Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


ISHLABCHIQARISHXARAJATLARINITURKUMLASH


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

 
6.ISHLABCHIQARISHXARAJATLARINITURKUMLASH. 
Ishlab chiqarish jarayoni bо‘lishi uchun mehnat qurollari, mehnat buyumlari 
va jonli mehnat bо‘lishi shart. Bu jarayonda inson mehnat qurollari yordamida 
mehnat buyumlariga ta’sir etib yangi mashulot yoki iste’mol qiymati yaratadi. 
Shuning uchun ham yangi mashulot yaratish ma’lum miqdordagi mehnat 
qurollari, mehnat buyumlari va jonli mehnat sarfi bilan bog‘liq bо‘ladi. Bunday 
sarflar, odatda, ishlab chiqarish xarajatlari deyiladi. Ishlab chiqarish xarajatlariga 
mashulot ishlab chiqarish bilan band bо‘lgan xodimlarning asosiy va qо‘shimcha 
ish haqi, xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i sarflari, amortizatsiya ajratmalari hamda 


352 
ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish bilan bog‘liq bо‘lgan xarajatlar 
kiradi. 
Ishlab chiqarish xarajatlarini pul ifodasi mashulot tannarxini tashkil qiladi. 
Ishlab chiqarilgan mashulotlarning tannarxlarini aniq topish uchun rejalashtirilgan 
xarajatlarni iqtisodiy asoslanganligini va mashulotlar ishlab chiqarishni aniq 
hisobini ta’minlash zarur. 
Ishlab chiqarish jarayonining buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari 
quyidagilar bо‘lib hisoblanadi: 
1. Moliya-reja, ishlab chiqarish va boshqa bо‘linmalar bilan hamkorlikda 
hisobot davri uchun korxonaning mashulot ishlab chiqarish tehnik dasturini 
tayyorlash. 
2. Korxonaning mashulot ishlab chiqarish faoliyatiga zarur bо‘lgan moddiy 
qiymatliklar miqdorini aniqlash. 
3. Korxonaning mashulot ishlab chiqarish texnik dasturini asosiy 
kо‘rsatkichlarini bajarilishini nazorat qilish. 
4. Mashulot ishlab chiqarish uchun zarur bо‘lgan moddiy, mehnat va boshqa 
xarajatlar hamda ulardan foydalanish ustidan operativ nazorat о‘rnatish. 
5. Ishlab chiqarish xarajatlarini me’yorlariga rioya qilinishini nazorat qilish. 
6. Ishlab chiqarish tsexlari huzuridagi omborlarda ishlab chiqarish maqsadlari 
uchun olingan moddiy qiymatliklarni saqlanishi ustidan nazorat о‘rnatish. 
7. Mashulotlarni chiqarish bilan bog‘liq bо‘lgan haqiqiy xarajatlarni о‘z 
vaqtida va aniq hujjatlashtirish. 
8. Chiqarilayotgan mashulotlarni tannarxlarini aniq topish. 
9. Belgilangan xarajat me’yorlaridan kelib chiqqan farqlarni sabablarini 
topish. 
10. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobini tashkil qilish. 
11. Tayyor mashulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilish. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling