Tashkiliy madaniyat – bu tashkilotning ichida va uning
chegarasidan tashqaridagi
munosabatlar asosidagi tashkilotning kattaroq qismi tomonidan qo’llaniladigan falsafa, qadriyatli
mo’ljallar, hulqning me’yorlari, qoidalar va muhitdir.
Tashkiliy texnika – chizma ishlari,
hisob-kitob operatsiyalari, hujjatlarni tayyorlash,
ularni ko’paytirish,
qayta ishlash, saqlash va avtomatik qidirish va boshqalar uchun texnik
vositalar majmui. Uning
tarkibiga yozuv mashinkalari, fakslar, kartotekalar,
nusxa olish
apparatlari, chizma priborlari, elektron hisoblagichlar va boshqalar kiradi.
Tashkilot – odamlarning ma’lum maqsadlari: boshqaruv vazi- falariga erishishni ko’zda
tutuvchi tizimlashtirilgan, ongli birlashmasi.
Tashkilot(korxona)ni boshqarishning tashkiliy tuzilmasi –tashkilotning maqsadlariga
erishish uchun foydalaniladigan xizmat sohalari va boshqaruv darajalarining mantiqiy nisbati.
Tashkilotchilik qobiliyati – bu odamga tashkiliy faoliyat usullarini
egallash va ularni
muvaffaqiyatli amalga oshiishga imkon beruvchi shaxsning shaxsiy–psixologik xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: