Bu boshqaruv tizimi elementlarining o’zaro hamkorligi uchun muhim
Organik (moslashuvchan) tashkilot
Download 250.02 Kb. Pdf ko'rish
|
GLOSSARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qaror
- Rasmiy tashkilot, guruh
- Reklamatsiya (shikoyat, da’vo)
Organik (moslashuvchan) tashkilot – egiluvchan tuzilma bilan ta’riflanuvchi,
maqsadlar, vazifalar, xizmatlarni o’zgarishlari, tashqi muhitdagi o’zgarishlar, faoliyat sharoitlariga tez maslashuvchi tashkilot Psixologiya – insonnig ruxiyatini, urganuvchi fandir. Inson ruxiyatiga esa sezish, idrok etish, tasavvur, tafakkur, taassuf jarayonlari, xotira, dikkat, e’tibor, iroda, shuningdek inson shaxsining ruxiy xususiyatlari, chunonchi, kizikish, kobiliyat, fe’l-atvor va mijoz kiradi. Qaror – bu bajarilishi mumkin bo’lgan ishning aniq yo’lini tanlab olishdir. Rag’batlantirish – tashkilot oldida turgan masalani yechishda kishining urinishi, harakati, matonati va halolligiga maqsadli yondashish. Rahbarni o’zini o’zi boshqarishi – rahbar tomonidan kunlik amaliyotda ishning sinalgan usullaridan izchil va maqsadga qaratilgan holda foydalanilishi, uning o’zini o’zi rivojlantirishi. Rasmiy tashkilot, guruh – ma’muriyatning istagiga ko’ra ma’lum vazifalarni bajarish uchun tashkil qilingan tashkilot, guruh. Rejalashtirish – boshqaruvning tashqi muhitning vaziyatlari va omillarini tahlil qilish, maqsadlarga erishishning muqobil variantlarini bashoratlash, muvofiqlashtirish, baholash, tizimning bo’lg’uvsi holati, unga yetishish yo’llari, usullari va vositalarini belgilab beruvchi rejalarni ishlab chiqishdan iborat bo’lgan vazifalaridan biridir. Kompaniyalar darajasida rejalashtirish strategik va biznes–rejalar shaklida amalga oshiriladi. Umummilliy darajada u indikativ yo’naltiruvchi xarakterga ega. Rejalashtirishda iqtisodiy–matematik, muvozanatli usullar va ham ekspert baholaridan foydalaniladi. Reklamatsiya (shikoyat, da’vo) – xaridorning (buyurtmachining) sotuvchiga (ta’minotchiga) kelishuv shartlari, standartlar va texnik shartlar bo’yicha tovar sifatining javob bermasligi yoki shartnoma bo’yicha majburiyatlarni bajarmaganligi yuzasidan shikoyati. SHartnoma bo’yicha reklamatsiya qilish uchun tovarning miqdori, sifati, yetkazib berish muddati, kafolat davri va boshqalar kabi reklamatsiya predmetiga bog’liq holda farqlanuvchi aniq muddatlar va qonun qoidalar o’rnatiladi. Reklamatsiya ikki tomonlama mustaqil ravishda narxlarni pasaytirish, zararlarni qoplash, aniqlangan kamchilik va yetishmovchiliklarni bartaraf etish yo’li bilan hal etilishi mumkin. Reklamatsiya bilan bog’liq bo’lgan kelishmoqchiliklarni hal etishning iloji bo’lmaganda reklamatsiyani ko’rib chiqish uchun xo’jalik (hakamlar) sudiga topshiriladi. Download 250.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling