarur bo’lgan qarorlarni qabul qilishlariga yordam beradi; tashkilot boshqaruvining tashkiliy tuzilmasini o’zgartirish, bo’linmalarni nizoni to’xtatish maqsadida bo’lish yoki qo’shib yuborish; mukofotlash tizimidan foydalanish. Umumiy tashkiliy maqsadlarga erishishga o’z ulushini qo’shayotgan, boshqa guruhlarga yordam berayotgan va muammolarni hal qilishga majmuaviy yondashuvga harakat qilayotgan xodimlar va bo’linmalar mukofotlanishlari kerak. Shuning bilan bir vaqtda mukofotlash tizimi alohida shaxslar va guruhlarning noma’qul hulqini rag’batlantirmasligi kerak. Nizolarni hal qilishning shaxslararo usullariga quyidagilar kiradi: bosh tortish usuli. Rahbar ziddiyatlarni vujudga kelishiga sabab bo’luvchi nizoli vaziyatlarga tushib qolmaslikka, oqibati kelishmovchiliklarni keltirib chiqaruvchi masalalarni muhokama qilmaslikka harakat qiladi; silliqlash usuli. Rahbar hamkorining ehtiyojiga murojaat qilib, nizoli vaziyatdan qochishga harakat qiladi. Afsuski, bu usulda ko’pincha nizoning asosida yotgan muammo esdan chiqariladi, muammo hal etilmay qoladi. Tuyg’u namoyon bo’lmaydi, ammo yig’ila boradi. Piravordida portlash sodir bo’lishi ehtimoli o’sadi; ishontirish usuli; majbur qilish usuli. rahbar o’z nuqtai nazarini majburan qabul qilinishi uchun hukmronlikdan foydalanadi. Quyidagilar ushbu usulning kamchiliklari hisoblanadi: qo’l ostidagilarning tashabbusini bo’g’ish, faqat bitta nuqtai nazar taqdim etilganligi sababli, qolgan muhim omillar hisobga olinmasligi ehtimoli oshadi; murosaga kelish usuli, ya’ni boshqa nuqtai nazarni qabul qilinishi. Ushbu usul boshqaruv vaziyatlarida yuqori baholanadi, chunki yomon niyatlilikni kamaytiradi va nizoni tez hal qilish imkonini beradi. Ammo, muhim muammoni hal qilish munosabati bilan vujudga kelgan nizoning boshlang’ich bosqichida murosadan foydalanish, muqobillarni qidirib topishga halaqit berishi mumkin. muammoni hal qilish usuli. Bu usuldan foydalanayotgan rahbar nizoli vaziyatni hal qilishning eng yaxshi variantini topishga harakat qiladi. Tadqiqotlar nizoli vaziyatlarni boshqarishga ushbu yondoshuvning yuqori samaradorligini tasdiqlaganlar. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling