Boshlang`ich sinflarda matematika fanining o`qitish jarayonida induksiya
Download 194.5 Kb.
|
Yaxshiboyev Hayitmurod kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uddalay olishi kerak
- Kundalik hayoti va amaliy faoliyatida egallagan bilim va malakalarini quyidagi hollarda qo‘llay olishni. Bilishi kerak
- II BOB . INDUKSIYA, DEDUKSIYA VA ANALOGIYA USULLARINING BOSHLANG‘ICH TA’LIM AMALIYOTIGA TATBIQI. II 1. MASALALARNING O‘QUVCHILAR BILIM OLISHIDAGI AHAMIYATI.
Geometrik shakllar. Geometrik shakllarni o‘lchash Geometrik shakllarni o‘rganish natijasida o‘quvchi quyidagilarni:
Bilishi kerak: - rasmlarda kesma, uchburchak, to‘rtburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak va kvadratlar, ko‘pburchak va aylanani tanishni; - atrof-muhitdagi geometrik shakllarni tanish va topa olishni; - uzunlik o‘lchov birliklari (mm, sm, dm, m, km) orasidagi asosiy nisbatlarni bilish, zarur hollarda ulardan qaysi birini qo‘llash maqsadga muvofiqligini tushunish, yuz o‘lchov birliklari (kv, sm, kv, dm, m)ni. Uddalay olishi kerak: - kesma uzunligini o‘lchash, berilgan uzunlikdagi kesmani yasash, kesma uzunligini ko‘z bilan chamalab o‘lchashni; - chizg‘ich, sirkuldan foydalanib, to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, uchburchak va aylanalar yasashni; - ko’pburchak perimetrini, to’g’ri to’rtburchak yuzini va kvadrat birliklardan tuzilgan shakllarning yuzini hisoblashni; - masalalar yechishda o’rgatilgan geometrik jismlarning hajmlarini hisoblashni; - bir xil maxrajli oddiy kasrlarni qo’shish va ayira olish hamda bu malakalarni masalalar yechishda qo’llay olishni. Kundalik hayoti va amaliy faoliyatida egallagan bilim va malakalarini quyidagi hollarda qo‘llay olishni. Bilishi kerak: - atrof muhitda mo‘ljal ola bilish (marshrutni rejalashtirish, harakat yo‘lini tanlay olish va h.k.)ni; - taqqoslash va turli alomatlari: uzunligi, yuzi, massasi sig’imiga ko‘ra tartibga sola olishni; - soatga qarab vaqtni aniqlash (soat va minutlarda)ni; - maishiy-hayotiy vaziyatlar (savdo-sotiq, o‘lchash, tortish va h.k.) bilan bog‘liq hisoblashga doir masalalarni yechish; - o‘lchamlarni ko‘zda “chamalab’’ baholash; - mustaqil konstruktorlik faoliyati (turli-tuman geometrik shakllarni qo‘llanish imkoniyatlarini hisobga olgan holda). II BOB. INDUKSIYA, DEDUKSIYA VA ANALOGIYA USULLARINING BOSHLANG‘ICH TA’LIM AMALIYOTIGA TATBIQI. II 1. MASALALARNING O‘QUVCHILAR BILIM OLISHIDAGI AHAMIYATI. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini har tomonlama rivojlantirish pedagogik jarayonning asosiy tarkibiy qismidir. O‘quvchilarga ularning qobiliyatlarini namoyon qilishga imkon berish, mustaqilligini va ijodiy potinsialini rivojlantirish boshlang‘ich maktabning asosiy vazifasidir. Bu masalalarni muvofaqiyatli hal qilish uchun ko‘p tomondan o‘quvchilarda bilim olishga bo‘lgan qiziqishning shakllantirilganligiga bog‘liq. O‘quvchilarning bilim olishga qiziqishlarini rivojlantirishda tafakkur asosiy rol o‘ynaydi. Tafakkur bilan bir vaqtda va uning bilan bog‘liq ravishda barcha bilim olish jarayonlari rivojlanadi. Tafakkurning rivojlanishi bilan birgalikda “fikran, sodda ishlarni rejalashtirish”, o‘zining harakatlarini baholash xususiyatlari rivojlana boradi. Matematika tafakkurni rivojlantirish uchun asosiy zamin bo‘lib xizmat qiladi. Tafakkurni rivojlantirishning konkret usullari mavjud emas. Biz o‘quvchilar tafakkurini umuman o‘stiramiz, matematika o‘rgatish va h.k lar orqali. Dastlabki matematik bilimlarni o‘quvchilar o‘zlarining oldingi bilimlariga mos ravishda bir-biri bilan bog‘liq holda o‘zlashtiradilar. Bunda ular tafakkurning ular bilimlarga mos darajasidagi amallari: analiz, sentiz, taqqoslash, abstraktlashtirish, konkretlashtirish, induksiya va deduksiyadan foydalanishadi, mulohazalar yuritishadi. Matematik bilimlarni o‘zlashtirish o‘quvchilarning fikrlashini rivojlantiradi. Tafakkur amallarini bilib olish esa o‘z navbatida yangi bilimlarni o‘zlashtirishni yengillashtiradi. Real dunyo predmetlari va hodisalarni o‘rganish uchun biz ularni xayolan (fikran) kichik qismlarga ajratamiz, ya’ni analiz qilamiz; qismlar yoki predmetlar va hodisalar orasidagi bog‘lanishni o‘rganamiz, ya’ni sentiz qilamiz. Tafakkurning bu amallari o‘zaro bog‘liqdir. Analiz va sintez amallari arifmetikani o‘rganishda ham, mashqlar bajarilganda ham, masalalar yechilganda ham ishlatiladi. Birinchi sinfdayoq o‘quvchi to‘plam elementlarini real ko‘rinishda qismlarga ajratadi, o‘rganadi va ularni birlashtiradi. Keyinchalik esa u xayolda, fikran analiz va sintez amallarini bajara boshlaydi. Matematikaning har qanday bo’limini o‘rgatishda ham analiz va sintez amallaridan keng foydalanilаdi. Bu amallar matnli masalalarni yechishda ham ishlatiladi. O‘qituvchi rahbarligida o‘quvchi masalaning mazmunini analiz qiladi, uni sonli ma’lumotlarga ajratadi, berilgan qism va topilishi kerak bo‘lgan noma’lumlarni aniqlaydi. Murakkabroq arifmetik masalalarni yechishda murakkab hamda nozik analiz va sintez usullari ishlatiladi. Boshlang‘ich matematikani o‘rgatishda taqqoslash usulidan ham foydalaniladi. Bunda berilgan arifmetik masalalardagi ob’ektlar va ularning qismlari o‘zaro taqqoslanadi, o‘xshash va o‘xshash bo‘lmagan xususiyatlar aniqlanadi. Taqqoslash amali (usuli) orqali o’quvchilar “...ga ko‘p(ortiq)’’ “...ga kam(oz)’’ “marta ko‘p’’ “marta oz’’ kabi iboralarning ma’nosini bilib oladilar. Taqqoslash analiz va sintezga asoslanadi: masalani dastlab bo’laklarga ajratib, so‘ngra o‘xshashlari biriktiriladi va bunda ahamiyatli farqlar e’tiborga olinadi. Ko‘p xonali sonlar qatnashgan masalalarni yechishni o‘rgatish uchun o‘qituvchi kichik sonli o‘xshash masalani yechishni taklif etishi mumkin, ya’ni analogiya usulini qo‘llashi mumkin. Turli usullarni qo‘llash orqali o‘quvchilar tafakkuri rivojlantiriladi. Download 194.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling