Buxoro
Buxoro —
Oʻzbekiston
Respublikasining
qadimiy shaharlaridan biri,
Buxoro viloyatining
maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi.
Buyuk ipаk yoʻlida
yirik tijorat markazlaridan boʻlgan.
Oʻzbekistonning janubiy-gʻarbida, Zarafshon daryosi quyi oqimida joylashgan. Toshkentdan
616 km.
Buxoro 2 ta shahar rayoni (Fayzulla Xoʻjayev va Toʻqimachilik)ga boʻlingan.
Aholisi
290000 (2019).
Buxoro shahri qadim zamonlarda qanday nomlangani — nomaʼlum. Milodiy V asrga oid
xitoy
manbalarida
Buxoro shahri Nyumi tarzida tilga olinib oʻtilgan.
Binobarin, shaharda shu
nomdagi mulk hukmdorining qarorgohi ham boʻlgan.
Tan
imperiyasining
VII asrga oid
solnomalarida Buxoro shahri
An (Ango), Ansi, Buxo (Buxe, Fuxo) shakllarida qayd etib oʻtilgan.
Keyinchalik shahar har xil nomlana boshladi. Arab qadimiy manbalarda u
Bumiskat, Madinat
us-sufriya (Mis shahar),
Numijkat (soʻgʻdcha
numij yoki
namich degani
mashhur degan
maʼnoni anglatgan) tarzida keltirilgan. Qadimiy zamonlarda yashagan mahalliy mualliflarning
fikricha, shaharning nomi
Buxor, yaʼni
„Sanamlar turgan ibodatxona“ maʼnosini
anglatuvchi bir
soʻzdan kelib chiqqan.
Ayrim tadqiqotchilarning faraz qilishlaricha,
Buxoro nomi mintaqaning
eng asosiy buddaviylik
ibodatxonasi
vixara yoki ana shu vixaraning
sug'diy
transkripsiyasi
boʻlmish
buxoro
(ibodatxona) soʻzidan kelib chiqqan. Ammo
buddaviylik
va
moniylik
diniy taʼlimotlariga oid
osori
atiqalar shahar hududida ham, umuman,
Buxoro vohasida
ham topilgan emas.
Buxoro (Buxara) toponimi ilk bor Soʻgʻd yozuvlari bilan
Buxoroda zarb qilingan mis
tangalarida tilga olingan (milodiy IV-V asrlar).
[2]
Buxoro yahudiylari
Tatarlar
v.b.