Buxoro — Oʻzbekiston Respublikasining qadimiy shaharlaridan biri, Buxoro viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Buyuk ipаk yoʻlida yirik tijorat markazlaridan boʻlgan. Oʻzbekistonning janubiy-gʻarbida


Qoraxoniylar davrida bunyodkorlik ishlari


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/17
Sana16.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1359144
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Buxoro

Qoraxoniylar davrida bunyodkorlik ishlari
Garchi Somoniylarning taxtdan ketishi tufayli Buxoro oʻzining ilgarigi siyosiy markazlik
mavqeini yoʻqotgan boʻlsada, XI—XII asrlarda uning ahamiyati hali nihoyatda yuqori edi,
koʻpgina Qoraxoniylar u haqda gʻamxoʻrlik qilishdi. 
Shamsulmulk
Buxoro tevaragida
Shamsobod
 qoʻriqxonasini barpo ettirib, saroy, bogʻ, yaylov va hayvonot bogʻi tashkil qildi,
shaharning oʻzida esa 1069-yili jome masjidini taʼmirlatib, qayta qurdirdi. Shamsulmulk
vorislaridan biri Buxoroda yana muhtasham qasr qurdirdi. 
Arslonxon Muhammad
(1102—
1130) bu yerda ayniqsa koʻp qurilishlar qildi. U qoʻrgʻonni va shaharning tashqi devorlarini
tiklatdi. Yangidan minorali muhtasham jome masjidi, ikkita hammom, ikkita saroy qurdirdi.
Ana shu saroylardan biri keyinchalik madrasaga, shahardan tashqari namozgohga aylantirildi.
Mazkur inshootlardan 
Namozgoh
, aniqrogʻi uning pishiq gʻishtdan koʻtarilgan va sernaqsh
bezatilgan 
mehrob
devori, shuningdek jome masjidining minorasi — Arslonxon minorasigina
(
Minorai Kalon
) saqlanib qolgan. U hozirga qadar Buxoroning goʻyoki betakror ramzi sifatida
saqlanib kelmoqda. 
Magʻoki Attori masjidi
 ham XII asrga oid boʻlib, uning peshtoqi oʻsha davr
meʼmoriy bezagining butun boyligi va xilma-xilligini namoyon etadi. Qilich Tafgach xon Masud
1165-yilda Buxoroda shahar devorlarini tikladi.
[12]


Arslonxon minorasi
Buxoro namozgohi
Magʻoki Attori masjidi


Muhammad Xorazmshoh hukmronligi davrida
Asosiy maqola: 
Xorazmshohlar davlati
1207-yili 
Muhammad Xorazmshohga
 (1200—1220) 
Qoraxoniylar
sulolasining soʻnggi vakili
Usmon ibn Ibrohim
Samarqandni
 
Qoraxitoylardan
qutqarishni soʻrab maktub yoʻllaydi. Shu
vaqtning oʻzida buxoro sadrlari ham undan 
Malik Sanjar qoʻzgʻolonini
bostirishga yordam
soʻrab murojat qilishadi. Ushbu murojatlarni koʻrib chiqqan Xorazmshoh, Usmon ibn Ibrohim
uning ustunligini tan olganligini hisobga olib, oʻz qoʻshinlarini 
Movarounnahrga
joʻnatdi,
Buxoroni zabt etdi va uni oʻzinig ulkan saltanatiga qoʻshib olib, bu yerda sadrlar hokimligini bir
muddat tikladi. Muhammad Xorazmshoh davrida vayron boʻlib, hech bir imorati va inshooti
qolmagan, koʻp yillar davomida tashlandiq xolatda yotgan 
Buxoro arki
qayta tiklangan
[13]
.
Buxoro 
Moʻgʻullar bosqiniga
qadar, 1220-yilgacha 
Xorazmshohlar davlati
tasarrufida boʻldi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling