Tohiriylar hukmronligi davrida
Asosiy maqola:
Tohiriylar davlati
Tarixdan maʼlumki, mahalliy, forslar vakillaridan biri —
Tohir ibn Husayn
Xuroson noibi etib
tayinlangan va
Xuroson
hamda
Movarounnahrni
egallagan
Tohiriylar
sulolasining (821—873)
asoschisi boʻlib qolgan. Soʻnggi Tohiriylardan biri
Husayn ibn Tohir
874-yili
Xorazmdan
chiqib,
Buxoro vohasi
tomon yoʻl oladi va besh kunlik qamaldan keyin Buxoroni qoʻlga kiritadi. Uning
qoʻshinlari tomonidan qilingan beboshlik sababli, shaharning kattagina qismi yonib ketadi,
buxoroliklar qoʻzgʻolon koʻtarib, Husaynni qochishga majbur qiladilar. Undan keyin Buxoroni
keyinchalik mashhur boʻlgan
Somoniy
amir
Ismoil ibn Ahmad
boshqara boshladi. Shundan
nafaqat shahar, balki butun
Markaziy Osiyo
tarixida yangi davr boshlandi.
Tashqi devorning barpo etilishi
IX asr oʻrtalarida, aniqrogʻi,
Tohiriylar
sulolasi
Xurosonda
noiblik qilgan yillarda Buxoro shahri
tevaragida tashqi devor barpo etildi. Uning hududiga esa Qalʼa, Shahriston, Mox bozori,
Namozgoh va uning shimol tarafida joylashgan qabriston, Koʻshki Mugʻon,
Buxorxudotlar
avlodlari va shaharliklarning oʻzlari yashab turgan manzillarga tutash chekka yerlar kirgan edi.
Aytib oʻtilgan tashqi devor sarhadida shaharning umumiy maydoni 700 gektardan ortiqroq
boʻlgan. Shahar imoratlari egallagan maydonlar
Somoniylar
hukmronligi davrida eng katta
koʻrsatkichga erishgan, XIII asr boshlarida esa keskin ravishda qisqarib ketgan, xullas, oʻsha
kezlarda imoratsozlik va bunyodkorlik ravnaq topgan edi.
Har holda bu davrga kelib Qalʼa — Koʻhandiz (Eski qalʼa), Shahriston — Shahri darun (Ichkari
shahar) yo Madina (arabchadan shahar), ana shu shahar unsurlari hududidan tashqi devorlari
ichkarisida boʻlgan qismlar Shahri berun (Tashqari shahar) yoki Rabot deb atala boshlagan
edi. Shahar tashqi devorida esa 11 ta darvoza oʻrnatilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |