Buxoro — Oʻzbekiston Respublikasining qadimiy shaharlaridan biri, Buxoro viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Buyuk ipаk yoʻlida yirik tijorat markazlaridan boʻlgan. Oʻzbekistonning janubiy-gʻarbida


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/17
Sana16.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1359144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Buxoro

Qoraxoniylar hukmronligi davrida
Asosiy maqola: 
Qoraxoniylar davlati
X asr oxiri — XI asr boshlarida 
Somoniylar
bilan 
Qoraxoniylar
oʻrtasida kurash jarayonida
Buxoro bir necha bor qoʻldan qoʻlga oʻtgan. Koʻp oʻtmay boshlangan Qoraxoniylarning oʻzaro
urushlari 
Zarafshon
 etaklariga ham bevosita yetib keldi.
992-yilda Buxoroda Qoraxoniylarning dastlabki tangalari muomalaga chiqarildi.
[8]
999—1000-
yillarda Qoraxoniylar Buxoroda Arslon-ilig yoki Arslon yozuvi bilan tangalar chiqardilar.
[9]
Buxoro, garchi oʻz poytaxtlik mavqeidan mahrum boʻlgan esa-da (
Chuy vodiysidagi
Bolasogʻun
shahri 
Qoraxoniylar davlatining
poytaxti boʻlgan), mamlakat yangi hukmdorining
intilishlari uzviy bogʻliq eng yirik markazlardan biri boʻlib qoldi.
1020/21-yilda qoraxoniy 
Ali ibn Hasan
(Ali-tegin) Buxoroda uzoq vaqt oʻrnashib qolib,
Movarounnahrning ajralib chiqishiga asos soldi. 1024—1025-yillarda uning mavqei kuchaydi.
Shundan soʻng, bir muddat barcha mulklaridan mahrum boʻlib, koʻp oʻtmay, u Buxoroni
qaytarib olishga erishdi, keyin (1028-yili) 
Samarqandni
 ham oldi. 
Zarafshon vodiysiga
to
oʻlimiga qadar — 1034-yilgacha hukmronlik qildi. Olimlarning fikricha, Ali uchun har ikki shahr
(Samarqand va Buxoro) muhim edi, lekin rasmiy poytaxt sifatida Samarqandni belgiladi.
Somoniylar kumush tangasi


1032-yilda 
Mahmud Gʻaznaviyning
 oʻgʻli Maʼsudning koʻrsatmasiga binoan 
xorazmshoh
Oltintosh
rahbarligida gʻaznaviylarning kattagina qoʻshini 
Buxoro vohasiga
bostirib kirib,
Buxoroni zabt etdi va talon-taroj qildi; lashkarlar katta oʻljani qoʻlga kiritishdi.
1040-yilda 
Ibrohim ibn Nasr
 (Boʻritegin; Tamgʻachxon Ibrohim) jangu jadal bilan 
Yusuf ibn
Alidan
 Samarqandni tortib olib, Buxoroni egallashidan oldinoq oʻzini hukmdor, xon
(Tamgʻachxon yoki Tafgʻachxon) deb eʼlon qildi va qarorgohini 
Samarqandda
joylashtirdi.
Binobarin u ham Buxoroning ahamiyatini yaxshi tushungan. Shundan keyin koʻp oʻtmay
1040/41-yilda Ibrohim ibn Nasr Buxoroni egalladi, soʻng yana qoʻldan chiqardi, 1041/42-yilda
bu shaharni uzil-kesil oʻziga boʻysundirdi. Olimlar fikricha, chamasi, taqvodorligi bilan
mashhur boʻlgan Ibrohim ibn Nasr Buxoroni uzil-kesil zabt etishini „Olloh irodasi bilan“
erishilgan gʻalaba ekanini eʼtirof etib, ana shu voqea sharafiga zarb ettirgan Buxoro dirhamlari
yozuviga 
Qurʼondan
„gʻalaba“ soʻzli ikki oyat kirittirgan.
Movarounnahrda
Ibrohim tomonidan alohida davlat tuzilmasi sifatida barpo etilgan Gʻarbiy
Qoraxoniy xoqonligining poytaxti Samarqand boʻlib qoldi. Qatʼiy 
sunniy
mazhabi himoyachisi
boʻlgan Ibrohim ibn Nasr bu mazhabdan har qanday chetga chiqqanlarni taʼqib qildi. 1056-
yilda 
Iroqdan
to Movarounnahrgacha boʻlgan ulkan hudud dahshatli ochlik balosiga uchradi,
shundan keyin oʻlat tarqalib, Buxorogacha yetib keldi.
1068-yilda Ibrohimning oʻgʻli va vorisi 
Shamsulmulk
 oʻz ukasi 
Shuvays
bilan kurashda taxtni
himoya qilishga majbur boʻldi. Shuvays Buxoroni egallab, hatto u yerda oʻz tangalarini
chiqardi, lekin akasi tomonidan magʻlub qilindi. Harbiy harakatlar vaqtida Buxoroning jome
masjidi yonib ketdi. Bir necha yildan keyin 
saljuqiy
sulton 
Alp Arslon
katta qoʻshin bilan
Movarounnahrga bostirib kirdi. Uning qoʻshinlari Buxoro atroflariga yetib kelib, talon-taroj
qilishdi, ayollarni zoʻrlashdi, biroq shaharning oʻzi omon qoldi: koʻksiga xanjar qadalgan sulton
hayotdan koʻz yumdi, qoʻshin chekindi. Uning oʻgʻli 
Malikshohning
yurishlari (1089) ancha
muvaffaqiyatli boʻldi, shundan keyin Movarounnahr qoraxoniylari Saljuqiylarga qaram boʻlib
qoldi. 1141-yilda Samarqanddan shimoli-sharqidagi 
Qatvon dashtida sodir boʻlgan jangda
Qoraxitoylar
 
Sanjar ibn Malikshoh
boshchiligidagi birlashgan musulmon qoʻshinlarini tor-mor
etib, butun 
Markaziy Osiyoni
oʻzlariga boʻysundirgan boʻlsalarda, Samarqand taxtini Qoraxoniy
xonlarda qoldirdilarki, ular 1212-yilgacha Samarqandda hukmronlikni davom ettirdilar.
Buxoroda hokimiyat tepasiga kelgan Qoraxoniylar dunyoviy ilmlarga eʼtibor berishmadi, ularni
ragʻbatlantirishmadi. Tabiiy fanlarga ham qiziqish susaydi. Shundan boshlab uzoq vaqt
Buxoro Movarounnahrning diniy hayot markazi boʻlib qoldi. Sadrlar (Burxoniylar) taʼsiri
kuchaydi
[10]
.
Burxoniylar hokimligi davrida
Asosiy maqola: 
Burxoniylar


Bu davr musulmon ruhoniylari, ayniqsa 
Samarqand
va Buxoro ruhoniylarining taʼsiri va qudrati
orta borishi bilan eʼtiborga sazovor. Samarqand xoni 
Ahmad
ular bilan kurashda 1095-yili
halok boʻldi. Ana shu kurashning ilk bosqichida 1069-yili uning oʻtmishdoshi 
Shamsulmulk
Buxoroda juda eʼtiborli kishilardan biri boʻlgan imom Ismoil as-Safforni qatl ettirdi. XII asr
boshlarida 
Sulton Sanjar
oʻziga xos 
Burxoniylar
yoki sadrlar sulolasining asoschisi boʻlib
qolgan boshqa oilaning aʼzosi 
Imom Abdulazizni
Buxoro shahri raisligiga (hokimligiga)
tayinladi. Ular XIII asr boshlanishiga qadar 
Qoraxoniylarga
boʻysunishgan lekin, oʻz qoʻllarida
Buxoro vohasi
ustidan ham diniy hokimiyatni jamlashdi.
Eng muhimi Burxoniylar tangalar chiqarmagan, Buxoroning Qoraxoniylari esa turli xil
tangalarni (dinorlar, dirhamlar, falslar) chiqarganlar.
[11]
Sulolaning ikkinchi aʼzosi Abdulazizning oʻgʻli 
Umar
 1141-yili 
Qatvon jangida
qatnashib,
urushdan keyin 
qoraxitoy
 
gurxon
tomonidan qatl qilindi. Shunga qaramay, qoraxitoylar uning
oʻrniga Ahmadning ukasini tayinlashdi. XIII boshlariga kelib haddan tashqari boyib ketgan
sadrlar 
shia savdogarining oʻgʻli tomonidan boshqarilgan qoʻzgʻolon
vaqtida quvib yuborildi. U
shaharni egallagach Malik Sanjar deb ataladigan boʻldi. 1207-yili 
Muhammad Xorazmshoh
Buxoroni zabt etdi va uni oʻzinig ulkan saltanatiga qoʻshib olib, bu yerga sadrlarni qaytardi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling