Boshqaruv kunikmalari va yetakchilik mahoratini rivojlantirish
JORIY ETISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Download 43.57 Kb.
|
BMI ramozon 2024
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.BOB. .“DEHQONOBOD KALIY ZAVODI” AJDA NASTIJAGA YO‘NALTIRILGAN BOSHQARUV TIZMINI JORIY ETISH MASALLARI
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Битирув малакавий иши мавзусининг долзарблиги
JORIY ETISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
“DEHQONOBOD KALIY ZAVODI” DA Reja: Kirish: I.bob. TASHKILOTNING NAZARIY ASOSLARI 1. Tashkilotda natijaga yo‘naltirilgan boshqaruvni joriy etish ahamiyati 2. Natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv tizmining o‘ziga xos jihatlari 3. Tashkilotda natijaga yo‘naltirilish bo‘yicha xorijiy tajribalar II.BOB. .“DEHQONOBOD KALIY ZAVODI” AJDA NASTIJAGA YO‘NALTIRILGAN BOSHQARUV TIZMINI JORIY ETISH MASALLARI 1.“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ning faoliyati taxlili. 2. “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ da natijaga yo‘naltirilgan boshqaruvni joriy etish mexanizimlarini ishlab chiqish. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Битирув малакавий иши мавзусининг долзарблиги Hozirgi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar sharoitida moliyaviy, iqtisodiy va moddiy resurslardan samarali foydalanish bilan birga albatta xodimlar rolini ham oshirib borish zarur. Buning uchun rahbarlar har bir xodim tashkilotning asosiy qadriyati ekanligini uni boshqarish jarayonida tan olishi lozim. XX asr oxiriga kelib tashkilotlar inson hayotining universal shakliga aylanishga ulgurib, bir qancha maqsadga yo‘naltirilganlik, faoliyat yuritishi va rivojlanishi, tartiga solingan tashkiliy tuzilmasi, alohida madaniyati, doimiy ravishda tashqi muhit bilan aloqadorligi, turli resurslardan foydalanishi kabi belgilariga ega bo‘ldi. Ushbu belgilarning kombinatsiyasi har bir tashkilot uchun alohida xususiyatga ega bo‘lib ular ichida inson resurslari markaziy o‘rinni egallaydi. Xodimlarni boshqarish tizimi tashkilot uchun kerakli kadrlarni tanlash va saqlash, ularni kasbiy o‘qitish, har bir xodimning faoliyatini, hatti-harakatlarini to‘g‘ri baholash va samaradorligini oshirishdan iborat bo‘ladi. Аyniqsa, respublikada raqamli iqtisodiyotni shakllantirish va innovatsiyalarni rivojlantirish natijasida yuqori malakali kadrlardan iborat zamonaviy tashkilotlarni shakllantirish hozirgi davr talabi bo‘lib qolmoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev joriy yildagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida kadrlar masalasiga to‘xtalib shunday degandi: “Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir! Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak. Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi”[1]. O‘zbekiston iqtisodiyotini raqamlashtirish va ilg‘or innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish sharoitida boshqaruvning murakkab jarayonlarini mikrodarajaga olib tushish shakllanayotgan boshqaruv tizimini tashkil qilishdagi barcha elementlarni mos holga keltirishni talab qiladi. Shuning uchun tashkilot faoliyatini baholashning yangi usul va shakllarini, shu jumladan mehnat munosabatlari va ko‘rsatkichlarini taxlil qilishning yangi usullarini ishlab chiqishga ehtiyoj paydo bo‘lmoqda. Hozirgi o‘ta globallashgan zamonda kadrlarning noto‘g‘ri tanlanishi o‘z navbatida tashkilotlar uchun ko‘p yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi. Tashkilot rahbari yoki bevosita kadrlar (personal) bilan ishlovchi mutaxassisning kadrlarni tanlashda e’tiborga olishi muhim bo‘lgan jihat - insonning avval nima qilganini emas, balki endi nima qila olishi mumkinligini bila olishdir. Shu ma’noda, kadrlarni tanlash va ishga qabul qilish, boshqarish va salohiyatidan unumli foydalanish jarayonida jahonning turli kompaniyalarida qo‘llab kelinayotgan texnologiyalarni tadqiq etib, ulardan milliy iqtisodiyotimizda foydalanish yo‘nalishlarini o‘rganish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda Download 43.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling