Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya
xos shakli sifatida psixikaning namoyon bo‘lish va rivojlanish
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixologiya va texnik taraqqiyot.
xos shakli sifatida psixikaning namoyon bo‘lish va rivojlanish
qonuniyatlarini o‘rganadigan fan. Inson psixikasi uning xulqi va faoliyatida ifodalanadigan faolligini ichki tartibga solishni ta’minlaydi. Shuning uchun zamonaviy psixologiyaning asosiy vazifalari quyidagilar: • psixik hodisa va jarayonlarning sifat (tarkibiy) xususiyatlarini o‘rganish; • faoliyatda va umumiy hayot sharoitida psixik hodisalarning shakllanishi va rivojlanishini tahlil qilish; • psixik hodisalar asosida yotgan fiziologik mexanizmlarni o‘rganish; • psixologik bilimlarni amaliyotga tizimli joriy etishda yordam berish. Psixologiya va texnik taraqqiyot. XX asr ishlab chiqarish, texnikaning yangi-yangi turlari, aloqa vositalarining juda tez o‘sganligi bilan, elektronika, avtomatikadan foydalanila boshlan- ganligi, transportning yangi, tovushdan tez turlarini o ‘zlashtirilganligi bilan xarakterlanadi. Bularning hammasi inson psixikasiga juda katta talablar qo‘ymoqda. Hozirgi zamon sanoati, transportida va harbiy ishlarda psixologik faktorlami, ya’ni kishining imkoniyatlari, bilish jarayonlari — idroki, xotirasi, tafakkurini, shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari — xarakteri, temperamenti, reaksiyalarining tezligi va boshqalarni hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Tovushdan tez hozirgi zamon samolyotlarida, ulkan elektro- sistemalarning operativ — dispetcherlik uchastkalarida ishlovchi kishilar juda kichik vaqt ichida tez qarorga kelishiga to‘g‘ri keladi, aks holda avariyalarga sabab bolishi mumkin. Ana shunday murakkab sharoitda ishlay olish uchun kishilarda imkoniyat bor-yo‘qligini, ularning shu ishga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlashda psixoiogiya fani oldiga muhim talablar qo‘yiladi. Hozirgi kunda jahon psixologiyasi fani o‘zini o‘zi boshqarish va takomillashtirsh, o‘zini o‘zi qo‘lga olish, o‘ziga o‘zi buyruq berish, o‘zini o‘zi tarbiyalash bo‘yicha boy materiallar to‘plagan, bu esa o‘z 7 navbatida inson munosabati, maqsadi, holati, kechinmalari o‘zgarishi va yangidan yaralishi haqida ilmiy-tatbiqiy ma’lumotlar beradi, kundalik turmush psixologiyasi rang-barangligini ta’minlab turadi. Har bir soha, jumladan, sanoat, transportda va harbiy ishlarda psixologik omillarni, ya’ni kishining imkoniyatlari, bilish jarayonlari — idroki, xotirasi, tafakkurini, shaxsning o ‘ziga xos xususiyatlari — xarakteri, temperamenti, reaksiyalarining tezligi va boshqalarni hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Tovushdan tez hozirgi zamon samolyotlarida, ulkan elektrosistemalarning operativ — dispetcherlik uchastkalarida ishlovchi kishilar juda kichik vaqt ichida tez qarorga kelishiga to‘g‘ri keladi, aks holda avariyalarga sabab bolishi mumkin. Ana shunday murakkab sharoitda ishlay olish uchun kishilarda imkoniyat bor-yo‘qligini, ularning shu ishga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlashda psixoiogiya fani oldiga muhim talablar qo‘yiladi. Masalaning yana bir alohida tomoni ham borki, u ham bo‘lsa, texnika taraqqiyotga intilayotgan bir vaqtda murakkab texnika va mashinalar bilan “muloqot“ qilayotgan shaxs faoliyatini yanada mukammallashtirish va uning imkoniyatlariga moslash masalasi ham ana shu hamkorlikda hal qilinishi lozim bo‘lgan masaladir. Ayniqsa, mustaqil O‘zbekiston uchun murakkab zamonaviy texnika sir- asrorlarini biladigan, uning jamiyat va fan ravnaqiga xizmatini ta’minlash qanchalik dolzarb bo‘lsa, ana shu texnikaga har bir oddiy fuqaro ongi, tafakkuri va qobiliyatlarini moslashtirish va “odam- mashina“ dialogining eng samarali yo‘llarini izlab topishi juda muhim. Texnika bilan bemalol “tillashadigan” malakali mutaxassislar tayyorlash borasida ham texnika fanlari, pedagogika va psixologiya fanlari metodlaridan foydalana olsagina, muvaffaqiyatga erishadi. Injenerlik psixologiyasi kishi bilan texnika o‘rtasidagi munosabatni o‘rganuvchi fan bo‘lib, u texnikaning ko‘pgina sohalari, bionika, kibernetika bilan uzviy bog‘langandir. Ta’kidlash joizki, Respublikamizda bu sohaga ham keyingi yillarda qiziqish ancha ortdi. Shu boißdan bir qator yosh, iqtidorli mutaxassislar injenerlik psixologiyasi yo‘nalishida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling