Buxoro davlar universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo kafedrasi


Katodda esa vodorod ionlari, kislorod yoki parchalangan monomer qoldiqlarining qaytarilishi natijasida faol markazlar hosil bo’ladi


Download 0.76 Mb.
bet44/88
Sana24.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1057910
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   88
Bog'liq
b3455a252c8bda64dd5290d73a5e5fae YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSI

Katodda esa vodorod ionlari, kislorod yoki parchalangan monomer qoldiqlarining qaytarilishi natijasida faol markazlar hosil bo’ladi:
Yusorida qayd etilgan elektrokimyoviy tezlashtirish usuli bir aator kamchiliklarga ega. 2

  1. M+H+ ► MH+ +2e- MH'

  2. °=°+2H+ +2e- > HO — OH +e- > HO-+ OH

Birinchidan, bu usul bilan yuqori molekulyar massaga ega bo’lgan polimerlarni sintez qilib bo’lmaydi.
Ikkinchidan, jarayon davomida hosil bo’lgan radikallar elektrodlar yuzasiga adsorblanib, o’z faolligini yo’qotishi natijasida qo’shimcha boshqa reaksiyalar ham sodir bo’lishiga olib keladi.
Uchinchidan, elektrokimyoviy usulni juda katta hajmlarda qo’llanishi ham birmuncha texnologik qiyinchiliklar tug’diradi. Shuning uchun polimerlar olishning




bu usuli faollanish tezligining sustligi, kam miqdorda reaksiya mahsuloti olinishi, qo’shimcha har xil destruktiv jarayonlar sodir bo’lishi tufayli amaliy ahamiyatga ega emas. Polimerlar hosil qilishning eng qulay usullaridan biri inisiatorlar ishtirokida polimerlashdir. Polimerlanish jarayonini tezlashtira oladigan moddalar inisiatorlar deyilib, ular ishtirokidagi polimerlanish radikalli polimerlanish deyiladi. Inisiatorlarning ahamiyati ularning yuqori bo’lmagan harorat, nur, mexanik va boshqa ta’sirlar yordamida oson parchalanib, faol erkin radikallar hosil qilishidadir. Ularning erkin radikallarga parchalanishi nisbatan kam energiyani talab qiladi va reaksion muhitda tez faol markazlar hosil qilib jarayonni tezlashtiradi. Ko’pgina bunday kimyoviy faol moddalar o’rtasida molekulasi tarkibida peroksid, gidroperoksid hamda azo va diazo guruhlari bo’lgan organik birikmalar katta ahmiyatga ega. Quyida yuqori molekulyar birikmalar olishning texnologik jarayonlarida keng ishlatiladigan inisiatorlarning muhim vaqillarini keltiramiz.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling