Boshlang’ich sinflarda alohida ta’lim ehtiyojlariga EGA o‘quvchilarni birga
Yengil darajadagi aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolalar inklyuziv
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Boshlang 5 MODUL
Yengil darajadagi aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolalar inklyuziv
ta’limida sinflarni va dars jarayonini moslashtirish. 1. Aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolalar diqqatini tarqaqligini hisobga olib partada ortiqcha narsalar bo‘lmasligi kerak; 2. Aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolalar tez charchab qolishini hisobga olgan holda, ular harakatda bo‘lish imkonini beruvchi topshiriqlar berib turish («daftarlarni yig‘», «doskani tozala» kabi); 3. Har bir darsda jismoniy daqiqa o‘tkazishni unutmaslik; 4. Sinfda yetakchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan o‘quvchini aniqlab, «sinf boshqaruvchisi» (imkoniyati cheklangan o‘quvchi) etib tayinlash (bu o‘quvchidan o‘qituvchi aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bola bilan ishlayotganda ko‘proq foydalanadi); 5. Aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolalarni sinfdagi eng a’lochi o‘quvchi bilan birga o‘tqazish; 6. Darsda asosiy ko‘rgazmallikka foydalanish; 7. Aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolaga topshiriqlarni qismlarga bo‘lib berish; 8. Bolani rag‘batlantirishni unutmaslik; 9. Usullarning xilma – xilligidan doimiy ravishda foydalanish; 10. O‘yin metodlariga maksimal darajada tayanish; 11. Bola topshiriqni bajarayotganda unga qo‘shimcha yoki amaliy ko‘rsatma ham berish; 12. Sinf jamoasiga aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolaning ham hissasi qo‘shiladigan topshiriqlar berish; 13. Doimiy ravishda aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolani nazorat ostiga olish. Sinf va guruhlarda inklyuziv ta’lim tushunchasini rivojlantirish. Bolalar ongida irqchilik, nog‘ironlik hamda imkoniyatlar kengligi xususida to‘g‘ri tushunchalarni shakllantirish inklyuziv ta’limning samaradorligini oshirishda juda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Noto‘g‘ri tushunchalarning mavjudligi sababli imkoniyati cheklangan bolalar xaqorat va masxaralanishiga duchor bo‘lmoqdalar. Bundan ham ayanchlisi shu kabi salbiy munosabatdagi xulq-atvorni ayrim o‘qituvchilarning e’tiborsiz qoldirayotganligidir. Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish uchun ham barcha maktablarda hamma bolalar uchun teng huquqli, sevimli, do‘stona iliq munosabatdagi muhitni yaratish lozim. Pedagoglar barcha sinflarda bolalar o‘z hayotlari va his tuyg‘ularini muhokama qila oladigan o‘zoro qo‘llab – quvvtlovchi va ham jihatlikdagi ijobiy muhitni yaratishga yordam berishlari lozim; - o‘quvchilar ongiga nogironlik – alohidalik emas, balki kamchilikni majudligi natijasida imkoniyatlar chegaralanganligini tushuntira bilish lozim. Pedagoglar ayrim holatlarda stereotiplarni qo‘llashdan qochishlari va tashabbuslari qo‘llashdan keyin ham bolalar oldida sharxlamasliklari lozim. Ular bolalarga nima uchun laqab qo‘yish, masxara qilish, salbiy munosabatlarni yuzaga keltirishini tushuntirib berishlari va bunga yo‘l qo‘ymasliklari talab etiladi. Zarur bo‘lgan holatlarda imkoniyati cheklangan bolalarda ayrim o‘quvchilar tamonidan biliralayotgan salbiy munosabatlarni butun sinf bilan muhokama qilish o‘rinli hisoblanadi. Ijobiy natijaga erishish uchun oxirgacha kurashish lozim. Har bir muhokama bolalarning yutuqlarining uning avvalgi yutuqlariga salishtirib, qayd etib, takidlab borish muhimdir. o‘quvchilar bilan turli xildagi va psixologik testlar o‘tkazishda bolaning irqiga, ijtimoiy kelib chiqishiga, jinsi va nogironlikka oid savollarni bermaslik ayni muddao. O‘qituvchilar ishlarini va ularning yutuqlarini barcha sohalarida maktab va maktabdan tashqari ishlarda namoyish qilib borish kerak. Darslarga materiallar tayyorlashda imkoniyati cheklangan bolaning ijod namunalarini ham qo‘llash juda samara beradi. Kitob, plakatlar va dasturlarni qo‘llayotib, shunga ishonch hosil qilish kerakki,ular inklyuziv ta’limga mos kelishi kerak. Maktablar ochiq bo‘lishi, o‘quvchilar, ota-onalar va pedagoglar muloqat qila bilishi kerak. Aravacha yuradigan yoki xassa va boshka moslamalar orqali harakatlanuvchi bolalar uchun sinfdagi harakatlanish joylarini yetarli ekanligiga ishonch qilish uchun quyidagilarga e’tibor bering: - Qo‘rish va eshitish qiyinchiliklariga ega bolalar gilam va partalar orasida butun sinf faoliyatida ishtirok eta oladigan tarzda o‘tirganlariga ishonch hosil qiling. - Ta’lim olishda kiyinchilikka uchraydigan va bunda ta’lim olish imkoniyatlarini qo‘llay olishlariga ishonch hosil qiling. - Turli xil tibbiy muammolarga ega bolalarning ayrimlari tez-tez ovqatlanish, suyuqlik imkoniyati cheklanganish yoki boshkalarga qaraganda ko‘prok borish ehtiyojiga ega bo‘ladilar. - Bunday bolalar o‘zlarini noqulay his etmasliklari uchun zarur shart-sharoitlarini yaratishga e’tibor qarating. - Uzoq muddat tik tura olmaydigan bolalar ham e’tibordan chetda qoldirmang. - Agar bolaga diqqatni jamlash yoki ko‘rinmas yashirish (autizim yoki giperfaollik natijasida diqqatning yetishmasligi) natijasida tinch o‘tirishga qiynalsa, boshqa o‘quvchilar aytilgan vazifalar bilan mashg‘ulot bo‘lsalar ham diqqati tarqoq o‘quvchilarning bir nafas dam olishlariga imkon bering. Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktablarida tayyorlov guruh va Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling