Radiasion polimerlanish
Monomer molekulalarining katta energiyaga ega bo’lgan ionlashtiruvchi a; R; - unURlaR ta’sirida polimerlanish jarayoni radiasion polimerlanish deyiladi.
Nur ta’sirining birinchi bosqichida yuksak quvvatga ega bo’lgan rentgen, lazer va nurlar, yadroviy zarrachalar, tezlashtirilgan ion, neytron, deytron, proton kabi zarrachalar monomer molekulasi bilan o’zaro ta’sirlashuvi natijasida uning tarkibiga kiruvchi atom yoki molekuladan elektronlarni ajratib chiqaradi. Natijada nisbatan zaryadlangan zarrachalar, kationlar yoki kationradikallar hosil bo’ladi. Ionlanish jarayonida ajralib chiqqan, yuksak energiyaga ega bo’lgan elektronlar, monomer molekulasi bilan uchrashib, uni faol radikallarga qadar parchalaydi.
Demak, birinchi bosqichda yuksak energiyaga ega bo’lgan ionradikallar hamda erkin radikallar hosil bo’ladi.
AB
-►AB+ + e- ► A + B +
-►AB* ^ A + B
Ikkinchi bosqichda, tezlatilgan atom va molekulalar, nurlanayotgan monomer molekulasidagi radikallarga ta’sir etib manfiy va musbat zaryadlangan faol zarrachalar hosil qiladi:
B ++ e ► B'
AB+ e- ► A' + B- ► A + B-
B B + e -
Hosil bo’lgan hamma tur zarrachalar polimerlanish jarayonini, monomerning
har qanday agregat holatida (gaz, suyuq, va qattiq) tezlashtiradi. Shuni qayd etish
kerakki, radiasion polimerlanish jarayonining dastlabki bosqichi fotokimyoviy
reaksiyalar qonuniga bo’ysunadi. Jarayon davrida bir qator qo’shimcha reaksiyalar
ham kuzatilib, reaksiya mexanizmi murakkablashib boradi. Nurlanishning yuqori
pog’onalarida polimerlanish jarayoni ionlar ta’sirida juda katta tezlik bilan boradi va
hosil bo’lgan polimerlarning molekulyar massasi ham yuqori bo’ladi. Radiasion
polimerlanish jarayonining asosiy xususiyatlaridan biri shundan iboratki, nur
ta’sirida makromolekula o’sishi bilan bir qatorda uning parchalanishi ham
kuzatiladi, ya’ni destruksiyaga uchrab, yangi tip faol makroradikallar hosil qiladi va
ularning yangi monomer molekulalari bilan to’qnashib chiziqsimon tuzilishga ega
bo’lgan makromolekula zanjiri o’rniga tarmoqlangan yoki tiqilgan to’rsimon
tuzilishga ega bo’lgan makromolekulalar hosil qiladi. Quyidagi 4.4-rasmda y-
nurlanishning intensivligi bilan har xil monomerlarning reaksiya tezligi orasidagi
bog’lanish diagrammalari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |