Bu boshqaruv tizimi elementlarining o’zaro hamkorligi uchun muhim


Download 250.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana13.04.2023
Hajmi250.02 Kb.
#1351351
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
GLOSSARIY

Mehnat jamoasi – xodimlarni birgalikda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi 
birlashmasi. 
Mehnatni ilmiy tashkil etish – ishlab chiqarishga tizimli joriy qilinadigan ilm-fan 
yutuqlari va ilg’or tajribalarga asoslangan mehnatni tashkil etish, u eng yaxshi texnika va 
odamlarni bitta ishlab chiqarish jarayoniga yig’ishga imkon beradi, material va mehnat 
resurslaridan eng samarali foydalanish hamda ishlab chiqarish faoliyatining uzluksiz borishini 
ta’minlaydi, inson sog’lig’ini saqlashga yordam beradi.
Mehnatning vazifaviy taqsimlanishi – alohida ishchilar guruhi, ularning jamoat 
faoliyatidagi vazifalariga qarab taqsimlash. 
Menejer - doimiy ravishda boshqaruv lavozimini egallab turuvchi va bozor sharoitlarida 
faoliyat yurituvchi tashkilot faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qaror qabul qilish vakolati 
berilgan shaxs. Menejerlar tashkilotda har xil o’rinlarni egallaydilar (direktor, guruh rahbari
ishlarning ma’lum turining tashkilotchisi, boshliq, mudir va h. k.), butunlay bir xilda bo’lmagan 
masalalarni hal qiladilar, har xil vazifalarni bajaradilar. 


Menejerni o’zini o’zi nazorat qilishi – menejerni o’z faoliyati natijalari ustidan nazorat 
qilishi, shu tufayli mehnat jarayoni yaxshilanadi, qo’yilan maqsadga erishildimi yoki yo’qlgii 
tekshiriladi, hamda kerakli tuzatishlar kiritiladi. 
Menejment – bu ishlab chiqarish yoki tijoratni boshqarish; ishlab chiqarishning 
samaradorligini oshirish va foydani ko’paytirish maqsadida ishlab chiqilgan va qo’llaniladigan 
boshqaruv tomoyillari, usullari, vositalari va shakllarining majmuasidir. 
Menejmentning samaradorligi – ijtimoiy–iqtisodiy kategoriya, boshqaruv faoliyatining 
natijaviyligi, moddiy, moliyaviy, mehnat va odam resurslaridan foydalanishning muvofiqlik 
darajasi. Boshqaruv natijalari va ularga erishishga sarflangan resurslarni solishtirish vositasida 
aniqlanadi. Menejment samaradorligining vazifaviy roli-uning rivojlanishi darajasi va 
dinamikasini, ushbu jarayonning sifatiy va miqdoriy tomonlarini aks ettirishdir. 

Download 250.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling