Bu boshqaruv tizimi elementlarining o’zaro hamkorligi uchun muhim


Download 250.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana13.04.2023
Hajmi250.02 Kb.
#1351351
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
GLOSSARIY

Boshqaruv jarayoni – tashkilot resurslarini u tomonidan o’zining maqsadlariga yetishish 
uchun shakllantirish va ulardan foydalanish bo’yicha uzluksiz o’zaro bog’liq harakatlarning 
majmuasi. 
Boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish –bu boshqaruv xodimlar mehnatini shunday 
tashkil qilishki, u fan yutuklari va ilg’or tajriba, xo’jalik yuritishning ilg’or shakllaridan 
foydalanish, texnik vositalarini qo’llashga asoslanadi va xizmatchilarni bir birlari va ishchilar 
bilan o’zaro hamkorlikni yaxshiroq tarzda o’rnatishga imkon beradi, hamda boshqaruv 
vazifalarini amalga oshirish, va ishlab chiqarish (tijorat)ni muxandislik- texnik va iqtisodiy 
ta’minlash jarayonida texnik vositalaridan foydalanishga asoslanadi. 
Boshqaruv mehnatining gorizontal taqsimlanishi – mehnatni ishlarning turlari, 
vazifalar bo’yicha taqsimlanishi. U mutaxassislarni ajratilishi, tashkilotda vazifaviy xizmatlar va 
bo’linmalarni tashkil qilinishida namoyon bo’ladi. 
Boshqaruv mehnatining vertikal taqsimlanishi – tashkilotda boshqaruv darajalarini 
ajratishga asoslangan taqsimlash. Uning asosida xodimlar yoki bo’linmalar faoliyatini 
muvofiqlashtirish yotadi. 
Boshqaruv ob’ekti –bu boshqaruv sub’ekti tomonidan boshqaruvchi ta’sirlarni qabul 
qiluvchi idora. U impulьslar (boshqaruv buyuruqlari)ni oladi ularga muvofiq harakat qiladi 
GLOSSARIY 


Xodim, mehnat jamoasi, tovarlar, resurslar, hujjatlar va h.k. boshqaruv ob’ekti sifatida 
bo’ladilar.
Boshqaruv qarori – bu harakatlarning ma’lum variantini topish, faoliyat jarayonining 
o’zi, uning yakuniy natijasi. 
Boshqaruv sub’ekti - boshqaruv tizimining boshqaruv ob’ektiga ta’sir ko’rsatish manbai 
bo’lgan bo’g’ini yoki qismi. Boshqaruv su’ekti sifatida firmaning bo’limlari va xizmatlari 
majmuasini yoki alohida bo’linma, yakka shaxs va boshqalarni ko’rib chiqish mumkin. 
Boshqaruv su’ektini ajratish boshqariladigan ijtimoiy-iktisodiy tizimning ko’lamlari va undagi 
boshqaruv tizimini ta’riflovchi aloqalar bilan cheklangandir.

Download 250.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling