Bu boshqaruv tizimi elementlarining o’zaro hamkorligi uchun muhim
Download 250.02 Kb. Pdf ko'rish
|
GLOSSARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Motivatsiya
- Motivlashtirish
Mexanik tashkilot – quyidagilar bilan ta’riflanadi: egiluvchan bo’lmagan tuzilma,
standartlashtirilgan barqaror vazifalar, o’zgarishlarga qarshilik, nazoratning ierarxik tizimi, kommunikatsiyalarning buyruqli turi bilan. Mezon –bu taqqoslash yoki baholash uchun o’lchov, andoza. Masalan, mehnat – kishi qadr-qimmatining mezonidir. Monitoring – tizim yoki ob’ekt holatini kuzatish, baholash, bashorat qilish, uning faoliyatini nazorat qilish. Monitoring korxonaga mol holda korxona faoliyatining turli sohalarga oqib keluvchi jarayonlar haqidagi ishonchli va vaqtidagi axborotlar boshqaruv apparatini to’liq ta’minlash uchun chiqarilgan. Motivatsiya – insonni aniq maqsadlarga erishish va o’z ehtiyojlarini qondirish uchun harakatga undovchi amaldagi ichki va tashqi kuchlar majmui. Motivatsiya- menejmentning, inson xulqining motivatsiyasidan uni faoliyatini boshqarish amaliyotida foydalanishni ko’zda tutuvchi vazifasi. Har bir kishining hulqi motivatsiya, ya’ni odamning ma’lum harakatlarni amalga oshirishga undovchi ichki kuchlar bilan belgilanadi. Motivatsiya uning ichki holatining omillari yoki atrof muhit, tashqi holat, vaziyat, sharoitlar ta’siriga javobi ko’rinishida namoyon bo’ladilar. Har bir odam motivatsiyaning shaxsiy tuzilishiga ega, bu uning rivojlanishi, o’z qobiliyatlari, qandaydir natijalarga erishishini namoyon qilish va o’zicha baholashi jarayonida shakllanadi. Motivatsiya odamning ehtiyojlari, ularni qanoatlantirilishi darajasi va imkoniyatlarini his qilish bilan belgilanadi. Motivlashtirish – bu ruxiy omil bo’lib, shaxs faoliyatining manbai, sababi, dalili va xar xil extimollaridir.U xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga rag’batlantiruvchi kuchli vositadir. Muhandislik (injiniring) – oldindan olib boriladigan tadqiqotni amalga oshirish bo’yicha majmuiy ish, texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash, loyiha hujjatlarini yig’ish, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etish, texnologiyani ishga solish hamda tayyor mahsulotlarni sotish bo’yicha tavsiyalar tayyorlash. Download 250.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling