Renta – o’z egasidan tadbirkorlik faoliyatini talab qilmaydigan daromad turi.
Rentabellik – korxonaning muhim iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlaridan biri.
Olingan foydani asosiy va aylanma vositalarga qo’yilmaning hajmi bilan solishtirish o’lchami
aniqlanadi.
Reyting – biror narsani biron bir sinfga, razryadga yoki toifaga kirishini aniqlash,
baholash.
Sanatsiya – iktisodiyot uchun axamiyati kattia korxonalarni tang xolatdan chikarib,
ularning bir me’yorida ishlab turishini ta’minlash xamda korxonalarni ommaviy bankrot
bulishiga yul bermasdan, rakobatchi korxonalar sonini kerakli mikdorda saklab turish
maksadlarida amalga oshiriladi.
Sanktsiya – o’rnatilgan me’yor va qonun-qoidalar bo’yicha shartnomani buzuvchiga
qo’llaniladigan harakat shakli.
Sanoat mahsulotlari jismoniy hajmining indekslari – mahsulotlar narxining
inflyatsiyaviy o’sishini hisobga olmagan holda ishlab chiqarish hajmining o’zgarish
ko’rsatkichlari.
Servis – xizmat, xizmat ko’rsatish.
Sinergetik samara – bu shundan iboratki, tashkilotning yagona bir butun sifatidagi
salohiyati va imkoniyatlari uning alohida elementlarining salohiyatlari va imkoniyatlaridan oshib
ketadi, bu narsa ularni o’zaro qo’llab-quvvatlanishlari va to’ldirilishlari bilan asoslangan.
Sotsiogramma – sotsiometriya ma’lumotlarini grafik tasvirlash usuli. Boshqaruv uchun
guruhning sotsiogrammasini bilish majburiydir, chunki rahbar guruhli vazifalarni hal qilishi
uchun birinchi uchta guruhlarning obro’sidan foydalanishi va keyingi guruhlarga bu
xodimlarning psixologik statusini oshirish va uni rivojlanganligi darajasini oshirish maqsadida
ta’sir ko’rsatishi kerak.
Strategiya – grekcha «strategos» iborasidan olingan bulib, «general san’ati» ma’nosini
bildiradi.
Stress – inglizcha suzdan olingan bulib, asabiylik, keskinlik degan ma’noni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |