Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishchi kuchining xalqaro migrattsiyasi
- Erkin savdo zonalari
- To’lov ittifoqi
- Iqtisodiy va valyuta ittifoqi
Asosiy tayanch tushunchalar Xalqaro mehnat taqsimoti - alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlar ayrim turlarining ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi. Xalqaro iqtisodiy integratsiya - jahon mamlakatlari o‘zaro iqtisodiy aloqalarining chuqurlashuvi va barqaror rivojlanishi hamda milliy xo‘jaliklar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti asosida ular xo‘jalik aloqalarining birlashish jarayoni. Ishchi kuchining xalqaro migrattsiyasi - mehnat resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta‘minlanish maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chib o‘tishi. Emigratsiya - ishchi kuchining mamlakatdan doimiy yashash joyiga chiqib ketishi. Immigratsiya - ishchi kuchining mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishi. Erkin savdo zonalari - iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo‘lib, uning dorasida savdo cheklashlari bekor qilinadi. Boj ittifoqi - yagona tashqi savdo ta‘riflari o‘rnatishni va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishni taqozo qiladi. 478 To’lov ittifoqi - milliy valyutalarning o‘zaro almashinuvi va hisob-kitobda yagona pul birligining amal qilishi. Umumiy bozor - bunda uning qatnashchilari o‘zaro erkin savdoni amalga oshirish va yagona tashqi savdo siyosati o‘tkazish bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin harakati ta‘minlanadi. Iqtisodiy va valyuta ittifoqi - iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli bo‘lib, bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha shakllari iqtisodiy va valyuta- moliyaviy siyosat o‘tkazish bilan birga uyg‘unlashadi. Muhokama uchun savollar 1. Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojining eng muhim o‘ziga xos xususiyati nimadan iborat? Jahon xo‘jaligining milliy iqtisodga ta‘siri qanday? 2. Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash qanday mezonlarga asoslanadi? Ularni turkumlashga hozirgi davrda yondashuvlarga asoslanib davlatlarning asosiy guruhlarini ajratib ko‘rsating. 3. Xalqaro mehnat taqsimoti qanday tamoyillarga asoslanadi? Unda tabiiy sharoitdagi tafovutlar qanday rol o‘ynaydi? 4. Jahon narxlari qanday qiymatga asoslanadi? Jahon narxlariga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar tavsifini bering. 5. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar nima uchun turli shakllarga ega bo‘ladi? Ularning asosiy shakllarini sanab ko‘rsating. 6. Jahon infratuzilmasi tarkibiy qismlarining tavsifini bering va ular har birining ahamiyatini ko‘rsating. 7. Xalqaro mehnat taqsimotini mutloq va qiyosiy ustunlik nazariyasidan foydalanib tahlil qiling. Qiyosiy ishlab chiqarish xarajatlari nima? 8. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni nima zarur qilib qo‘yadi? 9. O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalarning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsating. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling