Buxoro — Oʻzbekiston Respublikasining qadimiy shaharlaridan biri, Buxoro viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Buyuk ipаk yoʻlida yirik tijorat markazlaridan boʻlgan. Oʻzbekistonning janubiy-gʻarbida
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxoro
Chigʻatoy ulusi tarkibida
Asosiy maqola: Chigʻatoy ulusi Chigʻatoy ulusi tarkibiga kirgan Buxoro keyinchalik 1238, 1263, 1273—1276-yillarda ham qattiq buzgʻunchilik va vayronkorlikka mubtalo etildi. 1316-yil kuzida Huloku ulusi moʻgʻullarining Buxoro shahri va vohasini soʻnggi bora vayronaga aylantirishdi va talon-taroj qilishdi. Shu bois 1333-yili Buxoro orqali oʻtgan marokashlik sayohatchi Ibn Battutaning : «Bir nechasini eʼtibordan soqit qilganda, hozirgi vaqtda Buxoro masjidlari, madrasalari va bozorlari vayrona holida yotibdi», — deya yozganiga aslo ajablanmasa ham boʻladi. Shunday qilib, shahar bir necha bor qirgʻin va talon-taroj qilinib, aholisi haydab ketilganligi va shaharga oʻt qoʻyilganligiga qaramay, Buxoro asta-sekin qaddini rostlay bordi. Bunga uning faqat Buyuk ipak yoʻli chorrahasida anʼanaviy joylashgan yirik savdo, hunarmandchilik va madaniyat markazlaridan biri sifatidagi mavqeigina emas, balki bu davrga kelib uning maʼnaviy-diniy markaz, musulmon olamining Sharqiy Makkasi sifatida uzil-kesil qaror topganligi ham katta imkon berdi. Shuning uchun moʻgʻul hukmdorlarining ogʻir yillarida ham Buxoro Movarounnahrning yirik iqtisodiy va siyosiy markazi — ikkinchi poytaxti boʻlib qolaverdi. Mahmud Torobiy qoʻzgʻoloni Asosiy maqola: Mahmud Torobiy qoʻzgʻoloni 1238-yili Buxoro viloyatida moʻgʻullar zulmiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarildi. Uni Mahmud Torobiy boshqardi. Buxoroda ham uning koʻplab tarafdorlari va izdoshlari paydo boʻldi. Shulardan biri shaharda sufiy sifatida mashhur, zodagonlar naslidan boʻlgan Shamsuddin Mahbubiy edi, uning qarashlari ruhoniy arboblar qarashlaridan keskin farq qilgan. Buxoroning hamma mehnatkash ommasi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan qoʻzgʻolon ancha muvaffaqiyatli boʻldi. Qoʻzgʻolonni bostirish uchun yuborilgan moʻgʻul qoʻshinlari tor-mor keltirilib, 10000 ga yaqin askaridan ajraldi. Ammo qoʻzgʻolonchilar jangda oʻzlarining 2 nafar sardorlarini qurbon berishdi, oqibatda keyingi jangda qoʻzgʻolonchilar magʻlubiyatga uchradilar. Qoʻzgʻolon beshafqatlarcha bostirildi. Mahmud va Masʼud Yalavoch Xorazmiylar hokimligi davrida Shaharning Chingizxon tomonidan tayinlangan birinchi moʻgʻul hokimi Buka Numa edi, ammo oliy Oʻqtoyxon hukmdorligi davridayoq butun hokimiyat toʻla-toʻkis ijarador Mahmud Yalavoch Xorazmiyga oʻtdi. Juvayniyning soʻzlariga qaraganda, Mahmud Yalavoch va uning oʻgʻli Masʼudbekning farogʻatli hokimligi tufayli mamlakat moʻgʻullar vayronidan butunlay tiklandi. Buxoro buyuk rivojlanish darajasiga yetdi, binobarin, bironta musulmon shahri aholi soni, omma boyligi va fanning yuqori darajada rivoji boʻyicha Buxoro bilan bahslasha olmas edi. Mahmud Yalavochning bu yerga kelishi bilan Buxoroning qirgʻin qilinishi toʻxtadi. U soliq undirish vositasida savdo-iqtisodiy faoliyatning yangidan rivojlanishi va uni moʻgʻul qoʻshinlarining takroriy vayronagarchiligidan himoya qilish uchun katta kuch sarfladi. Shu harakatlari tufayli, u keyichalik Chigʻatoy ulusidan soliq yigʻishni boshqarish lavozimidan chetlatildi. Biroq, koʻp oʻtmay, Mahmud Yalavoch oʻrniga moʻgʻullarning oliy xoni Oʻqtoyning talabi bilan uning oʻgʻli Masʼud oʻtqazildi. Masʼud bu lavozimda, kichik tanaffus bilan umrining oxirigacha — 1289-yilga qadar xizmat qildi. Aytilishicha, Masʼudbek Buxoroni juda sevardi, shu bois u shaharni asta-sekin muhtasham binolar bilan goʻzallashtirdi. Shulardan biri Masʼudiya madrasasidir . Uning davrida Buxoroda Chingizxonning oʻgʻli Tuluyning bevasi, nasroniy diniga eʼtiqod qilgan Munkexonning (1251— 1259) volidasi Suyurkoʻkteni beka mablagʻi hisobidan Xoniya madrasasi bunyod etilgan. Har ikki madrasa Registonda joylashib, ularning har birida, goʻyoki, 1000 ga yaqin talaba tahsil koʻrgan, ajoyib kutubxonalari ham boʻlgan. Xoniya madrasasining mudarrisi va mutavallisi mashhur ilohiyotchi olim, Najmiddin Kubroning muridlaridan biri, Kubroviylik tariqatining davomchisi Sayfiddin Boharziy edi. 1262—1263-yillarda Buxoroga aka-uka Pololar (Niccolò va Matteo) tashrif buyurishdi, ular bu shaharni katta va ulugʻvor shahar sifatida tavsiflaydi. Ularning buyerda uch yil turib qolishlariga toʻgʻri keldi. Ular Buxoroni 1264-yilda tark etishdi. Hulokuning oʻgʻli Abaqaxon 1273-yilda Buxoroga qoʻshin yuborib, aholini Xurosonga koʻchirishni yoki shaharda qirgʻin oʻtkazishni buyurdi. Buxoro 1273-yil 22-yanvarda Hulokuiylar tomonidan egallandi. Hatto Chingizxon shaharga bostirib kirganda kuzatilmagan darajadagi qirgʻinbarot va talon-taroj boshlandi. Bir hafta tinimsiz qon toʻkildi, Masʼudbek madrasasi va undagi koʻplab kitoblar yondirilib, kuli koʻkka sovurildi. Hulokuiylar qoʻshini katta oʻlja bilan shaharni tark etdi. Buxoroga goʻyoki „yordamga“ kelgan 10 minglik Chigʻatoiylar lashkari esa harbiy toʻqnashuvga qaror qilmay, faqat oʻljalarni Hulokuiylar bilan boʻlishishga kelishib olishdi va Buxoroga qaytgach, oʻzlari shaharni talash va qatl etishni davom ettirishdi. Natijada 50 mingga yaqin kishi qirib yuborildi, butun viloyatga tarqalgan moʻgʻul lashkarlari yana 3 yil mobaynida bosqin va vayronlikni davom ettirishdi. Shunday qilib, Buxoro shahri va viloyati Aka-uka Pololarning Buxoroga kelishi. butkul vayron qilinib, xarobaga aylantirildi, natijada, shahar keyingi 7 yil davomida hayotdan mahrum boʻldi. Keyinchalik 1280-yilarda ijarador Masʼudbek shaharga aholini koʻchirib kelib, uni tiklash borasida katta kuch sarfladi. 1282—1283-yillardan eʼtiboran bu yerda hatto kumush tangalar muntazam ravishda zarb qilina boshlaydi. Masʼudiya madrasasi tiklanib, keyinchalik, 1289-yili bu yerga Masʼudbek dafn etildi. Chigʻatoylar davrida qurilgan meʼmoriy yodgorliklar XIII asrning 2-yarmidan boshlab muhtasham meʼmorchilik obidalarini bunyod etish ishlari qayta tiklandi. Buxoroning sharqiy chekkasida, ilgarigi Qarshi darvozasi ortida, Fathobod degan joyda barpo qilingan ikki maqbara ( Sayfiddin Boharziy va Bayonqulixon maqbaralari ) bizning davrimizgacha saqlanib qolgan eng mashhur obidalardandir. Ulardan biri 1261-yili vafot etgan Kubroviya tariqatining mashhur shayxi Sayfiddin Boharziy qabri ustida bunyod etilgan boʻlsa, ikkinchisi, ushbu binoning yonida, gʻarb tomonida 1358-yili vafot etgan va oʻz shayxi goʻri yoniga dafn etilishini vasiyat qilgan Chingiziylardan biri — Bayonqulixonning qabri usdida qurilgan. Soʻz yuritilayotgan davrda bunyod etilgan yana bir noyob yodgorlik Buxoroning Saloxxona darvozasidan 200 metr janubi-sharqda joylashgan Boboyi Poradoʻz maqbarasidir . Yodgorlik bizning davrimizgacha XIX—XX asrlarda qayta qurilgan holda yetib kelgan, lekin arxeologik tadqiqotlar vaqtida olingan nafis oʻyma meʼmoriy terrakota namunalari bu obidaning XIV asrning ikkinchi choragiga mansubligini koʻrsatadi. Sayfiddin Boharziy xonaqosi va maqbarasi Bayonqulixon maqbarasi Boboyi Poradoʻz maqbarasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling