Bu boshqaruv tizimi elementlarining o’zaro hamkorligi uchun muhim


Download 250.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana13.04.2023
Hajmi250.02 Kb.
#1351351
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
GLOSSARIY



 
 
 
 
Adolat – bu barcha fazilatlar ichidagi eng oliy fazilatdir. Adolatparvar rahbarning 
axloqiy xislatlari bemalol qonun o’rnini bosa oladi. 
Aloqa – bu boshqaruv tizimi elementlarining o’zaro hamkorligi uchun muhim 
elementlardan biri bo’lib, uning vositasida ushbu tuzilma uchun ma’lum munosabatlar 
shakllanadilar. Boshqaruv tizimlaridagi aloqani loyihalashtirish axborot nazariyasi usullari, 
hamda axborotlarning texnik manbalarini tanlash va aloqa kanallarini loyihalashtirish usullariga 
asoslanadi. Boshqaruv shakllariga ega boshqaruv tizimlarining tarkibiy tizimlaridan to’g’ridan 
to’g’ri va teskari aloqalar zanjirlari ajrati-ladilar. Ular axborotlarni harakatlanish yo’nalishlari 
bo’yicha farqla- nadilar. 
Assotsiatsiya – bu korxonalarning paychilik asosida kungilli birlashmasidir. 
Attestatsiya –bu mutaxassislarning lavozimiga layoqatini, malakasini, bilim darajasi va 
xulk-atvorini aniklashga va shu asosda ishga tayinlash yoki unvon berishga, shuningdek ishdan 
chetlatishga xizmat kiladi. 
Axborot – bu ma’lumot va xabarlar to’plami bo’lib, mazmunan, yangilik unsurlariga ega 
bo’ladi va boshqaruv vazifalarini xal etish uchun o’ta zarurdir. 
Baho – bu tovar va xizmatlarning pulda ifodalangan kiymatidir. 
Biznes–reja – korxonaning ish jarayonini tasvirlab, korxona raxbarlarining o’z 
maksadlariga kanday erishishlarini, birinchi navbatda ishning daromad keltirishni qay tariqa 
oshirish mumkinligini ko’rsatib beradi. 
Boshqaruv (umumiy ko’rinishda)– bu ikkita ob’ektlar o’zaro hamkorligining ma’lum 
turi- bunda ulardan biri boshqaruv sub’ekti holatida, boshqasi esa– boshqaruv ob’ekti holatida 
bo’ladi. 
Boshqaruv ierarxiyasi – murakkab turli-tuman va o’zaro bog’langan jarayonlarni 
boshqarishning asosiy tamoyillaridan biri. U boshqaruvning darajalari bilan ta’riflanadi, ularning 
soni qanchalik ko’p bo’lsa, tizim shunchalik yirikdir. Ierarxiya bo’yicha, masalan, korxona, tsex, 
uchastka va h k. boshqaruvi ajratiladi. Har bir darajaning boshqaruv tizimi yuqoriroq daraja 
uchun boshqaruv ob’ekti bo’ladilar. Umumiy holda boshqaruv ierarxiyasi har bir darajadagi 
boshqaruvni avtonom holda belgilanishini ko’zda tutadi. Ko’pincha bu boshqaruv maqsadlarini 
amalga oshirishning vositalari va usullarini tanlashga tegishli bo’ladi. Ierarxiya boshqaruvning 
murakkab tizimidagi boshqaruv tizimchalarining birgalikda bo’ysunishidan iborat bo’ladi. 

Download 250.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling