Buxoro — Oʻzbekiston Respublikasining qadimiy shaharlaridan biri, Buxoro viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Buyuk ipаk yoʻlida yirik tijorat markazlaridan boʻlgan. Oʻzbekistonning janubiy-gʻarbida


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/17
Sana16.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1359144
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Buxoro

Moʻgʻullar hukmronligi davrida
Buxoro qamali va aholisining yoʻq qilinishi
Asosiy maqola: 
Moʻgʻullar istilosi
1220-yil fevralida ulkan lashkarga bosh boʻlgan 
Chingizxonning
Buxoroga yetib kelishi
Muhammad Xorazmshoh
va uning lashkarboshilari uchun butunlay kutilmagan hodisa boʻldi.
Yozma manba maʼlumotlariga koʻra, Buxoro qoʻshini 12 ming otliq askardan iborat edi. Ulkan
shaharni nisbatan kichik qoʻshin bilan himoya qilishning istiqbolsizligi, chamasi, ravshan edi.
Xorazmshohning
yordamidan ham umid yoʻq edi. Shuning uchun Muhammad Xorazmshoh
qoʻshini bir necha kundan keyin jang bilan moʻgʻul qoʻshinlari safini yorib oʻtdi, biroq moʻgʻullar
taʼqibidagi bu qoʻshin halokatga uchradi. Lashkarlar tashlab chiqqan, ruhoniy va zodagonlar
boshqarib turgan shahar aholisining taslim boʻlishdan oʻzga chorasi qolmadi. Shunga
qaramay, 
turk gʻulomlaridan
qolgan 400 ga yaqin himoyachilar 
Buxoro qalʼasida
Muhammad Xorazmshoh
 tomonidan Buxoroda zarb etilgan tanga


mustahkamlanib olib, yana 12 kun jasurlik koʻrsatdilar, soʻnggi himoyachi yer tishlatilguniga
qadar qalʼani saqlab turdilar.
Oʻsha kezlari Buxoroda roʻy bergan voqealar manbada shunday bayon etilgan: „Jome
masjidiga moʻgʻullar kirib olib, uni murdor qildilar, 
Qurʼon
 kitoblari masjid hovlisiga uloqtirib
yuborildi, ular saqlab kelingan sandiqlardan moʻgʻullar otlarini boqish uchun oxur sifatida
foydalanishgan, 
imomlar

shayxlar
 va 
sayidlar
, ulamo va mujohidlar otxonada otboqarlik qilishga
majbur etilgan“. Chingizxon davlatmand kishilarning roʻyxatini tuzishni buyurdi, unga 280 kishi
kiritildi; ularni oʻz boyliklarining barchasini topshirishga majbur qilishdi va shahardagi
badavlat xonadonlarni aniqlash, ularni boyliklarini musodara qilish uchun kishilar belgilandi.
Soʻng odatdagi moʻgʻul anʼanasiga koʻra, barcha aholi shahardan tashqariga chiqarildi va
Buxoro shafqatsizlarcha talon-taroj qilindi. Shaharda kuchli yongʻin chiqib, deyarli hamma
narsa yonib kul boʻldi. Masjidlarning talon-taroj qilinishi, moʻgʻul lashkarlarining asirlarni
tahqirlashi, shaharliklar koʻzi oʻngida ayollarni zoʻrlash buxoroliklarning sabr kosasini toʻldirdi:
bir qator ruhoniylar, shaharlik olimlar qoʻlda qurol bilan oʻz vatandoshlarini himoya qilishga
otlandilar, ammo ular darhol qirib tashlandi. Bular orasida mashhur sufiy 
Rukniddin
Imomzoda
 va uning oʻgʻli qozi 
Sadriddinxon
, sadr 
Majdiddin Masʼud
 va boshqalar bor edi.
Moʻgʻullar istilosi davrida sufiy vakillari ommani boshqalarga qaraganda ancha qatʼiy tarzda,
qoʻrqmay moʻgʻullarga qarshilik koʻrsatishga daʼvat etishdi.
Moʻgʻullar juda koʻp Buxoroliklarni qirb tashlash bilan bir qatorda, koʻp buxorolik yigitlarni
Samarqand
 va boshqa shaharlarni qamal qilish uchun olib ketishdi. Hunarmandlar, yosh
ayollar va bolalarni qulga aylantirib, moʻgʻul shahzodalari lashkarlariga boʻlib berishdi. Buxoro
shu darajada vayron etildiki, 
Ibn al-Asirning
taʼbiricha, „xuddi shahar kecha boʻlmagandek“ edi.
Oʻsha davr muallifi taʼbiri bilan aytganda, „keldilaru yemirdilaru yondirdilaru oʻldirdilaru
taladilaru ketdilar“.
Istilo natijasida aholi soni keskin kamaydi, minglab shahar va qishloqlar vayron etilib, bir
umrga qayta tiklanmadi, feodal jamiyatda quldorlik tuzumi vujudga keldi, iqtisodiyot butunlay
yemirildi. Moʻgʻul istilosi umuman Movarounnahr, xususan Buxoro fani va madaniyati rivojini
bir necha asr orqaga surib yubordi. Hududiy jihatdan 
Movarounnahr
Chingizxonning uchinchi
oʻgʻli 
Chigʻatoy
ulusi
tarkibiga kirdi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling