Бошланғич математикани чуқур ўрганиш давлат стандарти
-variant (o‘rtacha daraja)
Download 210.78 Kb.
|
Бошлан ич математикани чу ур ўрганиш давлат стандарти
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quvchi quyidagilarni bajarishi mumkin
2-variant (o‘rtacha daraja)
O‘quvchi bilishi zarur: — ko‘p xonali sonlarni o‘qish, yozish va taqqoslash; — o‘rganilgan usullarni qo‘llab og‘zaki hisoblashni bajarish; — yozma xisoblash usullarini qo‘llab, ko‘p xonali sonlar bilan to‘rt arifmetik amallarni bajarish, shuningdek, million ichida bir xonali va ikki xonali sonlarga ko‘paytirish va bo‘lishni; — «... ta kam», «... marta kam», «... ta ortiq», «... marta ortiq» munosabatlarni farqlay olish bu munosabatlarni o‘z ichiga olgan masalalarni yechish; — ko‘pburchakning yuzini va perimetrini farqlash; ko‘pburchakning yuzini va perimetrini hisoblash va natijalarini yozish; — uzunlik o‘lchov birliklari orasidagi munosabatlarni bilish: 1 km = 1000 m, 1 m = 100 sm, 1 m = 10 dm, 1 dm = 10 sm, 1 sm = 10 mm; massa o‘lchov birliklari: 1 kg = 1000 g, 1 t = 1000 kg; vaqt o‘lchov birliklarini: 1 min = 60 sek, 1 soat = 60 min, 1 sutka = 24 soat, 1 yil = 12 oy. — har xil turdagi arifmetik masalalarni yechish (jumladan, tovarning bahosi, soni va qiymati orasidagi, to‘g‘ri chiziqli tekis harakatda tezlik, vaqt va masofa orasidagi bog‘lanishlarni o‘z ichiga olgan masalalarni yechish); geometrik shakllarni farqlash (kesma va nur, doira va aylana, ko‘pburchaklar); O‘quvchi quyidagilarni bajarishi mumkin: — ko‘p xonali sonning sinflari va xonalarini aytish, shu jumladan, bir million ichidagi ko‘p xonali sonlarni o‘qish va yozish; — ko‘p xonali sonni uch xonali songa ko‘paytirish va bo‘lishni yozma hisoblash usullaridan foydalanib bajarish; — arifmetik amallarning xossalarini ifodalashi, ularni xisoblashlarda qo‘llanishi, umumiy xossalarga ega bo‘lgan arifmetik amallarga misollar keltirish; ikki-uch o‘zgaruvchili (qavsli va qavssiz) sonli ifodalarning qiymatlarini bu o‘zgaruvchilarning berilgan qiymatlari qatorida hisoblash; — hajm birliklarini va ularning belgilanishlari: sm3, dm3, m3 ni bilish; — to‘g‘ri burchakli parallelepipedning (kubning) hajmini hisoblash; — o‘lchashlar aniqligi haqida tasavvurlarga ega bo‘lish; — masshtabning har xil turlari haqida tasavvurga ega bo‘lish va ulardan amaliyotda foydalanish; — «A va V», «Agar A bo‘lsa, unda V», «A yoki V» mulohazalarning rostligini aniqlash; — o‘rganilgan munosabatlar qaysilari refleksivlik, tranzitivlik va simmetriklik xossalarga egaligini tekshirish; munosabatlar grafida bu xossalar qanday aks etishini; — burchak kattaligini graduslarda o‘lchash va transportir yordamida berilgan kattalikdagi burchak chizish; — burchak turlari va uchburchak turlarini farqlash; — chizg‘ich va transportir yordamida to‘g‘ri burchak (kvadrat) chizish; — koordinata burchagi berilgan koordinatali nuqtani belgilash; — ko‘pyoq va ko‘pburchak orasidagi farqni tushungan, ko‘pyoqning elementlari; uchi, qirrasi, yog‘ini farqlash: ularni ko‘pyoq modelida ko‘rsatish; — chizg‘ich va sirkul yordamida quyidagi yasashlarni bajarish: kesmani teng ikki qismga bo‘lish; nurda kesma qo‘yish, berilgan elementlariga ko‘ra uchburchakni chizish: Download 210.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling