Budjet tashk


Download 0.69 Mb.
bet4/5
Sana07.02.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1174527
1   2   3   4   5
Bog'liq
debitor va kreditor nazorat

3. Debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar inventarizatsiyasini tashkil qilish va o’tkazish


Hisob–kitoblarni inventarizatsiyadan o’tkazish asosiy tekshirish usullaridan hisoblanadi. Bunda, 19-sonli “Inventarizatsiyasini tashkil qilish va o’tkazish tartibi” BHMS talablariga muvofiq mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar invetarlanganligi, muddati o’tgan debitorlik qarzlarining to’g’ri hisobdan chiqarilganligi alohida o’rganiladi.
Banklar bilan ssudalar, budjet, xaridorlar, tovar etkazib beruvchilar, javobgar shaxslar, ishchilar va xizmatchilar, deponentlar va boshqadebitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitob kilish inventarizatsiyasi tegishli xujjatlar bo’yicha aniqlangan qoldiq va buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida turgan summaning asosliligini sinchiklab tekshirishdan iborat bo’ladi. Komissiya debitorlar va kreditorlarning hisobvaraqlari bo’yicha qarz kelib chiqqan muddatlarini, uning aniqligini va agarda o’rni bo’lsa da’vo muddati o’tishiga aybdor bo’lgan shaxslarni aniqlaydi.
"Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar" hisobvarag’i yo’ldagi mollar va etkazib beruvchilar bilan aniqlanmagan summasi bo’yicha qismi alohida sinchiklab tekshirilishi kerak. U xujjatlar bo’yicha xam, shuningdek ikki yoklama qayd etish hisobvaraqlari bilan muvofiqlikda tekshiriladi. Bunda aniqlanmagan mollar uchun to’langan summasi tarkibida
"Turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar" hisobvarag’ida aks ettirilgan

yoki xaqiqatda puli to’langan va o’zi olingan, lekin yo’lda hisoblangan materiallar va tovarlar ichida aniqlanadi.
Ishchi va xizatchilariga bo’lgan qarzlar bo’yicha o’z vaqtida talab qilib olinmagan deponentlar hisobvarag’iga o’tkazilishi kerak bo’lgan oylik maoshi summalari, shuningdek ishchi va xizmatchilarga ortiqcha to’langan summalar va buning kelib chiqqanligi sabablari aniqlanishi kerak.
Javobgarlik ostidagi summalar inventarizatsiyasida javobgar shaxslarning hisobotlari berilgan avanslar ularning maqsadli ishlatilganligi, shuningdek har bir javobgar shaxs bo’yicha berilgan avans summalari, ular berilgan sana va maqsadli yo’nalishi bilan tekshiriladi.Inventarizatsiya jarayonida xujjatlarni tekshirish orqali quyidagilarni aniqlash kerak:
- bank bilan bo’lgan hisob-kitoblarning tashkilotning bo’limlari bilan aynan bir xilligi;
- kamomadlar bo’yicha balans hisobda bo’lgan qarz summalarining to’g’riligi va asosliligi va ushbu qarzlarni undirish bo’yicha qo’llangan choralar;
- balans bo’yicha hisobda bo’lgan debitorlik, kreditorlik va deponentlik qarzlarning summalarining to’g’riligi va asosliligi, shuningdek debitorlik qarzlarni majburiy tartibda undirishga da’vo qilinganligi;
- muddati o’tkazilgan debitorlikqarzlar mavjudligining sabablari.

Debetor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni inventarlash dalolatnomasida umuman balansda hisobda bo’lgan qarzlarni va alohida qarzdorlar bo’yicha, jumladan, ular tomonidan tasdiqlangan va tasdiqlanmaganini ham, shuningdek, inventar komissiyasi tomonidan muddati o’tgan deb tan olingan qarzlar o’rganib chiqilishi lozim. Debetor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni inventarlash dalolatnomasiga ilova qilingan tekshirilayotgan korxonabuxgalteriyasi tomonidan tayyorlangan ma’lumotnoma asosida qarzlar nima uchun va qachon paydo bo’lganligi? shuningdek, ular haqiqiy ekanligi aniqlanadi.
Tashqi tekshiruvchi ichki nazorat tizimi, doimiy inventarizatsiya

komissiyalarining ish sifatini aniqlash maqsadida tovar moddiy boyliklari va hisob-kitoblarningnazoratli inventarlashni, tekshirilayotgan korxona va mol etkazib beruvchining hujjatlari va registrlarini muqobil solishtirishni amalga oshirish kerak.
Tekshirish jarayonida tasdiqlangan va tasdiqlanmagan, shuningdek muddati o’tgan debitotrlik va kreditorlik qarzlari aniqlanadi. Bular haqidagi ma’lumotlarni quyidagi jadval tariqasida umumlashtirish mumkin.(2-jadval)

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling