Бошқарув қобилиятини шакллантириш
Бошқарув қарорларини қабул қилиш ва амалга оширишнинг асосий босқичлари қандай
Download 0.49 Mb.
|
BKSH javoblar hammasi
35. Бошқарув қарорларини қабул қилиш ва амалга оширишнинг асосий босқичлари қандай
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rahbarlar qabul qiladigan qarorlarning ahamiyati ortib bormoqda. Shuning uchun boshqarish san’atida yuqori yutuqlarga erishmoqchi bo’lgan har bir inson boshqaruv qarorlarining mohiyatini chuqur o’rganishi zarur. Iqtisodchilarning fikriga ko’ra, sex (bo’lim) boshlig’i qabul qiladigan bitta oqilona qaror taxminan bir ishchining oylik mehnatiga foyda keltirar ekan. Oqilona qarorni qabul qilish bir necha omillarga bog’liq. Ulardan asosiylari quyidagilardir: qaror qabul qilish jarayonida axborotning to’laligi va uning sifati; qaror qabul qiluvchi rahbarning shaxsiy sifati; qaror qabul qilishda tashkiliy masalalarning oqilona yechilish darajasi (masalan, qaror qabul qilishda mutaxassislarni jalb etish, qaror qabul qilish tizimining takomillik darajasi, ularni ijrochilarga yetkazish, nazorat hamda bajarilish darajasi va h.k.). Har qanday rahbar qaror qabul qilish jarayonini amaliyotda qo’llab, uning samarasini sezmasdan iloji yo’q. Axborotni uzatish qobiliyati singari qarorlarni qabul qilish xususiyati ham bu - o’zlashtiriladigan qobiliyat bo’lib, u tajribalar asosida shakllanadi va rivojlanadi. Ammo boshqarish jarayonida qarorlarni qabul qilish tartibga solingan jarayon bo’lib, u shu xususiyati bilan kundalik hayotda qabul qilinadigan qarorlardan farq qiladi. Shaxsning qabul qilgan qarori hammadan avval o’zining shaxiy hayotiga ta’sir qiladi, juda bo’lsa, shaxs bilan bog’liq bo’lgan juda kam kishilarni faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin. Menejer esa, qaror qabul qilganda faqat o’ziga qaratilgan ta’sirlarni yoki harakatni o’ylamasdan, balki uni tashkilotga va ko’p sonli xodimlarga bo’ladigan ta’sirini o’ylab qabul qiladi. Yanada muhimrog’i, bunda boshqarish qarorlari muassasadagi ko’p sonli xodimlarning hayotiga keskin ta’sir qiladi, ammo boshqarish qarorlarini qabul qilishda bevosita qatnashgan har bir odamga alohida olganda kamroq ta’sir qiladi. Qarorlarni har bir rahbar o’z nuqtai nazaridan yaxshi faoliyat yuritishni hisobga olgan holda qabul qiladi. Bir xil masalalarni echish uchun rahbarlar har xil qarorlar qabul qilishi mumkin. Boshqarish jarayonidagi oxirgi bosqich – bu qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilishdir. Nazorat – bu qayta (javob) aloqa shakli hisoblanib, yuqori boshqaruv organi tomonidan chiqarilgan buyruq, farmoyish va belgilangan rejalarning joylarida bajarilish darajasi to’g’risidagi ma’lumotni aniqlash usulidir. Haqiqiy holatni bilmasdan va dalillarni tekshirmasdan turib, to’g’ri va oqilona rahbarlik qilib bo’lmaydi. Rahbar qabul qilinadigan qarorlarning tashabbuskori bo’lganligi sababli, u shu qarorlarni bajarilishi ustidan nazoratni tashkil qilishni ham tashabbuskori bo’lishi kerak. Qarorlarning ijro etilishini nazorat qilmaydigan rahbar faqat o’zi ishlayotgan korxonaga emas, balki boshqa tashkilot va muassasalarga ham zarar yetkazishi mumkin. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling