Boshlang’ich sinflarda alohida ta’lim ehtiyojlariga EGA o‘quvchilarni birga


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/21
Sana15.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1776450
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Boshlang 5 MODUL

birinchi sinflarida 35 daqiqa va boshqa sinflarda 45 daqiqadan darslar olib 
boriladi. Imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlar bilimlari ularning shaxsiy 
xususiyatlari va qobiliyatlariga asoslangan holda belgilangan tartibda baholanadi.
Ta’lim jarayonida zamonaviy umumdidaktik tamoyillar bilan bir qatorda maxsus 
tamoyillar ham e’tiborga olinadi. Korreksion ta’lim o‘quvchilarning ehtiyojlariga 
ko‘ra tabaqalashtirilgan holda tashkil etiladi. Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan 
umumta’lim maktabiga o‘quvchilar ota-onalarning arizasi hamda «Tibbiy-psixologo-
pedagogik komissiya»lari xulosalariasosida qabul qilinadi va ta’lim muassasalari 
rahbarlari bo‘yrug‘i bilan tasdiqlanadi. Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan 
umumta’lim maktabidagi sinflarida integratsiya qilingan o‘quvchilar soni 2-4 
nafardan oshirilmaydi hamda o‘quvchilar umumiy soni 30 nafargacha deb belgilanadi. 
Shuningdek, mazkur Nizomda inklyuziv ta’lim ishtirokchilari, inklyuziv ta’lim 
mutaxassislarining ota-onalar yoki boshqa qonuniy vakillar bilan hamkorligi, xalqaro 
hamkorlikda qatnashish xususiyatlari batafsil bayon etilgan.
Imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim tizimida ta’lim olishini yanada 
takomillashtirish, amaliyotda uchraydigan muammolarning yechimlarini davlat va 
nodavlat tashkilotlar hamkorligida hal qilish masalalari yuzasidan quyidagi tavsiyalar 
ishlab chiqildi:
– korreksion ta’lim strukturasini sifat jihatdan yangilash;
– respublikaning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini hisobga olgan holda bosqichma-
bosqich to‘liq integratsiyasiga amal qilish;


– umumta’lim tizimida ta’lim olayotgan maxsus ehtiyojli bolalar uchun zaruriy 
moddiy texnik ba’zani yaratish;
– inklyuziv ta’limni tashabbuskorlik, mehr-muruvvat tarzida tashkil etish;
– maktabning ish faoliyatiga inklyuziv ta’limni amalga oshirish borasida o‘zgarishlar 
kiritish;
– umumta’lim muassasa pedagoglarini inklyuziv ta’lim bo‘yicha qayta tayyorlash; 
– barcha pedagogika oliygohlarida va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida korreksion 
pedagogik kurslarni kiritilishi;
– umumta’lim, maxsus maktab pedagoglari, ota-onalar uchun o‘quv-metodik va ilmiy 
ommabop, ixcham turdagi o‘quv adabiyotlar va individual dasturlar yaratish;
– nogiron bolani ilk yoshidan tashxis qilish va korreksion pedagogik yordam berish;
– imkoniyati cheklangan bolalarni umumta’lim tizimida umumiy va korreksion ta’lim 
olishini ilmiy asoslari, standart talablar, o‘quv-metodik majmualarni yaratish va 
ta’minlash; 
– kasb-hunarga o‘rgatish, reabilitatsiya qilish va bu ishda oilani bevosita ishtirokini 
ta’minlash kabi bir qator dolzarb masalalarni kelajakda keng qamrovli bajarish uchun 
davlat tasarrufida muvofiqlashtiruvchi ilmiy-pedagogik resurs markazi, boshqarma, 
ilmiy laboratoriyalar tashkil qilish kabi tashkiliy, ilmiy-uslubiy, amaliy ishlarni 
bajarish inklyuziv ta’limni joriy qilish muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Imkoniyatlari 
cheklangan bolalarning, maxsus maktab, maktabgacha muassasalar bo‘lsin, yo 
umumta’lim muassasalari qoshidagi sinf yoki guruhlar bo‘lsin, hoh uyda ta’lim olish 
bo‘lsin, o‘qitishning barcha shakllari, ta’lim sohasiga jalb qilinishi ma’lum jihatdan 
integratsiya jarayoni hisoblanadi, chunki o‘qish davrida va undan keyin ham bu 
bolalar boshqa bolalar, shu jumladan umumta’lim muassasalarda ta’lim olayotgan
bolalar bilan o‘zaro muloqotda bo‘ladilar, ularning ijtimoiy moslashuvi va jamiyatga 
uyg‘unlashuvi ta’minlanadi. Biroq, ta’lim olish uchun mos shart-sharoitlarni tanlash 
har bir bolaning va ota-onasinig huquqi hisoblanadi. Psixologik-tibbiy-pedagogik 
komissiya mutaxassislari zimmasiga bolaning ruhiy-jismoniy holatini o‘rganish va 
tashxis qilish vazifasi yuklangan bo‘lib, bolani har tomonlama tekshirish natijasida 
bolalarni o‘qitish va ularga mos keladigan ta’lim sharoitini aniqlashga doir tavsiyalar 
beriladi.
Shunday qilib, o‘ziga xos ehtiyojlari bo‘lgan bolaning umumta’lim sohasiga samarali 
jalb qilinishi uchun qo‘yidagilar zarur: 
–bolaning rivojlanishida ijobiy natijalarga erishishga imkon beradigan korreksion 
tadbirlarni erta yoshdan boshlash


–umumiy ta’limga jalb qilingan har bir bola uchun tibbiy-psixologik-pedagogik 
kuzatuvni, ya’ni mutaxassislarning doimiy yordamini tashkil etish;
–ruhiy-jismoniy rivojlanishi va ta’lim ehtiyojlaridan kelib chiqib, imkoniyatlari 
cheklangan har bir bolaning sog‘lom bolalar bilan birgalikda tarbiya va ta’lim 
olishining zarur shakllarini tanlashni ta’minlash;

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling