Buxoro — Oʻzbekiston Respublikasining qadimiy shaharlaridan biri, Buxoro viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Buyuk ipаk yoʻlida yirik tijorat markazlaridan boʻlgan. Oʻzbekistonning janubiy-gʻarbida


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/17
Sana16.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1359144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Buxoro

Buxorxudotlar hokimligi davrida
Asosiy maqola: 
Buxorxudotlar hokimligi
VII asrda, arablar istilosi arafasida Buxoro vohaning yirik maʼmuriy markaziga aylangan edi.
Buxoro qalinligi 18 metrgacha boʻlgan mustahkam devorlar bilan oʻralgan diz — qalʼadan
iborat boʻlgan savdo shahri edi. 
Bidun
 
Buxorxudot
 esa «tuzilishi jihatidan 
Katta Ayiq
yulduzlar
turkumiga oʻxshab ketadigan» bir saroy ham barpo ettirgan. Hukmdor bu saroy darvozalariga
oʻz ismi chekilgan temir lavhacha osib qoʻyishni ham buyurgan ekan. Bidun saroyida majusiy
ibodatxona, xazina, zindon ham joylashgan edi. Uning gʻarbiy darvozasi „Registon“ deb
atalardi. Negaki bu darvoza qum toʻshalgan keng maydonga olib chiqardi. Sharqiy darvoza
esa „Goʻriyon“ deb atalar, ana shu «Qabriston darvozasi» ortida tabarruk qadamjo —
Buxoroning afsonaviy asoschisi 
Siyovush
qabri joylashgan edi.
Shahristondan
tashqarida esa savdo va hunarmandchilik shaharchasi ham shakllangan. Mox
bozori tevaragi asosiy iqtisodiy markaz edi. Uning nomi „Majusiylar ibodatxonasi“ degan
maʼnodagi soʻzdan kelib chiqqan. Bu ibodatxona Shahristondan tashqarida, uning janubiy
darvozalari va Roʻdi Zar anhori oraligʻida joylashgan edi. Roʻdi Zar keyinchalik 
Shohrud
deb
atala boshlagan va hozirga qadar ham u shu nom bilan yuritiladi. Shahristonning asosiy
alomati boʻlmish 
Magʻoki Attori masjidi
bugungacha saqlangan. Bu joyda bozor qadim-qadim
zamonlardan to 1930-yillargacha mavjud boʻlgan.
Arablar fathidan soʻng
Arablarning Buxoroga dastlabki yurishlari oʻlja va daromad olish uchun talovchilik tarzidagi
hujumlardan iborat boʻlgan.
Buxoroga 
islom
uzil-kesil kirib kelishi VIII asr boshlarida roʻy bergan. 
Arab xalifaligining
Xurosondagi
 
noibi
Qutayba ibn Muslim
(704—715) shaharda doimiy arab qoʻshinini
Buxorxudot
 Xunuk tasvirlangan tanga. Old tomonida toj kiygan hukmdor va orqa tomonida 
zardushtiylarning
otashgohi
 tasvirlangan (VIII asr boshlari)


joylashtirdi va mavjud uylarning yarmini arablarga taqsimlab berish toʻgʻrisida buyruq
chiqardi. 
Ayyub ibn Hasanni
 Buxoroning birinchi arab amiri etib tayinladi. Qutayba islomni
qabul qilgan 
Tugʻshodani
taxtga oʻtqazish bilan Buxoroda qadimiy mahalliy sulolalar
hokimiyatini saqlab qoldi. Shu tarzda 
Buxorxudotlar
oʻz oʻlkalarida arablar bilan birgalikda
hukmdor boʻlib qolishdi.
Aynan Qutaybaning oʻzi 713-yili 
Buxoro arkida
majusiylar butxonasini 
jome masjidga
aylantirdi va shahar aholisiga 2 dirham evaziga har juma kuni ibodatga jamlanishni buyurdi.
Registon
 maydonining shimoliy qismida esa birinchi hayit masjidi — Maʼbad (ibodat joyi) deb
nomlangan darvozasi boʻlgan 
Namozgoh
bunyod etildi. Oradan koʻp oʻtmay ana shu
Namozgohning shimoliy tarafida musulmonlarning yirik xilxonasi — qabriston ham paydo
boʻldi. Banu Hanzaliya masjidi (keyinchalik, chamasi, Ash-Shom deb atala boshlagan)
Shahristonning janubi-gʻarbiy qismidagi 
nasroniylar
 
cherkovi
oʻrnida paydo boʻlgan. Aynan
shu atroflarda Banu Saʼdiya masjidi joylashgan, shimoli-gʻarbiy tarafida esa Banu Qurayshiya,
shimoli-sharqiy tarafida esa Banu Hamdoniya masjidlari makon tutgan. Qisqasi, 
arablarning
quraysh

saʼd

hanzala
va 
hamdon
qabilalari Shahristonni egallab olgan edi. Shahristonning
janubi-sharqiy tarafida joylashgan, Xin degan aslzoda 
dehqonga
tegishli boʻlgan qalʼa —
qoʻrgʻonni esa unga Ahmad nomini bergan Buxoroning birinchi imomi — Ayyub egallab oldi.
Shahristondan tashqarida, Mox bozorida joylashgan majusiylar ibodatxonasi esa 
Magʻoki
Attori masjidiga
 aylantirilgan edi.
Arab qabilalari
Buxoro shahriga kelib joylashganidan keyin mahallalar — mavzelar oʻrtasidagi
devorlar asta-sekin olib tashlandi, bir qancha vaqt oʻtib, ularning oʻrnida yangi turarjoy binolari
paydo boʻldi.
Magʻoki Attori
 — Mox bozorida joylashgan majusiylar ibodatxonasi oʻrnida bunyod etilgan masjid oʻrnida 
Qoraxoniylar
davrida, XII asrda qurilgan


715-yili Qutayba ibn Muslim vafot etdganidan keyin Buxoro arablar nazorati ostidan asta
chiqa boshladi. Milodiy 728—729-yillarda 
sugʻdiylarning
 
gʻarbiy turk hoqoni
 
turkashlar
hoqoni
tomonidan qoʻllab-quvvatlangan kuchli qoʻzgʻoloni natijasida shahar bir yil mobaynida arablar
nazoratidan tashqarida boʻldi, keyin yana ular taʼsiriga tushib qoldi.
Sharik qoʻzgʻoloni
Asosiy maqola: 
Sharik qoʻzgʻoloni
Dastlabki vaqtlarda Buxoroga kelib oʻrnashgan arab qabilalari 750-yili 
Arab xalifaligida
Abbosiylar
sulolasi hokimiyat tepasiga kelishini maʼqul koʻrishmadi, oʻsha yili Abbosiylarga
qarshi 
Sharik ibn Shayx Maxri
 boshchiligida boʻlgan qoʻzgʻolon shundan dalolat beradi.
Buxoroning arab hokimiyati vakillari va shahar aholisi qoʻzgʻolonchilarni qoʻllab-quvvatladi.
Abu Muslim
Buxoro va Samarqand hokimi 
Ziyod ibn Solihni
Sharikka qarshi yubordi. Ibn Solih
qoʻshinlari isyonni shafqatsizlarcha bostirdi. Buxoroga oʻt qoʻyildi, shahar 3 kun oʻt ichida
qoldi. Asirlar shahar darvozalariga osib qoʻyildi. 
Buxorxudot
 
Qutayba ibn Tugʻshoda
700
Xurosondan
shimoldagi qoʻrgʻon aholisi bilan hamjihat Ziyod ibn Solih tomonida jang qildi,
ammo keyinchalik u, qoʻzgʻolonni bostirishda faol qatnashganligiga qaramay, islomdan yuz
oʻgirganlikda ayblanib, Abu Muslimning koʻrsatmasiga binoan qatl etildi.
Muqanna qoʻzgʻoloni
Asosiy maqola: 
Muqanna qoʻzgʻoloni
VIII asr 3-choragida arablar Buxoroda hukmronligi nomigagina boʻlib qolgan 
Buxorxudotlarni
siqib chiqardi, oʻz hokimiyatini toʻliq mustahkamlab oldi. Buxorxudotlar Buxoroni
Abbosiylarga
 qarshi oʻz kurashining tayanchi qilib olgan 
Hoshim ibn Hakim
 (
Muqanna
)
tomonida boʻlishgan. Bu kurashga Mavoli Tagif, Yusuf Garm boshchilik qilishgan.
Muqannaning buxorolik muridlari asosan 
Narshax
 qishlogʻida toʻplanishgan.
Muqanna qoʻzgʻoloni bostirilganidan keyin 
Musayb ibn Zuhayr
hukmronligi davrida 782-yili
Varaxshada
 Muqanna qoʻzgʻolonini qoʻllab-quvvatlagani uchun soʻnggi Buxorxudot 
Bunyod
oʻldirildi. Binobarin, Buxoroda bir necha yuz yilliklar davomida hukmronlik qilgan
Buxorxudotlar sulolasi, ayni vaqtda Buxoro tarixidagi islomgacha boʻlgan davr Bunyodning
oʻlimi bilan nihoyasiga yetdi. Oʻshandan boshlab sulola yoʻqotib yuborilmagan boʻlsada,
amalda siyosiy hokimiyatdan mahrum boʻldi.
Rofe ibn Lays qoʻzgʻoloni
Asosiy maqola: 
Rofe ibn Lays qoʻzgʻoloni
806—810-yillarda butun 
Movarounnahr
 isyonkor amir 
Rofe ibn Lays
qoʻliga oʻtdi. Uni Xuroson
noibi Ali ibn Isoning ogʻir soliq zulmidan va poraxoʻrligidan gʻazablangan sugʻdiylar faol


qoʻllab-quvvatlashdi. 809-yilda 
xalifa
 
Horun ar-Rashid
 qoʻzgʻolonchilarga qarshi katta qoʻshin
yubordi va Buxoro qamal qilindi. Buxorodagi qoʻzgʻolonga va shaharning mudofasiga Rofe ibn
Laysning ukasi Bashir ibn Lays boshchilik qildi. Nihoyat, shahar zabt etildi, Bashir asir olinib,
xalifaning buyrugʻiga koʻra qatl qilindi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling