Bu boshqaruv tizimi elementlarining o’zaro hamkorligi uchun muhim


Download 250.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana13.04.2023
Hajmi250.02 Kb.
#1351351
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
GLOSSARIY

Boshqaruv tamoyillari –boshqaruv sub’ektlari aniq ob’ektlarni boshqarish jarayonida 
amal qilishlari kerak bo’lgan ob’ektiv qonunlardan kelib chiquvchi asosiy qoidalar. 
Boshqaruv tizimi–1.Odamlarni birgalikdagi faoliyatini muvo-fiqlashtirish uchun zarur 
harakatlar yig’indisi. 2. Boshqaruvni amalga oshiruvchi bo’g’inlar va ular o’rtasidagi 
aloqalarning yig’indisi. 
Boshqaruv usuli - bu rahbar tomonidan foydalanadigan vazifalarni hal qilishning eng 
xarakterli va barqaror usullarining yig’indisi, uning qo’li ostidagilarga nisbatan odati. 
Tashkilotlarni strategik boshqarish- inson salohiyatiga suyanuvchi, ishlab chiqarish faoliyatini 
iste’molchilar so’rovlariga qaratuvchi, tashkilotda atrofdagilar tomonidan qarshiliklarga javob 
qaytaruvchi va raqobot afzalliklariga erishishga imkon beruvchi epchillik bilan tartibga solishlar 
va o’z vaqtilagi o’zgarishlarni amalga oshiruvchi boshqaruv bo’lib, u tashkilotni omon qolishi va 
istiqbolda maqsadlariga erishishga imkon beradi. 
Boshqaruv usullari– bu boshqaruvchi tizimcha– boshqaruv sub’ektini boshqariluvchi 
tizimcha– boshqaruv ob’ektiga qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun ta’sir ko’rsatish usullaridir. 
Boshqaruv usullarini ijtimoy ishlab chiqarishga xos bo’lgan ob’ektiv qonunlar asosida, 
birgalikdagi mehnat jarayonida vujudga keladigan munosabatlarning o’ziga xosligini hisobga 
olish bilan tasniflash eng katta ahamiyatga egadir. Ushbu alomat bo’yicha ma’muriy, iqtisodiy 
va ijtimoiy-psixologik usullar ajratiladi. 
Boshqaruv vazifalari– bu boshqaruv faoliyatining nisbatan mustaqil, ixtisoslashtirilgan 
va ajratilgan turlari. 
Boshqaruvchanlik ko’lami – bu boshqaruv idorasining boshqarish qobiliyati va 
boshqaruv ob’ektining murakkabligi o’rtasidagi nisbat.
 Boshqaruvning maqsadi – ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy tuzim sifatidagi 
erishilishi kerak bo’lgan istalgan, ehtimol bo’lgan va zarur holati. Boshqaruv maqsadini 
belgilash – boshqaruv jarayonining boshlang’ich bosqichidir. Boshqaruv maqsadi rahbar 
faoliyatini yo’naltiruvchi omil bo’ladi. Boshqaruv maqsadi talablar, konunlarga mos kelishi va 
tizim rivojlanishining haqiqiy imkoniyatlarini hisobga olish bilan belgila- nishi kerak. Boshqaruv 
maqsadi istiqbolli va bevosita umumiy va xususiy, oralik va yakuniy sifatida tavsiflanadi. 

Download 250.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling