Umumiy
psixologiya
-
psixik
faoliyatning
umumiy
qonuniyatlarini va ularning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganadigan maxsus
sohasi;
Pedagogik psixologiya - kishiga ta’lim va tarbiya berishning
psixologik qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z predmeti deb biladi.
Bu fan o‘z navbatida bir qancha turlarga bo‘linadi:
1) Ta’lim psixologiyasi (didaktika va xususiy metodikalarning
psixologik
asoslari,
programmalashtirilgan
ta’lim
va
aqliy
faoliyatlarning shakllanishi va boshqalar).
2) Tarbiya psixologiyasi (tarbiya metodikasining psixologik
asoslari, o‘quvchilar jamoasi psixologiyasi, mehnat — axloq tuzatish
pedagogikasining psixologik asoslari).
3) O‘qituvchi psixologiyasi.
4) Aqli zaif bolalar tarbiyasi psixologiyasi.
Ijtimoiy psixologiya - odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish
faoliyatlari natijasida ularda hosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikrlar,
e’tiqodlar hissiy kechinmalar va xulq-atvorini o‘rganadi.
Mehnat psixologiyasi - kishi mehnat faoliyatining psixologik
xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik
jihatlarini, qonuniyatlarini o‘rganadi.
Mehnat psixologiyasi ma’lum darajada mustaqil bo‘lgan, lekin
bir-biri bilan chambarchas bog‘langan turlarga bo‘linadi:
1) Injenerlar psixologiyasi.
2) Aviasiya psixologiyasi.
3) Kosmik psixologiya.
Muhandislik psixologiyasi - avtomatlashtirilgan boshqaruv
sistemalari operatorining faoliyatini, odam - texnika o‘rtasida
funktsiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyatlarini
o‘rganadi;
Yuridik psixologiya - huquq sistemasining amal qilishi bilan
bog‘liq masalalarning psixologik asoslarini o‘rganadi;
Harbiy psixologiya - kishining harbiy harakatlar sharoitida
namoyon bo‘ladigan xulq-atvorini, zobitlar bilan oddiy askarlar
o‘rtasidagi munosabatlarining psixologik jihatlarini o‘rganadi;
10
Do'stlaringiz bilan baham: |