Buxoro — Oʻzbekiston Respublikasining qadimiy shaharlaridan biri, Buxoro viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Buyuk ipаk yoʻlida yirik tijorat markazlaridan boʻlgan. Oʻzbekistonning janubiy-gʻarbida
Amir Temur va Temuriylar hukmronligi davrida
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxoro
Amir Temur va Temuriylar hukmronligi davrida
Asosiy maqola: Temuriylar imperiyasi Amir Temur va Temuriylar hukmronligi davrida Buxoro qaytadan qad koʻtardi: Movarounnahrning iqtisodiy va madaniy markazi sifatida oʻz ahamiyatiga koʻra, ikkinchi oʻrinni egallab keldi, diniy-maʼnaviy taʼsir jihatidan esa yanada kuchliroq yetakchilik qildi. U shuningdek, „Islom dinining gumbazi“ („Qubbat ul-islom“), nufuzli shariat va tasavvuf ilmi namoyandalari vatani va ziyorat maskani boʻlib qolaverdi. Amir Temurning solnomanavis kotibi Hofizi Abru Somoniylar davridagi shon-shuhratga burkangan Buxoroni tasvirlab beradi, oʻziga zamondosh shahar haqida esa qisqacha qilib shunday deb yozadi: „Garchand oʻtgan zamon bilan taqqoslaganda mavjud narsalarning oʻndan biri ham qolmagan boʻlsada, boshqa dongdor shaharlar bilan qiyoslaganda, oʻz zamini serhosilligi va tinch-farovon turmushi bois Buxoro shahrini „jannat bogʻi“ deya atash mumkin“. Buxoro shahrida Amir Temur davrida barpo etilgan ayrim binolar saqlanib qolgan. Uning nomidan Namozgoh mukammal taʼmirlangan, Masjidi Kalon qayta tiklangan va Hazrati Imom xilxonasida xonaqo qurilgan, Amir Hajjoj ismli shaxs esa qadimiy ziyoratgoh ustida Chashmai Ayyub maqbarasini bunyod etishga (yoki taʼmirlashga) bosh-qosh boʻlgan. Kastiliya ( Ispaniya ) elchisi Ruy González de Clavijo Amir Temur saroyiga kelgan elchilar bilan 1404-yil kuzida vataniga qaytayotganida Buxorodan ham oʻtganini tilga oladi: „Boyar (Buxoro) degan bir shaharga yetib keldik. U keng tekislikda joylashgan, paxsa devor va suv toʻla chuqur handaq bilan oʻralgan ekan. Bir chekkasidagi qalʼa ham paxsadan qurilgan, negaki bu zaminda toʻsiqlar va devorlar qurish uchun tosh yoʻq, qalʼa yaqinidan daryo oqib oʻtadi. Shahar atrofida katta yerlar bor, u yerda ham katta-katta imoratlar qurilgan. Shahar non, goʻsht, sharob va shu kabi yeguliklarga boy va bu yerda boshqa koʻplab tovarlar ham mavjud. Bu shaharda elchilar oʻzlariga kerakli hamma narsani oladilar, bu yerda ularga otlar ham berishdi“. Chashmai Ayyub XIV—XV asrlar chegarasida taniqli soʻfiy, Bahouddin Naqshbandning muridi Xoja Muhammad Porso Buxoroda xonaqoh, hammom, madrasa barpo ettirdi, katta Xoja bozoriga asos soldi. Xoja Muhammad Porso madrasasida ulkan kutubxona joylashgan, unda yigʻilgan qoʻlyozma kitoblar orasida XII asrda koʻchirilganlari, eng qadimiylari ham bor edi. Amir Temurning vorisi — Shohrux Mirzo buxorolik shayxlar, shu jumladan, Xoja Muhammad Porso bilan koʻpincha „musulmonlar ishini tartibga solish maqsadida“ maslahatlashib turardi. 1405-yil bahorida, Amir Temur oʻlimidan keyin, taxt uchun oʻzaro urushlar arafasida Mirzo Ulugʻbek va Ibrohim Sulton oʻz xazinalari va vasiylari bilan birga Buxoroga qarab yoʻlga chiqishadi va Ark qalʼasida toʻxtashadi. Oʻsha davrda Arkning hali ishlab turgan sharqiy darvozali qismini Mirzo Ulugʻbek, gʻarbiy darvozali ikkinchi qismini Ibrohim Sulton egalladi. Bu yerda ular bir oy davomida shahar devorlari va darvozalarini mustahkamlash bilan mashgʻul boʻlishadi. Keyinchalik esa Shohrux Mirzo — Mirzo Ulugʻbekni poytaxti Samarqand va ahamiyati jihatidan ikkinchi shahri Buxoro boʻlmish Movarounnahr noibi etib tayinlaydi. 1417- yili Buxoro shahrida Ulugʻbek madrasasi qurilishi nihoyasiga yetkazildi. Bu bino uning ilk qurilishlaridan biri boʻldi. Biroq maʼlum sabablarga koʻra Mirzo Ulugʻbek buyurtmachi sifatida yangi madrasani faqat 1419-yil noyabridagina oʻz koʻzi bilan koʻrdi. Mirzo Ulugʻbek oʻz madrasasida toʻxtadi, talabalar va boshqa „munosib kishilarga“ sovgʻa-salom ulashdi. Buxorodagi Masjidi Kalon ham, uning davrida toʻliq taʼmirlandi. Mirzo Ulugʻbekning sobiq otaligʻi, Xorazm noibi Amir Shohmalik Mirzo Ulugʻbek uchun Buxoroga oʻzining navkarlarini joʻnatdi. 1421/22-yili Mirzo Ulugʻbek Buxoroda Tibetdan kelgan elchilarni qabul qildi. 1428/29-yili zarbxona qurilishi ishlari bilan shugʻullandi, Buxoro zarbxonasi bir necha oʻn yillar mobaynida butun Movarounnahrni mis chaqalar bilan taʼminlab keldi. Mirzo Ulugʻbek oʻldirilgandan soʻngra Movarounnahrdagi Temuriylar davlatiga avvaliga Sulton Abusaid Mirzo , keyin esa Sulton Ahmad Mirzo hukmdorlik qilishdi. Ular davlat boshqaruv ishlarini oʻz murshidi — naqshbandiya tasavvuf tariqati peshvosi Xoja Ahror Valiy rahnamoligi ostida amalga oshirgan edi. Buxoroda esa Temuriy sultonlar nomidan temuriy Tarxonlar Ulugʻbek madrasasi hokimiyat yuritardi. Tarxonlarning shahardagi faoliyati izlari hozircha aniqlangani yoʻq. Faqat shu narsa aniqki, Buxoroda ikkita hammom Xoja Ahrorga qarashli boʻlgan, ulardan tushgan daromad muassisi, uning avlodlari va Samarqandda oʻzi asos solgan Xoja Ahror madrasasi foydasiga kelib tushar edi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling