Boshqaruv maqsadi
Download 262 Kb.
|
BOSHQARUV MAQSADI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining vazifalari.
Kurs ishining maqsadi. Boshqaruv mehnati g'oyatda turli tumandir, shu sababli ushbu mehnatning mazmunini ta' riflovchi operatsiyalar va tadbirlarni aniq tasniflash, turlarga ajratish qiyindir. Buning ustiga boshqaruv operatsiyalarning doirasi muqarrar ravishda kengaymoqdalar, operatsiyalarning o'zlari esa bir tomondan boshqaruv usullarini ularni qo'llash sohalaridagi o'zgarishlar oqibatida, boshqa tomondan axborotlarni saqlash, uzatish, jamlab, ishlab chiqishning yangi texnik vositalaridan foydalanishni o'sishi munosabati bilan turlarini o'zgartirmoqdalar. Boshqaruv mehnati operatsiya lari, tadbirlari mazmuniga kompyuter texnikasi inqilobiy o'zgarishlar kiritmoqda, u tubdan yangi axborot texnologiyalarini tadbiq etish imkoniyatini bermoqda. Shunga qaramasdan boshqaruv mehnatning, hammadan avval, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida eng xarakterli operatsiyalarini ajratish mumkin.
Kurs ishining vazifalari. Ular quydagilardan iboratdir: vazifani qo'yish; qo'lda va kompyuterdan foydalanish bilan axborotlarni qidirish; axborotlarni tahlil qilish; -axborotlarni guruhlarga ajratish (qo'lda yoki kompyuterdan foydalanish bilan); kompyutersiz eng oddiy hisoblashlar; kompyuterni qo'llash bilan hisob-kitoblar; qarorlarni tayyorlash; qarorlarni yakka holda qabul qilish; qarorlarni jamoaviy qabul qilish; hujjatlarni rasmiylashtirish, xatlarni tuzish va h.k. Ma'muriy - boshqaruv xodimlarining yig'ma mahsulot predmetiga ta'sir ko'rsa tishi axborotlaridan foydalanish va uni ushbu ob'yekt holatini qo'yilgan maqsadlarga erishish yo'nalishiga o'zgartirish uchun tegishli qarorlarni o'zgartirish yo'li bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ma' muriy-boshqaruv xodimlari mehnatining asosiy xususiyati predmetning axborotli xarakteri va ularning mehnati jarayoni (o'zining mazmuni va natijalari bo'yicha)ni mehnatning boshqa turlaridan tubdan farqlanishi bilan asoslangan mehnat mahsulotidan iborat bo'ladi. Download 262 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling