Bu boshqaruv tizimi elementlarining o’zaro hamkorligi uchun muhim
Download 250.02 Kb. Pdf ko'rish
|
GLOSSARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transfert bahosi
- Vakolat
- Vazirlik
- Xavf-xatar
Tashkilotning missiyasi – tashkilotni mavjud bo’lishining ma’nosini ochib beruvchi
shakllantirilgan tasdiq, unda ushbu tashkilotning boshqalardan farqi namoyon bo’ladi. Tashxis – ob’ektning texnik, iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy holatini tahlil (tadqiq) qilish. Uning “nozik jihatlari” ni aniqlash va muqobil qaror qabul qilish uchun olib boriladi. Test – insonga psixologik va shaxsiy xususiyatlar, shu jumladan, bilim, fikrlash va malakani baholash imkonini beradigan standartlashtirilgan masalalar va natijalar. Boshqaruvda test ishchining egallab turgan vazifasiga yaroqliligini tekshirish uchun o’tkazilishi mumkin. Transfert bahosi – aktsiyadorlik jamiyatlarining bo’linmalari, filiallari yoki nazoratidagi firmalar o’rtasidagi amalga oshiriladigan kelishuvlar bahosi (narxi). Uslub – bu ishlash, boshqarishdagi o’ziga xos yul, usul ma’nosini anglatadi. Vakolat – vakillik xukuki bulsa, ma’suliyat biror ish, hatti-harakat oqibati, natijasi uchun bo’lgan javobgarlikdir. Vazifa – bu amalga oshirilishi,xal kilinishi lozim bulgan masala,ishilishi lozim bulgan, kuzda tutilgan maksad, yoki biror bir topshirik, xizmat, yumush, xizmat lavozimi, mansab amal. Vazirlik – bu o’ziga tegishli tarmoqning xo’jalik tizimida boshqarishning eng oliy bug’inidir. Xarizma – yakka shaxsning xususiyatlariga asoslangan, unga payg’ambar, dohiy yoki islohotchi vazifasini amalga oshirishga imkon beruvchi, uning oldida ta’zim qilish va uning imkoniyatlariga so’zsiz ishonishni keltirib chiqaruvchi mutloq iste’dod, alohida sifatlar berilganligi. Xarizma – hukmronlikni tashkil qilishning alohida turi. Xavf-xatar – korxona (AJ) rejalari va byudjetini amalga oshirish nohushliklar (muvaffaqiyatsizliklar) ning yuzaga kelish ehtimoli. Xedjerlash – kelgusi davrda tovarlar yetkazib berish (sotish) ni nazarda tutadigan shartnoma va tijorat operatsiyalari bo’yicha narxlar o’zgarishidagi xavf-xatarni sug’urtalash. Xedjerlash fyuchers shartnomasi asosida kutilayotgan xaridlar (sotuvlar) yo’li bilan birjada amalga oshiriladi. Download 250.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling