Bu boshqaruv tizimi elementlarining o’zaro hamkorligi uchun muhim


Download 250.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana13.04.2023
Hajmi250.02 Kb.
#1351351
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
GLOSSARIY

Nomdor aktsiya – egasi faqat fuqaro bo’lgan aktsiya. 
Norasmiy jamoa –bu odamlarning sirtqi ta’sir natijasida emas, balki ichki sabab 
natijasida vujudga kelgan guruhi, u ma’lum maqsadlarga erishish uchun vaqtinchalik o’zaro 
hamkorlikka kirishadi. 
Nou-xau – ilmiy, texnik, ishlab chiqarish, ma’muriy, moliyaviy, tijorat va boshqa xalq 
boyligiga aylanmagan xarakterdagi turli xil bilim va tajribalar yig’indisi (majmui). Bu bilim va 
mahoratlar texnika sohasida odatda chizmalar, qarorlar, tajriba natijalari, formulalar, hisob-
kitoblar, usullar, yo’riqnomalar, texnik xususiyatga ega bo’lgan hujjatlar, kompyuter uchun 
dasturiy ta’minot va tijorat sohasida mijozlar va yetkazib beruvchilar kartotekasi, sotish va 
ommalashtirishning usul va shakllarini hujjatlashtirish, moliyalashtirish ma’lumotlari, reklama 
usullari va xodimlarni o’qitish ko’rinishida namoyon bo’ladi. 
Noverbal axborotlar – jo’natuvchi tomonidan so’zlardan foydalan- masdan yuborilgan 
axborotlar. 
O’zini o’zi boshqarish – bu tashkilotning qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun 
amaldagi qonunchilik doirasida har qanday qarorlarni mustaqil qabul qilish va amalga oshirish 
imkoniyati. 
Obro’ – bu xamma tomonidan tan olingan xamda mexnat evaziga ortirilgan, raxbar 
uchun zarur ishonch va kalkondir. 
Ochiq turdagi aktsiyador jamiyati – bunday jamiyat aktsiyalari ochiq turda sotiladi. 
Oddiy aktsiya – AJ daromadlarining o’lchamlariga bog’liq holda tebranib turuvchi 
asoslangan qimmatbaho qog’oz. 
Ofis – idora, kantselyariya (yozuv chizuvlar) xizmat binosi. 
Oltin aktsiya – aktsiyadorga dividend (foyda) olish va ovoz berish huquqini beradi, AJ 
nizomining o’zgarishi, AJ ni qayta tashkil etish va likvidlashtirish, AJ mulkini sotish va ijaraga 
berishni o’z ichiga oladigan aktsiyadorlar yig’ilishi qarorida 3 yil muddatli taqiqlash huquqini 
mulk egasiga beradi. “Oltin” aktsiyalarni chiqarish haqidagi qarorni Davlat qabul qiladi va uning 
egasi faqat davlat bo’lishi mumkin. 

Download 250.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling